Maxamadalieva Zuxra Baxrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida son komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2113.
Ilmiy rahbar: O‘sarov Ibrohim Ko‘rpashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Saidakbarova Saodat Parxadjanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi son komponentli frazeologik birliklarining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chog‘ishtirilayotgan tillardagi son komponentli frazeologik birliklar morfologik va leksik jihatdan har ikkala tilda aniqlovchi, ega, kesim vazifasida qo‘llanilishi, tartib sonli iboralar sifat va ravish vazifasida kelishi kabi o‘xshash va ingliz tilidagi aniq va noaniq artikl olgan bir qator son komponentli frazeologik birliklar mavjud bo‘lsa, o‘zbek tilida artikl tushunchasi mavjud emasligi, bir soni ingliz tilida ko‘p hollarda iboralar tarkibida, o‘zbek tilida esa maqollarda qo‘llanilishi kabi farqli jihatlar asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi son komponentli frazeologik birliklarni tahlil qilish natijasida, ikkala tilda ham bir soni frazeologik birliklar tarkibida ko‘p qo‘llanilishi va ular aynan ushbu xalqning madaniyati, urf odatlarini o‘zida aks ettirishi, ikki, uch, besh sonlari yaxshilik va yomonlik, birlik va hamjihatlik, mehnatsevarlik, ishyoqmaslik ma’nolarini ifodalaganligi, etti soni esa ingliz va o‘zbek tillarida muqaddas va mo‘jizaviy son hisoblanishi, va ular ingliz va o‘zbek xalqning turmush tarzi, e’tiqodlari, milliy-madaniy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi kabi izomorfik xususiyatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarida somatik, zoomorfik, makon va zamon, oziq - ovqat, diniy, predmet va ma’naviy madaniy kodlar aniqlanib ularning konsepsiyasi va verbalizatsiyasi aniq etnik xususiyatga ega ekanligi, olamning lisoniy manzarasini va muayyan etnik guruhning qadriyatlar tizimini tushunish va taqdim etish imkonini berishi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillaridagi son komponentli frazeologik birliklar ingliz va o‘zbek madaniyatida jamoaviylik, qarindoshlik, muvaffaqiyat, qaror qabul qilish singari bir qator mavzuiy guruhlari har ikkala tilga xos madaniy qadriyatlar hisoblanishini, ayollarning sabr - toqatliligi, oila muqaddasligi, qo‘ni qo‘shnilar hamjihatliligi kabi faqat o‘zbek madaniyatiga xos, pulni tejash va mehnatsevarlik kabi ingliz madaniyatiga xos xususiyatlar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida son komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy tadqiqi mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi son komponentli frazeologik birliklar morfologik va leksik jihatdan har ikkala tilda aniqlovchi, ega, kesim vazifasida qo‘llanilishi, tartib sonli iboralar sifat va ravish vazifasida kelishi kabi o‘xshash va ingliz tilidagi aniq va noaniq artikl olgan bir qator son komponentli frazeologik birliklar mavjud bo‘lsa, o‘zbek tilida artikl tushunchasi mavjud emasligi, bir soni ingliz tilida ko‘p hollarda iboralar tarkibida, o‘zbek tilida esa maqollarda qo‘llanilishi kabi farqli jihatlari ifodalashiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 24-maydagi 1304/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini oshirish, chog‘ishtirma tilshunoslik va stilistika sohalaridagi bilimini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalarini ochib berishda qo‘llanilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi son komponentli frazeologik birliklarni tahlil qilish natijasida, ikkala tilda ham bir soni frazeologik birliklar tarkibida ko‘p qo‘llanilishi va ular aynan ushbu xalqning madaniyati, urf odatlarini o‘zida aks ettirishi, ikki, uch, besh sonlari yaxshilik va yomonlik, birlik va hamjihatlik, mehnatsevarlik, ishyoqmaslik ma’nolarini ifodalaganligi, etti soni esa ingliz va o‘zbek tillarida muqaddas va mo‘jizaviy son hisoblanishi, va ular ingliz va o‘zbek xalqning turmush tarzi, e’tiqodlari, milliy-madaniy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi kabi izomorfik xususiyatlariga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 22-fevraldagi 1307/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tavsiyalar institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarini amalda oshirishda ko‘maklashgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarida somatik, zoomorfik, makon va zamon, oziq-ovqat, diniy, predmet va ma’naviy madaniy kodlar aniqlanib ularning konsepsiyasi va verbalizatsiyasi aniq etnik xususiyatga ega ekanligi, olamning lisoniy manzarasini va muayyan etnik guruhning qadriyatlar tizimini tushunish va taqdim etish imkonini berishiga hamda, son komponentli frazeologik birliklar ingliz va o‘zbek madaniyatida jamoaviylik, qarindoshlik, muvaffaqiyat, qaror qabul qilish singari bir qator mavzuiy guruhlari har ikkala tilga xos madaniy qadriyatlar hisoblanishini, ayollarning sabr-toqatliligi, oila muqaddasligi, qo‘ni qo‘shnilar hamjihatliligi kabi faqat o‘zbek madaniyatiga xos, pulni tejash va mehnatsevarlik kabi ingliz madaniyatiga xos xususiyatlarga oid xulosalardan va tahlillardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radio eshittirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2023 yil 05-iyundagi 02-36-892-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi son komponentli frazeologik birliklarning izomorfik (o‘xshashligi), allomorfik (farq qiluvchi) va unikal (o‘ziga xos noyob) xususiyatlari borasidagi bahs-munozaralarga oydinlik kiritilgan.