Murakaeva Shahnoza Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak harbiy yuristlarga ingliz tilini o‘qitishda interfaol usullardan foydalangan holda og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 -“Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi” (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3882.
Ilmiy rahbar: Radjabov Nosir Nosimovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Rahmonqulova Dilshoda Murodqo‘zievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak harbiy yuristlarga ingliz tilini o‘qitishda interfaol usullardan foydalangan holda nutq kompetensiyasini takommilashtirish bo‘yicha taklif va tavsiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan "Gradual Speaking" metodiga to‘liq og‘zaki nutq jarayonidan oldingi bosqich va mulohaza-monologlarini hamda odob-axloq dialoglarini tuzish kabi maxsus vazifalarni samarali baholash imkonini beruvchi Pre-Speaking (A2) darajasini integratsiya qilish asosida ixtisoslashtirilgan professional og‘zaki nutq kompetensiyalarini bosqichma-bosqich kompleks rivojlantirish mumkinligi asoslab berilgan;
videodarslar yaratish algoritmi tizimi ta’lim maqsadlari, vazifalarini belgilash, tasdiqlash, ssenariyni ishlab chiqish, kadrlarni tayyorlash, ssenariyga ovoz berish, epizodlarni (sahnalarni) suratga olish, yaratish, subtitrlarni epizodlarga (sahnalarga) kiritish, videotasvirlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahrirlash hamda tasvirlarni videoformatga eksport qilish (ko‘chirish) kabi professional kommunikativ va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish komponentlaridan iborat “Digital storytelling” interfaol metodini kiritish asosida takomillashtirilgan;
auditoriyada til hodisalarini batafsil o‘rganishga yordam beradigan FlipHTML5 Platform va AutoPlay Media Studio dasturi yordamida harbiy yuristlar uchun “Harbiy yuristlar uchun interfaol ingliz tili” elektron ta’lim dasturi, “English for lawers” va “Speaking book for attaches” darslik va o‘quv qo‘llanmalari kabi ta’lim resurslarini ishlab chiqish orqali bo‘lajak harbiy yuridik kadrlarning ingliz tilini o‘qitishdagi ta’lim texnologiyalari optimallashtirilgan;
videodarslar yaratish algoritmi tizimi ta’lim maqsadlari, vazifalarini belgilash, tasdiqlash, ssenariyni ishlab chiqish, kadrlarni tayyorlash, ssenariyga ovoz berish, epizodlarni (sahnalarni) suratga olish, yaratish, subtitrlarni epizodlarga (sahnalarga) kiritish, videotasvirlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahrirlash hamda tasvirlarni videoformatga eksport qilish (ko‘chirish) kabi professional kommunikativ va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish komponentlaridan iborat “Digital storytelling” interfaol metodini kiritish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan "Gradual Speaking" metodiga muloqot, fatik suhbat (ya’ni fikr va ma’lumot almashish), dialog-argument, muhokama, munozara, haqiqiy bahsda qatnasha olish, Linkoln-Duglas bahsi (1/1), Karl Popper bahsi (3/3), pragmatik maqsadga erishish kabi maxsus vazifalarni samarali baholash imkonini beruvchi Post-Speaking C1 darajasini integratsiya qilish asosida ixtisoslashtirilgan professional og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirish mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak harbiy yuristlarga ingliz tilini o‘qitishda interfaol usullardan foydalangan holda og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan "Gradual Speaking" metodiga to‘liq og‘zaki nutq jarayonidan oldingi bosqich va mulohaza-monologlarini hamda odob-axloq dialoglarini tuzish kabi maxsus vazifalarni samarali baholash imkonini beruvchi Pre-Speaking (A2) darajasini integratsiya qilish asosida ixtisoslashtirilgan professional og‘zaki nutq kompetensiyalarini bosqichma-bosqich kompleks rivojlantirish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 61031400 – Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarga mo‘ljallangan «Interastive English for Military Lawers» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024 yil 8 apreldagi 1/1 -2621 -son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyruq bilan tasdiqlangan guvohnoma). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishi bo‘lajak harbiy yuristlarning ingliz tilidan jumlalarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri qurishi, ular nutqining ekspressivligi, lingvistik vositalardan samarali foydalanishiga xizmat qilgan.Ushbu takliflarni amaliyotda joriy etilishi bo‘lajak harbiy yuristlarning ingliz tilida yuridik nutq madaniyatini bosqichma-bosqich samarali rivojlantirishga xizmat qilgan;
videodarslar yaratish algoritmi tizimi ta’lim maqsadlari, vazifalarini belgilash, tasdiqlash, ssenariyni ishlab chiqish, kadrlarni tayyorlash, ssenariyga ovoz berish, epizodlarni (sahnalarni) suratga olish, yaratish, subtitrlarni epizodlarga (sahnalarga) kiritish, videotasvirlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahrirlash hamda tasvirlarni videoformatga eksport qilish (ko‘chirish) kabi professional kommunikativ va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish komponentlaridan iborat “Digital storytelling” interfaol metodini kiritish asosida takomillashtirish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 61031400 – Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarga mo‘ljallangan “Course-book: English for the 1st ear cades” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302- son buyruq bilan tasdiqlangan guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024 yil 8 apreldagi 1/1 -2621 -son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishi bo‘lajak harbiy yuristlarning ingliz tilidan jumlalarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri qurishi, ular nutqining ekspressivligi, lingvistik vositalardan samarali foydalanishiga xizmat qilgan;
auditoriyada til hodisalarini batafsil o‘rganishga yordam beradigan FlipHTML5 Platform va AutoPlay Media Studio dasturi yordamida harbiy yuristlar uchun “Harbiy yuristlar uchun interfaol ingliz tili” elektron ta’lim dasturi, “English for lawers” va “Speaking book for attaches” darslik va o‘quv qo‘llanmalari kabi ta’lim resurslarini ishlab chiqish orqali bo‘lajak harbiy yuridik kadrlarning ingliz tilini o‘qitishdagi ta’lim texnologiyalari optimallashtirish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 61031400 – Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash va 61031400 - Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarga mo‘ljallangan “English for lawers” nomli darslik va “Speaking book for attaches and lawers” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-son va 2023 yil 22 dekabrdagi 537-son buyruqlari bilan tasdiqlangan guvohnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024 yil 8 apreldagi 1/1-2621-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotda joriy etilishi bo‘lajak harbiy yuristlarning ingliz tilida yuridik nutq madaniyatini bosqichma-bosqich samarali rivojlantirishga xizmat qilgan;
ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan "Gradual Speaking" metodiga muloqot, fatik suhbat (ya’ni fikr va ma’lumot almashish), dialog-argument, muhokama, munozara, haqiqiy bahsda qatnasha olish, Linkoln-Duglas bahsi (1/1), Karl Popper bahsi (3/3), pragmatik maqsadga erishish kabi maxsus vazifalarni samarali baholash imkonini beruvchi Post-Speaking C1 darajasini integratsiya qilish asosida ixtisoslashtirilgan professional og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 61031400 – Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarga mo‘ljallangan «Interastive English for Military Lawers» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024 yil 8 apreldagi 1/1 -2621-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyruq bilan tasdiqlangan guvohnoma). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishi bo‘lajak harbiy yuristlarning ingliz tilidan jumlalarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri qurishi, ular nutqining ekspressivligi, lingvistik vositalardan samarali foydalanishiga xizmat qilgan.