Asqarov Mirzoxid Mirjalol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida reabilitatsiya institutini takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1182.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Toxirov Farxod Toxirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Allanazarov Oybek Davronovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritish bosqichida reabilitatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqni qo‘llash amaliyotida ayrim tergov idoralari xodimlari tomonidan jinoyat ishlarini tugatishda JPKning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslar ishning asl mazmuniga nisbatan yanglish qo‘llanilayotganligi sababli sodir etilishida ayblanuvchi ayblanayotgan qilmish (hodisa) aslida yuz bermagan bo‘lsa ish JPK 83-moddasining 1-bandiga asosan tugatilishi lozimligi va buni amaldagi qonunchilikda aks ettirish zarurati ilmiy asoslantirilgan;
JPKning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan ishlar bo‘yicha fuqaroviy sud masalalari xususan, jinoyat narsasi bo‘lgan mol-mulkni kimning foydasiga o‘tkazish, jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mol-mulkni kimga tegishli ekanligini belgilashga oid qoidalar keng qamrovliligi, bugungi kunda ushbu qoidalarni unifikatsiya qilish zarurati mavjudligi sababli jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyat sodir etilishiga daxldor bo‘lmaganligi, sudlanuvchining qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi tufayli oqlov hukmi chiqarilganda, fuqaroviy da’vo masalasi JPK 283–285-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq kompleks tarzda hal etilishi lozimligi va buni amaldagi qonunchilikda aks ettirish zarurati asoslantirilgan;
dastlab sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi bilan aybdor deb topilib, fotosurati sudlangan shaxs sifatida mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi e’lonlar taxtasiga ilingan shaxs kelgusida oqlangan taqdirda, uning yo‘qotilgan pok nomi, obro‘si va avvalgi maveini, shuningdek, uning davlatga bo‘lgan ishonchini qayta tiklash maqsadida, profilaktika (katta) inspektori tomonidan reabilitatsiya etilgan shaxsning fotosurati va sodir etgan jinoyati to‘g‘risidagi ma’lumotni mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi e’lonlar taxtasidan darhol olib tashlash amaliyotini joriy etish hamda buni amaldagi qonunchilikda mustahkamlash zarurati asoslantirilgan;
shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat, uning sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlar u istiqomat qilgan mahallada barcha mahalladoshlarining ishtirokida muhokama qilinishi, natijada, nafaqat ushbu shaxsning, balki uning oila a’zolarining ham nomiga dog‘ tushishi, aholida ushbu shaxs haqida salbiy qarashlar shakllanishi, biroq u kelgusida oqlangan va reabilitatsiya etilgan taqdirda, bu haqidagi ma’lumot mahallada muhokama qilinmasligi va buning tartibi qonunchilikda belgilanmaganligi sababli profilaktika (katta) inspektori tomonidan reabilitatsiya etilgan shaxs bo‘yicha ilgari o‘tkazilgan jinoyat muhokamasi yuzasidan uch kun muddat ichida raddiya (ushbu shaxsning aslida jinoyat sodir etmaganligi yoki jinoyatga daxldorligi aniqlanmaganligi to‘g‘risida) tayyorlanib, bir oy muddatga mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi e’lonlar taxtasiga joylashtirish amaliyotini joriy etish va buni qonunchilikda mustahkamlash zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ayblanayotgan qilmish (hodisa) yuz bermagan bo‘lsa yoki nazarda tutilgan oqibat ziyon etkazilgan shaxs tomonidan yoxud kimning xohish istagi va ixtiyoridan bo‘lishidan qatʼiy nazar, masalan, tabiatning ta’sir kuchi oqibatida sodir etilsa, ish JPK 83-moddasining 1-bandi bilan tugatilishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-son qarorining 33-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 19-apreldagi 08/262-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tergovchilarga (surishtiruvchi) JPKning 83-moddasi 1-bandi talablarini ushbu moddaning boshqa bandlarida nazarda tutilgan asoslardan farqlab olishga xizmat qilgan;
jinoiy hodisa yuz bermaganligi, shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmaganligi, sudlanuvchining qilmishida jinoyat tarkibi yo‘qligi tufayli oqlov hukmi chiqarilganda, sud tomonidan fuqaroviy da’vo masalasi JPK 283 – 285-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hal etilishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-son qarorining 33-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 19-apreldagi 08/262-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sud-tergov amaliyotiga reabilitatsiya etilgan shaxslar tomonidan etkazilgan mulkiy ziyonni qoplash va ma’naviy zarar oqibatlarini bartaraf etish masalasida kelib tushgan fuqaroviy da’volarni ko‘rib chiqishda uchrayotgan muammolarni bartaraf etishga, da’voni qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risidagi qarorni asoslantirishga xizmat qilgan;
sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi bilan aybdor deb topilib, fotosurati mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi e’lonlar taxtasiga ilingan shaxs kelgusida oqlangan taqdirda, uning fotosurati va sodir etgan jinoyati to‘g‘risidagi ma’lumotni profilaktika (katta) inspektori tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi e’lonlar taxtasidan darhol olib tashlashga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-son qarorining 25-bandi ikkinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyundagi 15/23-39-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif reabilitatsiya etilgan shaxslarga etkazilgan ma’naviy zarar oqibatlarini bartaraf etishga xizmat qilgan;
reabilitatsiya etilgan shaxs bo‘yicha o‘tkazilgan jinoyat muhokamasi yuzasidan uch kun muddat ichida raddiya tayyorlanib, bir oy muddatga mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi e’lonlar taxtasiga joylashtirish amaliyotini joriy etish tashlashga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-son qarorining 25-bandi ikkinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyundagi 15/23-39-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif reabilitatsiya etilgan shaxslarning o‘zi istiqomat qilgan mahallasida ularning avvalgi pok nomini, mavqeini va obro‘-e’tiborini qayta tiklash orqali ma’naviy zarar oqibatlarini bartaraf etishga xizmat qilgan.