Xushmurodova Shahnoza Shaymonkulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Bilingval talabalarning ikkilamchi lisoniy identivligini shakllantirishning lingvokognitiv xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fil614.
Ilmiy maslahatchi: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Arustamyan Yana Yurievna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Vositov Volijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bilingval talabalarning lisoniy identivligini shakllantirishda lingvistik va ekstralingvistik omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lisoniy nisbiylik nazariyasi, ikki tillilikning dinamik tabiati, jamiyatda mavjud ijtimoiy va madaniy mezonlar hamda ekstralingvistik omillarga asoslangan tilni tanlashdagi kognitiv jarayonlar shaxsning lisoniy identivligini shakllantirishda potensial ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
talabalar fonetik kompetensiyasining prosodik xususiyatlarini ochib berish orqali shaxs psixologiyasi va uning “nutqiy portreti” tamoyillari tilni o‘zlashtirishdagi murakkab munosabatlar va sotsiolingvistik omillar asosida dalillangan;
qoraqalpoq talabalarida lisoniy identivlikni shakllantiruvchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni aniqlash orqali ularning “o‘ziga xoslik”, “subektivlik”, “individuallashtirish” kabi tushunchalar asosida yuzaga keladigan psixolingvistik portreti ochib berilgan;
ijtimoiy o‘zlikni ifodalashda muhim rol o‘ynaydigan nutqning fonetik aspektining yosh, jins, etnik va ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqish kabi omillar ta’sirida namoyon bo‘lishi amaliy lingvistika aspektida isbotlangan;
qoraqalpoq talabalarining lingvistik identivligini aniqlash va ularning fonetik kompetensiyalarini rivojlantirishda turli simulyasiya strategiyalaridan foydalanish orqali nutqning ravonligiga erishish va ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansub talabalarning xorijiy tilni o‘rganishdagi nutq bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari shaxsning fonetik portretini ochishga imkon beruvchi me’yorlar bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bilingval talabalarning ikkilamchi lisoniy identivligini shakllantirishning lingvokognitiv xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
lisoniy nisbiylik nazariyasi, ikki tillilikning dinamik tabiati, jamiyatda mavjud ijtimoiy va madaniy mezonlar hamda ekstralingvistik omillarga asoslangan tilni tanlashdagi kognitiv jarayonlar shaxsning lisoniy identivligini shakllantirishda potensial ta’sir ko‘rsatishi, til, lisoniy identivlik va madaniyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni idrok etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalari va xulosalari asosida Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Erasmus + program 2016-2018 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2- CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “Modernization and internationalization of Higher Education System Processes in Uzbekistan” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 23 noyabrdagi 661/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, tilni o‘zlashtirish va kognitiv rivojlanish munosabatlari bo‘yicha amalga oshirilgan tahlillar loyiha doirasida manbalarni yaratishda ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
qoraqalpoq talabalarining lingvistik identivligini aniqlash va ularning fonetik kompetensiyalarini rivojlantirishda turli simulyasiya strategiyalaridan foydalanish orqali nutqning ravonligiga erishish va ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansub talabalarning xorijiy tilni o‘rganishdagi nutq bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari shaxsning fonetik portretini ochishga imkon beruvchi me’yorlar bilan bog‘liqligi Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 3 oktyabrdagi 656/02-sonli son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir tilning o‘ziga xos grammatik tuzilmalari va og‘zaki konstruksiyalarining tashqi dunyoni idrok etishiga ta’siri loyiha doirasida yaratilgan darslik, o‘quv-uslubiy majmua, uslubiy qo‘llanma, virtual resurslarni eng so‘nggi ma’lumotlar va adabiyotlar bilan boyitishda muhim asos bo‘lgan;
qoraqalpoq talabalarida lisoniy identivlikni shakllantiruvchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni aniqlash orqali ularning “o‘ziga xoslik”, “subektivlik”, “individuallashtirish” kabi tushunchalar asosida yuzaga keladigan psixolingvistik portreti sotsiolingvistik tahlil asosida va ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansub talabalarning ikkinchi tilni o‘rganishdagi nutq bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari tilning fonetik portretini ochishga imkon beruvchi me’yorlardan tashkil topganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan IL-662204405 “Eksperimental fonetik laborotoriya yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023 yil 3 dekabrdagi 75/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi orqali loyiha doirasida o‘quv adabiyotlarini yaratishda lingvistik identivlikning ikki tilli talabalarga ta’siri o‘ziga xos vazifani bajarishi ko‘rsatib o‘tilgan;
talabalar fonetik kompetensiyasining prosodik xususiyatlarini ochib berish orqali shaxs psixologiyasi va uning “nutqiy portreti” tamoyillari tilni o‘zlashtirishdagi murakkab munosabatlar va sotsiolingvistik omillar asosida - til, identivlik va madaniy munosabatlarni anglashga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi til ta’limi amaliyoti orqali paydo bo‘lishi Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Erasmus + program 2016-2018 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2- CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “Modernization and internationalization of Higher Education System Processes in Uzbekistan” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 23 noyabrdagi 661/02-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarda ikki tilli talabalarning uchinchi tilni o‘rganishdagi ustunligi masalalari kognitiv jarayonlar bilan bog‘liqligi borasidagi bilimlarini yanada oshirishga bevosita xizmat qilgan.