Turgunboev Farxod Yusupjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gafniy yoki sirkoniy atomlari va pardalarini metall-bariy va metall-kislorod-bariy sistemalarining emission xossalariga ta’siri», 01.04.04–Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/FM22.
Ilmiy rahbar: Tursunmetov Kamiljan Axmetovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.30.05.2018.FM./T.65.01 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Umirzakov Boltaxuja Ermatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Isaxanov Ziynabiddin Abilpayzievich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: termokatodlardan ko‘p sonli elektron nurini olishga imkon beruvchi antiemission materiallarni yaratish, ularning yupqa qatlamli pardalarining emission xususiyatlari va termostabilligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oksidlangan Ti, Zr, Hf larning Va atomlari oqimidagi termoelektron emissiyasi asosida antiemission materiallariga qo‘yilgan talablarga Zr va Hf lar javob berishi aniqlangan;
Zr, Hf hamda Ti yuzalarida Va atomlarining adsorbsiyasi asosida Hf-Va tizimi uchun chiqish ishini Va konsentratsiyasiga bog‘liqligining eksperimental va nazariy ifodalari aniqlangan;
Zr pardalarining antiemission qoplama sifatida metall-g‘ovak termokatodlari uchun qo‘llash mumkinligi hamda Hf, Zr atomlarining W(110) yuzasidan bug‘lanish tezligining haroratga bog‘liqligi aniqlangan;
Zr atomlari pardalarining W(110)-Va va W(110)-O-Va tizimida antiemission parda sifatida shakllanish jarayonida pardalarning qalinligi 4-5 monoqatlamlar bo‘lgandagina kislorodning Va adsorbsiyasiga ta’siri bo‘lmasligi aniqlangan;
Va-komponentalarning Mo yuzasi bo‘ylab migratsiya uzunligini haroratga va kislorod bosimiga bog‘liqlik qonuniyati eksperimental aniqlangan;
metall-g‘ovak katod asosi – W-gubkaning yuza xususiyatlari yuqori temperaturalarda (≤2000 K) davomiy qizdirish uning yuzasidagi g‘ovaklar berkilishiga, bu esa metall-g‘ovak katodlarning ishdan chiqishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor SsSl shimdirilgan metall-g‘ovak tizimining termoelektron emissiyasini kuzatilgan va uni 1100 K kichik haroratda termokatod sifatida qo‘llash mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Antiemission materiallarni aniqlash, ularning stabil ishlash fizikaviy shart-sharoitlarini aniqlash tadqiqoti asosida:
qiyin eriydigan metallarning (W, Nb, Hf, Zr va Ti) yuzasini kislorod atmosferasida effektiv tozalash texnologiyasining samarali bo‘lishi hamda yupqa metall pardalarning strukturasi va termobarqarorligi «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida materiallar yuzasini tozalashda, shuningdek ko‘p qatlamli plyonkalar =osil qilishda qo‘llanilgan («O‘ZELTEXSANOAT» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yildagi 19 sentyabrdagi 02-2017-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ko‘p qatlamli plyonkalar sistemasining strukturasi va termobarqarorligini nazorat qilish imkonini bergan;
qiyin eriydigan metallar yuzasini nisbatan qisqa muddatda qislorod atmosferasida oksidlab tozalash samarali usuli, yupqa pardalarning strukturasini shakllanishi va termik barqarorligi va CsCl shimdirilgan Cs manbalarini bir vaqtda termokatod sifatida qo‘llash usullari F2-FA-F161 raqamli «Erkin yupqa plenkalar (Al, Cu, Ag, va Cu-Si) va massiv kristallar (W, WOn, TiN, CdTe va SiO2) yuzasida ion implantatsiyasi usuli bilan hosil qilingan nanoo‘lchamli geterostrukturalarning shakllanish mexanizmlari va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish» va OT-F3-13 raqamli «Kremniy–silisid–metall erkin ko‘pqatlamli nanoplyonkali strukturalarning shakllanish mexanizmlari va ularning elektron va kristall strukturalarini o‘rganish» mavzusidagi ilmiy loyihalarda yuza sifatini yaxshilashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 6 avgustdagi 2/1255-2070-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tizimlarning sifatini yaxshilash, pardalar strukturasi va yupqa pardalarning mukammallik darajasini nazorat qilish imkonini bergan.