Bazarbaeva Albina Mingalievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rangni ifodalovchi leksika olam haqidagi bilimlarni interpretatsiya qilish vositasi sifatida”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil333.
Ilmiy maslahatchi: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari  doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kim Natalya Dekxenovna, filologiya fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi olam haqidagi tasavvurlarni idrok etish asosi sifatida “COLOUR” konseptining kognitiv-diskursiv modellari va mexanizmlarini aniqlash prizmasi orqali rangni ifodalovchi ingliz leksikasi interpretatsiyasi negizida bilimlarni shakllantirishning kognitiv jihatlarini ochib berishdan iborat.   
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontekstli modifikatsiya va ular semantikasining kengayishi natijasida ingliz rang anglatuvchilarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi lingvistik va ekstralingvistik potensiallar aniqlangan;
konseptual-derivativ tahlil orqali ingliz tilidagi rang-tuslarini bildiruvchi so‘zlar, iboralar va semantik hosilalarda ifodalangan turli lingvistik tuzilmalarning leksik birliklari ma’nosini shakllantiruvchi fikrlash modellari va mexanizmlari ochib berilgan;
kognitiv metonimiya rang ifodalarini yaratishning universal vositasi ekanligi va tuslarni uzatuvchi semantik hosilalarning to‘liq interpretatsiyasi, shuningdek,   okkazional nomlar kognitiv-diskursiv tahlil orqali “birikish”, “tugatish” va “rivojlanish” mexanizmlarining ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ingliz tilidagi frazeologik birliklarning qiymatga yo‘naltirilgan tavsifi, shuningdek, “COLOUR” konseptini obektivlashtirish vositalari ochib berilgan, bu “COLOUR” konsepti materiali asosida rang ifodalovchi komponentiga ega frazeologik birliklarni har tomonlama o‘rganish orqali lingvomadaniy paradigma doirasida etnik-madaniy taqqoslash uchun etalon sifatida xizmat qilishi aniqlangan;
somatik, fazoviy va konseptual uzviylik yordamida madaniyatning yadroviy kodi hisoblanuvchi derivatologiya, frazeologiya, semasiologiya va stilistika yordamida ifodalangan madaniyatning yaxlit rang kodi kognitiv modellashtirish usullari negizida dalillangan;
rang leksemalari funksional yuklamasi matnda ma’nolarni qurishga, ingliz tilidagi matnda ma’lumotni ifodalashda xulosa chiqarishning kognitiv operatsiyasini o‘zgartirishga qaratilgan asos sifatida, subektiv bog‘liq bo‘lgan kognitiv-konnotativ mexanizm yordamida hamda sarlavha va badiiy asarning konseptual-interpretatsiya tuzilishini kognitiv-stilistik tahlil qilish orqali adresatga kommunikativ-pragmatik ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olam haqidagi bilimlarni izohlash vositasi sifatida rang ifodalovchi leksikaning murakkab tabiati, serqirra xususiyatlarini o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan nazariy tushunchalar va amaliy xulosalar asosida:
kontekstli modifikatsiya va ular semantikasining kengayishi natijasida ingliz rang anglatuvchilarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi lingvistik va ekstralingvistik potensiallar kognitiv-konseptual tahlil asosida aniqlanganiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSh Davlat departamenti va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirilgan SUZ80021GR3106 “The English Access Microscholarship Program” mavzusidagi amaliy loyihada samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 28-maydagi 01/308-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan virtual resurslar (elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari) mazmunini boyitishga erishilgan;
konseptual-derivativ tahlil orqali ingliz tilidagi rang-tuslarini bildiruvchi so‘zlar, iboralar va semantik hosilalarda ifodalangan turli lingvistik tuzilmalarning leksik birliklari ma’nosini shakllantiruvchi fikrlash modellari va mexanizmlari ochib berilganiga oid natijalaridan Xubey iqtisodiyot va biznes universiteti Chet tillari fakultetida amalga oshirilgan “Tilshunoslikda kognitiv fan” 0311-87328922 raqamli amaliy loyihada foydalanilgan (Xubey iqtisodiyot va biznes universiteti Chet tillari fakultetining 2023-yil 26-dekabrdagi 0311-87653-son ma’lumotnomasi). Natijada kognitiv tilshunoslik haqida mulohazalar takomillashtirilib, lingvistik ong orqali dunyoni bilish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
kognitiv metonimiya rang ifodalarini yaratishning universal vositasi ekanligi va tuslarni uzatuvchi semantik hosilalarning to‘liq interpretatsiyasi, shuningdek,   okkazional nomlar kognitiv-diskursiv tahlil orqali “birikish”, “tugatish” va “rivojlanish” mexanizmlarining ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlanganiga doir ilmiy xulosalardan Tyanshuy Normal universitetining 0938-8364627 raqamli “Konseptual metonimiyaning nutq tahlili” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Tyanshuy Normal universiteti Chet tillar fakultetining 2023-yil 14-dekabrdagi 0938-8364627-son ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslik universitetlari uchun magistratura dasturi va chet tillarni o‘qitish metodikasi asosida o‘quv modullari ishlab chiqilgan;
ingliz tilidagi frazeologik birliklarning qiymatga yo‘naltirilgan tavsifi, shuningdek, “COLOUR” konseptini obektivlashtirish vositalari ochib berilgan, bu “COLOUR” konsepti materiali asosida rang ifodalovchi komponentiga ega frazeologik birliklarni har tomonlama o‘rganish orqali lingvomadaniy paradigma doirasida etnik-madaniy taqqoslash uchun etalon sifatida xizmat qilishi aniqlangani borasidagi amaliy tavsiya va takliflardan Leshan Normal universitetining 0833-2276393 raqamli “Xitoy va ingliz tillarida fanlararo adabiy qadrlashni o‘rgatish” mavzusidagi loyihasida samarali foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Leshan Normal universiteti Adabiyot bo‘limining 2023-yil 18-dekabrdagi 0833-2276393-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilini o‘rganayotgan talabalarning adabiy asarlarni sharhlash, madaniyatlararo muloqot nuqtayi nazaridan baholash qobiliyatini  rivojlantirishga xizmat qilgan;
somatik, fazoviy va konseptual uzviylik yordamida madaniyatning yadroviy kodi hisoblanuvchi derivatologiya, frazeologiya, semasiologiya va stilistika yordamida ifodalangan madaniyatning yaxlit rang kodi kognitiv modellashtirish usullari negizida dalillangani xususidagi ilmiy xulosalardan 2022-yil 11-12-avgustda Buyuk Britaniyadagi Norvich Til ta’limi institutida o‘tkazilgan “Oliy ta’lim sifatini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro seminarda hamda “Chet tillarni o‘qitish bo‘yicha multimedia axborot texnologiyalari asosida o‘quv dasturlari va materiallarni ishlab chiqish hamda chop etish” nomli loyihada foydalanilgan (Buyuk Britaniyaning Norvich shahridagi Til ta’limi institutining 2022-yil 8-noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada “Tilshunoslikda rangni o‘rganish muammosi” mavzusida o‘tkazilgan seminar-treninglar xalqaro seminar va loyiha mazmunini yangi nazariy qarashlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
rang leksemalari funksional yuklamasi matnda ma’nolarni qurishga, ingliz tilidagi matnda ma’lumotni ifodalashda xulosa chiqarishning kognitiv operatsiyasini o‘zgartirishga qaratilgan asos sifatida, subektiv bog‘liq bo‘lgan kognitiv-konnotativ mexanizm yordamida hamda sarlavha va badiiy asarning konseptual-interpretatsiya tuzilishini kognitiv-stilistik tahlil qilish orqali adresatga kommunikativ-pragmatik ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi qarashlar tahlili asosida erishilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanalida “English with “Yoshlar” va “Oqshomga qadar” teledasturlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2024-yil 12-fevraldagi 14-05-24-son ma’lumotnomasi). Natijada mulohazalar teledasturlar ssenariylarini ilmiy, madaniy-ma’rifiy mazmun bilan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish