Rashidova Nodira Habibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi (pediatriya yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1818.
Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umrzaqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Paziljanova Zulfiya Sabirjanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pediatriya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi va texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari pediatriya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy-sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari integrativ-fasilitasion ta’lim strategiyalarini qo‘llash, modellashtirish va loyihalashtirishga doir o‘quv materiallariga konsentrizm tamoyillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ingliz tilida kasbiy-sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy (semantic), vazifaviy (functional) va shakliy (formal) qiyinchiliklarni oldini olishning metodik tuzilmasi kommunikativ va kompetensiyaviy yondashuvlarning identivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pediatr shifokorlarning kasbiy-sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik (til va nutqiy) va lingvodidaktik (maqsad, mazmun va metod) tamoyillari ingliz tili leksikasini statik darajasi produktivligiga erishish algoritmi tanlash, taqsimlash, tasniflash va taqdimot bosqichlarining metodik tipologiyasini lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini belgilash orqali aniqlangan;
talabalarning ingliz tilida sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirish modelining amaliy komponenti taqdimot, mashq va nutqda qo‘llash kabi bosqichlarning artterapiya, harakatli, didaktik, rolli, imitatsion o‘yin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Pediatriya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari pediatriya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy-sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari integrativ-fasilitasion ta’lim strategiyalarini qo‘llash, modellashtirish va loyihalashtirishga doir o‘quv materiallariga konsentrizm tamoyillarini kiritish asosida takomillashtirishga oid xulosalaridan Namangan muhandislik qurilish instituti qoshidagi akademik liseyda  2020-2022- yillarda amalga oshirilgan S-UZ800-21-GR-3101-raqamli “Access microscolarship English Program (Kichik Akses ilmiy-tadqiqotga oid ingliz tili dasturlari)” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-dekabrdagi 02-07-5355/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmui va metodik tavsiyalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning ingliz tilida kasbiy-sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy (semantic), vazifaviy (functional) va shakliy (formal) qiyinchiliklarni oldini olishning metodik tuzilmasi kommunikativ va kompetensiyaviy yondashuvlarning identivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi va M.Gubkina nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent filiali bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “ESP around the Globe: Teachind and Research (Dunyo bo‘ylab kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili: o‘qitish va tadqiqot)” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani doirasida ommalashtirilgan (Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining 2022-yil 16-iyuldagi A-01-469-son ma’lumotnomasi). Natijada, pediateriya yo‘nalishi talabalarining sohaviy leksik so‘z boyligini rivojlantirish metodikasining takomillashuviga erishilgan;
bo‘lajak pediatr shifokorlarning kasbiy-sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik (til va nutqiy) va lingvodidaktik (maqsad, mazmun va metod) tamoyillari ingliz tili leksikasini statik darajasi produktivligiga erishish algoritmi tanlash, taqsimlash, tasniflash va taqdimot bosqichlarining metodik tipologiyasini lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini belgilash orqali takomillashtirishga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharriyatining efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “Bolalar va biz” nomli dasturlarining 2022-yil mart va iyun oylaridagi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2022-yil 23-iyuldagi 04-36-991-son ma’lumotnomasi). Natijada, pediatriya yo‘nalishlari talabalarining ingliz tilini o‘rganish jarayonida sohaviy leksik kompetensiyasining rivojlanishiga erishilgan;
talabalarning ingliz tilida sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirish modelining amaliy komponenti taqdimot, mashq va nutqda qo‘llash kabi bosqichlarning artterapiya, harakatli, didaktik, rolli, imitatsion o‘yin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy takliflardan “Learning English (Tibbiyotda xorijiy til (ingliz tili)” tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining pediariya yo‘nalishlari uuchun yaratilgan darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i). Natijada, ingliz tili darslarida talabalarning sohaviy leksik kompetensiyasini rivojlantirishga doir metodika ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish