Matkarimov Zoxidjon Turdalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi buyrak transplantatsiyasi amaliyotining bevosita va uzoq muddatli natijalarini bashorat qiluvchi kontseptual asoslar», 14.00.32 – Transplantologiya va sun’iy a’zolar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib773.
Ilmiy maslahatchi: Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Sharshatkin Aleksey Vyacheslavovich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akalaev Rustam Nurmuxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “M.F. Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyati ilmiy-tadqiqot klinik instituti” Moskva viloyati Davlat byudjet sog‘liqni saqlash muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini tirik qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasidan keyin yashovchanlikni bashorat qilish uchun tabaqalashtiruvchi omillar yordamida yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transplantatni o‘tkir rad etilishining tez rivojlanishi bilan o‘pkaning jiddiy shikastlanishining yuqori ehtimoligi bilan xarakterlanadigan buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan bemorlarning klinik kechishiga COVID-19 infeksiyasi ta’sirining patognomonik xususiyatlari aniqlangan;
SARS-CoV-2 ning allotransplantatga bevosita sitopatik ta’siri, endoteliit fonida transplantatning o‘tkir rad etilishining morfologik belgilari (qon tomir tipi) va naycha epiteliylari tarkibida katta giperxrom yadroli epiteliy hujayralari mavjudligi bilan isbotlangan;
surunkali buyrak etishmovchiligining so‘nggi bosqichida bo‘lgan bemorlarda transplantatning yashovchanligining prognostik mezonlarini tekshirish bilan yaqin va uzoq muddatli transplantatsiyadan keyingi davrning o‘ziga xos asoratlari shakllanishi va rivojlanishining klinik va immunologik xususiyatlari aniqlangan;
resipientlarning va transplantatning yaqin va uzoq muddatli kumulyativ yashovchanligiga ta’sir qiluvchi, tirik qarindosh donordan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak transplantati rad etilishiga olib keluvchi transplantatsiyadan oldingi va keyingi asosiy xavf omillari aniqlangan;
buyrak transplantatsiyasi natijalarini bashorat qilish bilan bog‘liq holda atsetillanish fenotipini qo‘llashning klinik jihatlari donor va resipientlarning atsetillanish holati va transplantat funksiyasi, rad etilish havfi va immunosupressiv protokolni tanlash o‘rtasidagi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak etishmovchiligining so‘ngi bosqichida bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatiladigan yuqori texnologiyali jarrohlik yordami sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: transplantatni o‘tkir rad etilishining tez rivojlanishi bilan o‘pkaning jiddiy shikastlanishining yuqori ehtimoligi bilan xarakterlanadigan buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan bemorlarning klinik kechishiga COVID-19 infeksiyasi ta’sirining patognomonik xususiyatlari aniqlanganligi akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2024 yil 10 maydagi №1x/19-sonli); Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 25 apreldagi №166/1 sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 24 apreldagi №127a sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/37-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ambulatoriya sharoitida davolangan bemorlarda o‘pka shikastlanishining o‘rtacha foizi 13-20% ni tashkil qildi; statsionar davolanish uchun kasalxonaga yotqizilgan bemorlarda o‘pkaning shikastlanish foizi o‘rtacha 51% ni, reanimatsiya bo‘limida davolangan bemorlarda o‘pkaning shikastlanishi 70% dan ortiqni tashkil qildi. COVID-19 infeksiyasi klinik ma’lumotlari va tekshiruvlar natijalari yordamida o‘pkaning shikastlanish hajmiga, kasallikning og‘irligiga va faollik jarayonining darajasiga asoslanib, bemorlarga tibbiyot muolajalari belgilandi. COVID-19 infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni og‘irlik darajasini baxolab, transplantat faoliyati buzilishining oldini olish qoniqarli davolash natijalariga va o‘tkir pnevmoniya bilan kasallanish va o‘limni, shu bilan birga nogironlikni kamaytirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlangan COVID-19 infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun ko‘proq xarajatlar talab etiladi: bir bemorga 1 kunlik statsionar bo‘limlarda yotish 950000 so‘m, xususan, 15 nafarga o‘rtacha 18 kun yotishi 256000000 sumni tashkil qildi. COVID-19 infeksiyasi engil va o‘rta og‘ir darajada kechuvchi bemorlar; intensiv terapiyaga muxtoj bo‘lmagan bemorlarda esa uy sharoitida davolanishlari uchun 420000 so‘mni, ya’ni 15 bemorga urtacha 6 300 000 sum sarflanishiga olib keldi. Demak, 250200000 sumni tejab qolishga erishildi. Xulosa: asoratlangan COVID-19 infeksiyasini davolash uchun pnevmoniyaning oldini olish va reanimatsiyada davolanadigan bemorlarning sonini qisqartirish hisobiga 190350000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2 ning allotransplantatga bevosita sitopatik ta’siri, endoteliit fonida transplantatning o‘tkir rad etilishining morfologik belgilari (qon tomir tipi) va naycha epiteliylari tarkibida katta giperxrom yadroli epiteliy hujayralari mavjudligi bilan isbotlanganligi akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2024 yil 10 maydagi №1x/19-sonli); Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 25 apreldagi №166/1 sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 24 apreldagi №127a sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/37-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pandemiya avjida (2019-2021 yillarda) tirik qarindosh donordan jami 320 ta buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi. Operatsiyadan keyingi davrda COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallanganlar soni 228 nafarni tashkil qildi. Operatsiyadan oldingi bosqichda COVID-19 bilan kasallangan 40 nafar bemor (pandemiya davridagi bemorlar sonining 12,5 foizi) muvaffaqiyatli davolandi va keyingi buyrak transplantatsiyasiga tayyorlangan. Ushbu tadqiqotda SARS-CoV-2 ning allotransplantatga bevosita sitopatik ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan. 15 nafar bemorda har xil darajadagi buyrak transplantatida rad etilish belgilari kuzatildi, barcha holatlarda o‘ziga xos davolanish talab qilindi. 13 bemorda qoniqarli natijaga erishildi. Ikki holatda davolash dializ bilan davom ettirildi. SARS-CoV-2 natijasida buyrak transplantatining rad etilishi ko‘zatilganda bemorlarga biopsiya muolajasini qilish zaruriyati tug‘ildi. COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda (ko‘krak qafasi MSKT, Sovid-19 IgM va IgG, D-Dimer, Ferritin, UQT, biokimyoviy taxlil, Koagulogramma, Prokal`sitonin, SRB, Interleykin-6) tekshiruvlari xamda ko‘rsatmaga asosan biopsiya muolajasi orqali og‘ir asoratlarni oldini olishga, zotiljam va buyrakning o‘tkir rad etilishini aniqlashga imkoniyat bergan. Shu xulosalar asosida bemorlarga samarali muolajalar qilindi. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak transplantatida rad etilish ko‘zatilgan 15 nafar bemorda shifoxonada davolanish davri o‘rtacha 18 kunni tashkil qildi. Bir kunlik xarajat esa (yotoq kuni, dori darmon, tekshiruvlar) 650000sumni tashkil qildi. Bu esa jami 175500000 sumga teng bo‘ldi. Buyrak transplantatining rad etilishini erta aniqlangan II gurux bemorlarda kunlik xarajatlari 550000 sumni tashkil qilib, davolanish davri 10 kunga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatgich 15 nafar bemorda jami 82500000 sumni tashkil qildi. Xulosa: Asoratsiz Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda buyrak transplantatini yashovchanligini uzaytirish imkoni kupaydi va davolanish davrini qisqartirishga erishildi. Zamonaviy tekshiruv va davolash usullarini amaliyotga joriy etilishi natijasida bir bemor uchun 100000 so‘m iqtisod qilindi, buning natijasida byudjet mablag‘laridan 93000000 so‘m tejaldi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak etishmovchiligining so‘nggi bosqichida bo‘lgan bemorlarda transplantatning yashovchanligining prognostik mezonlarini tekshirish bilan yaqin va uzoq muddatli transplantatsiyadan keyingi davrning o‘ziga xos asoratlari shakllanishi va rivojlanishining klinik va immunologik xususiyatlari aniqlanganligi akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2024 yil 10 maydagi №1x/19-sonli); Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 25 apreldagi №166/1 sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 24 apreldagi №127a sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/37-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiyalar bajarilganda transplantatsiya bilan bog‘liq asoratlarning ko‘rsatkichlari kamaydi, boshqa turdagi asoratlar esa taxminan bir xil darajada qoldi. Tadqiqot qilingan protokollar yordamida bemorlarda buyrak transplantatsiyasidan keyingi davrda posttransplantatsion qandli diabet, xar xil infeksion kasalliklari va boshqa xavf omillarini aniqlashga, shuning natijasida buyrak transplantatining yashovchanligini uzaytirishga olib keldi. Eng ko‘p uchraydigan uzoq muddatli asoratlar transplantatsiyadan keyingi qandli diabet (20,5%), transplantatsiyani surunkali rad etilishi (19,0%), dispeptik kasalliklar (10,2%) va o‘pka asoratlari xisoblangan. Transplantatsiyaning uzoq muddatida "transplantatsiyadan keyingi infeksiya bilan" bemorlar guruhida yashovchanlik 96,2% va "transplantatsiyadan keyingi infeksiya rivojlanmagan" guruhida 98,4% ni tashkil qildi. "Posttransplantatsion qandli diabet rivojlangan" bemorlar guruhida yashovchanlik 97,3% va "Posttransplantatsion qandli diabetsiz" bemorlar guruhida 98,1% ni tashkil qildi. Transplantatsiyadan oldingi dializning davomiyligi xam buyrak transplantatsiyadan keyingi davrda resipientning yashovchanligiga katta axamiyatga egaligi aniqlangan. Shunisi e’tiborga loyiqki, qisqa vaqt oralig‘ida 12 oydan kam vaqt davomida dializ olib yurgan bemorlar guruhida yashovchanlik ko‘rsatkichi 12 oydan ortiq dializ olib yurganlar guruhiga nisbatan 97,5% - 95,1% ni tashkil qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bu tadqiqot natijasida bemorlarning davolanishga safrlangan mablag‘lari aniqlandi. Bemorlarning barchasi yuqumli asoratlarga moyil ekanligini hisobga olgan xolda, bu holatlarning oldini olish, asoratlarni davolash xarajatlarni sezilarli darajada tejashga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, posttransplantatsion qandli diabet rivojlangan va uning natijasida infeksion asoratlar ko‘zatilgan 10 nafar bemorda statsionar davolanish davri 13 kunni tashkil qilgan. Bir bemor uchun bu urtacha 7150000 so‘m; 10 nafarga esa 71500000 sum sarflangan. Infeksion asoratlarni oldini olish xisobiga asoratlar ko‘zatilmagan bemorlarda yotoq kuni 5 kunga qisqarib, bir bemor uchun statsionarda davolanish 3600000 sumni; 10 nafar bemorga taxminan 36000000 so‘mni tashkil qildi. Bu o‘z vaqtida bir bemor uchun 3550000 sumni tejab qoldi. Xulosa: asoratlarni oldini olishga qaratilgan tadqiqot natijalarini amalga oshirish bemorlarning tibbiy muassasalarda davolash davomiyligini va vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlikni sezilarli darajada qisqartirishi mumkin. Xar bir bemor uchun kasalxonaga yotqizish vaqtini o‘rtacha 5 kunga qisqartirish bir bemor uchun 3550000 sumni tejab qolish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: resipientlarning va transplantatning yaqin va uzoq muddatli kumulyativ yashovchanligiga ta’sir qiluvchi, tirik qarindosh donordan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak transplantati rad etilishiga olib keluvchi transplantatsiyadan oldingi va keyingi asosiy xavf omillari aniqlanganligi akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2024 yil 10 maydagi №1x/19-sonli); Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 25 apreldagi №166/1 sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 24 apreldagi №127a sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/37-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijasida ikki vaqt oralig‘ida (2010-2018 va 2019-2023 yillar) tirik donordan buyrak transplantatsiyasi amaliyotidan keyingi yaqin va uzoq muddatli asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi davrdagi bemorlarda (2019-2023) erta muddatli asoratlar darajasi 34,4% dan 29,4% gacha kamaygan. Uzoq muddatli davrda asoratlari bo‘lgan bemorlarning ko‘rsatkichlari ham ikkinchi davrda 68,2% dan 56,3% gacha kamaydi. Taqdim etilgan tadqiqot transplantatsiyadan oldingi asosiy va ixtisoslashtirilgan tekshirish algoritmini belgilash, potensial xavf omillarini aniqlash uchun munosib diagnostika uslublarini tanlash- buyrak transplantatining funksional holatini tug‘ri baholashga yordam berdi. Bu o‘z o‘rnida bemorlarning sog‘lom turmush tarzi usishiga munosib omil bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijasida ikki gurux bemorlar nazorat qilindi. Birinchi guruxga buyrak transplantatining rad etilishi ko‘zatilgan bemorlar; ikkinchi guruxga buyrak transplantatining rad etilishiga yuqori xavf omillari mavjud bo‘lgan bemorlar kiritildi. Buyrak transplantati rad etilishini bashorat qiluvchi taxlillar (peshob taxlilida mikroal`bumin, Sistatin S, Immunogramma, SYP3A5 va boshqalar) tekshiruvlari xamda ko‘rsatmaga asosan biopsiya muolajasi buyrak rad etilishini erta aniqlashga va og‘ir asoratlarni oldini olishga imkoniyat bergan. Birinchi guruxda 35 nafar bemorlar 13 kun davolanib, bir kunlik shifoxonada sarflangan mablag‘lar (statsionar yotoq kuni, immunosuppressiv dorilar, plazmaferez, zarur xolatda gemodializ) 7600000 sumni tashkil qilgan. Ikkinchi gurux bemorlar - 35 nafar bemorda shifoxonada urtacha 7 kun davolanib, bir bemorda 1 kunlik xarajatlar 850000 sumni tashkil qilgan. Bu o‘z vaqtida bemorlarni yotoq kunlari 6 kunga qisqargani, xamda bitta bemordan 6750000 sumni tejashga imkon berdi. Xulosa: buyrak transplantatsiyasidan keyingi bemorlarda takomillashtirilgan zamonaviy tekshiruv va davolash usullarini amaliyotga joriy etilishi natijasida 6750000 sum iqtisod qilindi. Shunda bir bemorga 1 kunlik davolanish uchun byudjet mablag‘laridan 1800000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 4950000 so‘mni tejash imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: buyrak transplantatsiyasi natijalarini bashorat qilish bilan bog‘liq holda atsetillanish fenotipini qo‘llashning klinik jihatlari donor va resipientlarning atsetillanish holati va transplantat funksiyasi, rad etilish havfi va immunosupressiv protokolni tanlash o‘rtasidagi aniqlanganligi akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2024 yil 10 maydagi №1x/19-sonli); Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 25 apreldagi №166/1 sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining (2024 yil 24 apreldagi №127a sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/37-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tekshiruv algoritmi joriy etilishi natijasida innovatsion usul sifatida ishlab chiqilgan buyrak transplantatsiyasidan keyingi asoratlar xavfini bashorat qilish usuli bir qator asosiy parametrlar, shu jumladan donor va resipientning atsetilyator statusi, koptokchalar fil`tratsiyasi tezligini inobatga oladi va operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini baholashga imkon berdi, uni past, o‘rta va yuqori darajalarga klassifikatsiya qilindi. Tez FAS bo‘lgan resipientlar o‘rtasida transplantat funksiyasi 95,7% (23 tadan 22 tasi)da tez muddatda normaga kelgan, 4,3% da (23 tadan 1 tasi) kechiktirilgan transplantat funksiyasi va 21,7% (23 tadan 5 tasi) da o‘tkir rad etilish kuzatilgan. Sekin FAS bo‘lgan resipientlar o‘rtasida transplantat funksiyasi 37,5% (16 tadan 6 tasi) da tez muddatda normaga kelgan va kechiktirilgan funksiyasi 62,5% (16 tadan 10 ta)da kuzatilgan. O‘tkir rad etilish holatlari bo‘lmagan. Natijalarimiz shuni ko‘rsatadiki, resipientdagi tez atsetilator holati transplantatsiya qilingan buyrak funksiyasini tezroq normallashtirishga yordam berdi, ammo uzoq davrda buyrak rad etilishi xavfi yuqoriligini ko‘rsatdi. Sekin atsetilatorlik holati kuzatilgan resipientlarda buyrak ishlash faoliyati sekinroq tiklandi, ammo kechiktirilgan buyrak transplantati funksiyasi xolati kuzatilmadi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu bog‘liqliklar donorning atsetilator holatiga ham bog‘liq edi. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi gurux tez FAS bo‘lgan resipientlar o‘rtasida buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan har bir resipient uchun o‘rtacha moliyaviy xarajat 100059000 so‘mni tashkil etishi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkich, ikkinchi gurux sekin FAS resipientlarda davolanish uchun 60200000 so‘mga teng bo‘ldi. Olingan ma’lumotlarni hisobga olgan holda, transplantatning operatsiyadan keyingi yashovchanligiga ta’sir qiluvchi salbiy omillarni bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan usullar samaradorligi tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘tkazilgan davolashning salbiy natijalari koeffisienti tadqiqot guruhlari ishtirokchilarining ekvivalent sonini hisobga olgan holda, I guruh va II guruh o‘rtasidagi umumiy xarajatlarni qisqartirdi. Iqtisodiy samaradorlik hisob-kitoblarining yakuniy natijalariga ko‘ra, ushbu guruh ishtirokchilari orasida transplantatning yashovchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni hisobga olish va oldini olishdagi potensial foyda bitta resipient uchun 39859000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Ilmiy tadqiqot buyrak transplantatida atsetilator holatining rolini chuqurroq o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi. Ushbu natijalar buyrak transplantatsiyasidan keyingi asoratlarning oldini olish va davolashni optimallashtirishga yordam berdi, bu esa ushbu turdagi jarrohlik natijalarini yaxshilash uchun muhim klinik ahamiyatga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, tadqiqot ishtirokchilarining taxlili natijalaridan aniqlangan transplantatning yashovchanligini pasaytiruvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilish 39859000 so‘mni tejash imkonini berdi.