Mavlonov Axmadjon Xoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llanilgan terminlarning tarkibiy-mazmuniy tahlili”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2832.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedova Nilufar Safarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llangan terminlar, ularning genezisi, leksik-semantik, struktural va yasalish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dostonda qo‘llangan terminlarning muayyan o‘rinlarda poetik vazifa bajarishi, ya’ni baytda so‘zlar bilan qofiyadoshlik hosil qilishi, bir-biriga mazmunan yaqin terminlar tanosub she’riy san’atini yaratishga xizmat qilishi kabi funksional-semantik xususiyatlari dalillangan;
dostonda qo‘llangan davlat boshqaruvi, podshohlik, mansab, kasb-kor, soliq, xazina, harbiy, yuridik, sport bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy, to‘y va dafn marosimi, musiqa, din, tasavvuf va tijorat bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy terminlar, tibbiyot, anatomiya, geografiya, matematika, astranomiya, filologiya kabi ilmiy terminlar aniqlanib, ularning o‘zbek terminologiyasi tizimida amal qilish qonuniyatlari isbotlangan;
“Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llangan yasama terminlarning affiksatsiya (sajdagah, mayparast), kompozisiya (nayshakar, hamishabahor) va leksik-semantik (boshchanoq, cherik tortmoq) usullar yordamida yasalganligi dalillanib, terminlarning struktur jihatdan bir va bir nechta komponentli turlari aniqlangan;
“Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llangan terminlarning 29 % i o‘z qatlam va 71 % i arab, fors, mo‘g‘ul, yunon, hind, rus, lotin kabi tillardan o‘zlashganligi ilmiy dalillar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llangan terminlarning leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishda olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
dostonda qo‘llangan terminlarning muayyan o‘rinlarda poetik vazifa bajarishi, ya’ni baytda so‘zlar bilan qofiyadoshlik hosil qilishi, bir-biriga mazmunan yaqin terminlar tanosub she’riy san’atini yaratishga xizmat qilishi kabi funksional-semantik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalardan FZ-2016-0908165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 7-noyabrdagi 538-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda hamda talabalar va o‘qituvchilarning bilim va malakalarini oshirishga hissa qo‘shgan;
dostonda qo‘llangan davlat boshqaruvi, podshohlik, mansab, kasb-kor, soliq, xazina, harbiy, yuridik, sport bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy, to‘y va dafn marosimi, musiqa, din, tasavvuf va tijorat bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy terminlar, tibbiyot, anatomiya, geografiya, matematika, astranomiya, filologiya kabi ilmiy terminlar aniqlanib, ularning o‘zbek terminologiyasi tizimida amal qilish qonuniyatlari isbotlangan o‘rinlardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 24-oktyabrdagi 938/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘zbek tilidagi asarlarni xorijiy tillarga yoki xorijiy tildagi asarlarni o‘zbek tiliga axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida o‘girganda badiiy asar tarkibidagi terminlar mohiyatini chuqur bilish samaradorligi oshirilgan;
“Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llangan terminlarning 29 % i o‘z qatlam va 71 % i arab, fors, mo‘g‘ul, yunon, hind, rus, lotin kabi tillardan o‘zlashganligi haqidagi ilmiy dalillardan FZ-2016-0908165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 7-noyabrdagi 538-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy qismining dalillar bilan boyitilishiga erishilgan;
“Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llangan yasama terminlarning affiksatsiya (sajdagah, mayparast), kompozisiya (nayshakar, hamishabahor) va leksik-semantik (boshchanoq, cherik tortmoq) usullar yordamida yasalganligi o‘rganilib, terminlarning struktur jihatdan bir va bir nechta komponentli turlari aniqlangan o‘rinlardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 24-oktyabrdagi 938/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan virtual resurslarning yangi manbalar bilan boyitilishiga erishilgan.