Egamberdieva Shaxzoda Damirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reklama diskursining psixolingvistik xususiyatlari (ingliz, o‘zbek va rus tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4242.
Ilmiy rahbar: Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va rus tillari lingvomadaniyati materiallari asosida reklama diskursi doirasida yuzaga keladigan muloqotning psixolingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“reklama”, “reklama diskursi”, “reklama xabari”, “metaforalashgan kreollashtirilgan reklama matni (MKRM)” atamalarining ta’riflari ularni lingvistik va ekstralingvistik kontekstda qo‘llashda fonetik, leksik, grammatik, stilistik sathdagi til birliklarining lingvistik xususiyatlariga ko‘ra aniqlangan;
reklama diskursini psixolingvistik yondashuv nuqtai nazaridan baholash olamning milliy manzarasini hisobga olgan holda ongni manipulyasiya qilish vositalarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga, shuningdek tahlil qilinayotgan tillar iste’molchilarini ma’lum bir mahsulot yoki xizmatni xarid qilishga undaydigan omillar iyrarxiyasini yaratishga imkon berishi dalillangan;
reklama xabarini manipulyasiya qilishning kommunikativ strategiyalari uchta til doirasida lingvistik (asosan sodda yoki to‘liq bo‘lmagan gaplardan iborat ekspressiv sintaktik konstruksiyalar, ma’lum bir leksemalar to‘plami, grafik va fonetik og‘ishlar) hamda ekstralingvistik sathlarda (refreyming/outfreyming, modallik, ankoring (anchoring), ijtimoiy-madaniy omilning ta’siri) aniqlangan;
eksperimental ravishda turli lingvomadaniyatga mansub iste’molchilarning lisoniy ongida reklama manipulyasiyasining umumiy va o‘ziga xos tabiatini namoyon etuvchi metaforizatsiyalangan kreollashtirilgan reklama matnining (MKRM) aks etishi xususiyatlari belgilab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Reklama diskursining psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida:
“reklama”, “reklama diskursi”, “reklama xabari”, “metaforalashgan kreollashtirilgan reklama matni (MKRM)” atamalarining ta’riflari ularni lingvistik va ekstralingvistik kontekstda qo‘llashda fonetik, leksik, grammatik, stilistik sathdagi til birliklarining lingvistik xususiyatlarni hisobga olgan holda aniqlangan xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 26-yanvardagi YoA-1-06 “Professional tarjimonlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni tashkil etishga malakaviy yondashuv” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 04/11-804-son guvohnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan materiallar tarjimonlarni tayyorlash jarayonida reklama matnlarini tarjima qilish mahoratini oshirishga yordam bergan;
olamning milliy manzarasini hisobga olgan holda ongni manipulyasiya qilish vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek tahlil qilinayotgan 3 til iste’molchilarini ma’lum bir mahsulot yoki xizmatni xarid qilishga undaydigan omillar ierarxiyasini yaratishga imkon berishi dalillangan xulosalardan Erasmus+ UNICAC 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 26-yanvardagi 04/11-804-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniyatlararo muloqot bo‘yicha o‘quv dasturlarini yangilash yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar talabalarning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmasini oshirish imkonini bergan;
reklama xabarining manipulyasiya qilishning kommunikativ strategiyalari haqidagi xulosalari Erasmus+ UNICAC 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “UNiversity Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China” xalqaro loyihasiga joriy qilingan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 26-yanvardagi 04/11-804-son ma’lumotnomasi). Natijada, reklama xabarini yaratishning psixolingvistik xususiyatlari, shuningdek, reklama diskursining madaniyatlararo muloqotni shakllantirishdagi o‘rni bilan bog‘liq joriy etilgan nazariy ishlanmalar yangi avlod o‘quv materiallarini yaratishga xizmat qilgan;
turli lingvomadaniyatga mansub iste’molchilarning lisoniy ongida reklama manipulyasiyasining umumiy va o‘ziga xos tabiatini namoyon etuvchi metaforalashgan kreollashtirilgan reklama matnining (MKRM) aks etishi masalalariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi buyurtmasi asosida namoyish etiladigan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va madaniyat” radioeshittirishlari hamda “Jahon adabiyoti” teledasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasing 2024-yil 19-fevraldagi 04-36-262-son guvohnomasi). Natijada, radiotinglovchilar lingvistik ong va metaforizatsiyalangan kreollashtirilgan reklama matnining (MKRM) o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilimga ega bo‘lgan.