Xudoyberdieva Nigora Sherali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy g‘azallarining fransuzcha tarjimasida koloronimlarning stilistik konvergensiyasi” 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.1835.
Ilmiy rahbar: Shirinova Raima Xakimovna, filologiya falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti.    
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jo'raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy g‘azallarida koloronimlar vositasida hosil bo‘lgan stilistik konvergensiyaning fransuzcha tarjima bilan adekvatlik darajasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy ijodi Eron mumtoz adabiyotida hindiy uslubi paydo bo‘lishi, ozarbayjon adabiyotida nazira bog‘lash va turk adabiyotida tazkirachilik anʼanalarining rivojlanishiga zamin yaratganligi, shoir g‘azallari tarjimasida esa tasavvufiy-falsafiy g‘oyalarni soddalashtirish, badiiy san’atlarni tushirib qoldirish muammolari uchrashi dalillangan;
ambivalentlik, multivalentlik, omonimlik va polisemiya xossalariga ega  koloronimlar asosida hosil bo‘lgan stilistik konvergensiya “asliyat-sharh-tarjima” triadasi asosida tahlil qilinib, ambivalentlik (bir leksemaning ham salbiy, ham ijobiy ma’no anglatishi), multivalentlik, omonimlik va polisemiya xossalariga ega  koloronimlar asosida hosil bo‘lgan stilistik konvergensiya “asliyat-sharh-tarjima” triadasi asosida tahlil qilinib, tarjimada stilistik konvergensiyani berish modellariga ko‘ra asliyatdagi badiiy tasviriy vositalar tarjimada qisman ifodalangan, ayrimlari tushirib qoldirilgan yoki boshqa stilistik vosita bilan almashtirilgan va tarjimada asliyatda mavjud bo‘lmagan stilistik vositalar bilan o‘girilganligi ochib berilgan;
stilistik konvergensiyani hosil qilgan mubolag‘a → giperbola; istiora → metafora; sinekdoxa → epitet va metafora; nido → epifonema; intoq → jonlantirish, tazod → antiteza, tashbeh → o‘xshatish; sifatlash → metafora tarzida transformatsiyasiga uchrashi dalillangan;
rang palitrasiga doir lingvistik va ekstralingvistik faktorlarni inobatga olgan holda tarjimada koloronimlarni leksik-stilistik ekvivalenti orqali adekvat o‘girishga doir tamoyillar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy g‘azallarining fransuzcha tarjimasida koloronimlarning stilistik konvergensiyasini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy va amaliy natijalarga asoslanib:
she’riy matnda ifodalangan koloronimlarning stilistik xususiyatlari, stilistik konvergensiyasi, koloronimlarni ta’limiy korpusda semantik guruhlash va Alisher Navoiy ta’sirida Eron mumtoz adabiyotida hindiy uslubi paydo bo‘lishi, ozarbayjon adabiyotida nazira bog‘lash va turk adabiyotida tazkirachilik anʼanalarining rivojlanishi oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan AM–FZ–201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 27-dekabrdagi 3563-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyotshunos, tarjimashunos va tilshunoslarning Alisher Navoiy ijodining jahon adabiyotiga ko‘rsatgan ta’siriga doir bilimlarning oshishiga xizmat qilishi ta’minlangan;
kolorativ birliklar va koloronimlarning stilistik konvergensiyasi, rang fenomenining madaniyatlar, tillar va sohalar kesimidagi ahamiyati, tarjimada koloronimlarning stilistik konvergensiyasini adekvat berishga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetining “Class–devolopment of the interdisciplinary master program on computition linguistique at Central Asian universities” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 27-dekabrdagi 8441-son ma’lumotnomasi). Natijada, bakalavr yo‘nalishida o‘tiladigan “Leksikologiya asoslari”, “Tarjimashunoslik” kabi o‘quv kurslari kontentini nazariy bilimlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy ijodi Eron mumtoz adabiyotida hindiy uslubi paydo bo‘lishi, ozarbayjon adabiyotida nazira bog‘lash va turk adabiyotida tazkirachilik anʼanalarining rivojlanishi, G‘arbda tekstologiya, leksikografiya, siyosatshunoslik va dinshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar soni ortishiga zamin yaratganligi asoslanganligi; koloronimlarning stilistik konvergensiyasi asliyat, sharh va tarjima  triadasi usulida tadqiq qilinib, stilistik konvergensiyaning turlar klassifikatsiyasi bo‘yicha aralash turga doirligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining 2023-yil 13-dekabrdagi 06-28-1889-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv mazmuniilmiy jihatdan boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish