Maxmudov Furqat Djumaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Akademik liseylarda kvant fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4511.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand  davlat  universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tursunov Qahhor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda kvant fizikasi bo‘limini o‘qitishni raqamli texnologiyalar va pedagogik ta’lim texnologiyalar yordamida takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik liseylarda kvant fizikasi bo’limi mavzularini o’qitish mazmuni raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida ta’lim berish shakli, tamoyillari, ularni tatbiq etish holati, o’qitish metodlari, vositalari, loyihalash bosqichlari (tahlil qilish, integrativlik, kompetensiyaviylik, ijodiy) mazmunini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
akademik liseylarda kvant fizikasi bo’limi mavzularini o’qitish o’quv jarayonini innovatsion loyihalashga qaratilgan ko’rgazmali, munozarali, loyiha-grafikli va o’zini o’zi baholovchi dasturiy  ta’lim vositalari yordamida multimediali o‘quv kursning tarkibiy tuzilmasi va moduli takomillashtirilgan;
kvant fizikasi bo’limi mavzularini o’qitishda raqamli texnologiyalarning LabVIEW dasturiy vositasidan foydalanib asbob-uskunaviy, sxematik-tasvirli, elektron-qurilmali virtual laboratoriya mashg‘ulotlar majmuasi (adaptivlik, axborotlilik, integrativlik) ustuvorligi bo’yicha usul takomillashtirilgan;
kvant fizikasi bo’limi mavzularini o’qitish, sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi multimediali o’quv kursi hamda LabVIEW dasturiy vositasi yordamida ishlab chiqilgan virtual laboratoriya mashg‘ulotlaridan (darsda va darsdan tashqari) foydalanish bo’yicha olib borilgan pedagogik tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar asosida ta’limning dasturiy vositalarini yaratish va undan o’quv jarayonida foydalanish bo’yicha olingan natijalar asosida:
akademik liseylarda kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quv jarayonini innovatsion loyihalashga qaratilgan ko‘rgazmali, munozarali, loyiha-grafik va o‘zini o‘zi baholovchi dasturiy  ta’lim vositalari yordamida multimediali o‘quv kurs ishlab chiqish asosida mazmunan takomillashtirishga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining “OT-Atex-2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslar veb ilovasining dasturiy ta’minotini yaratish” (2019-2022-y.y.) mavzusidagi grant loyihasini “Multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 10-apreldagi, 935/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada akademik lisey o‘quvchilarining kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘zlashtirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik imkoniyatlarini, yanada kengayishiga xizmat qilgan;
kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘qitishda raqamli texnologiyalarning LabVIEW dasturiy vositasidan foydalanib,  asbob-uskunaviy, sxematik-tasvirli, elektron-qurilmali virtual laboratoriya ishlari majmuasi (adaptivlik, axborotlilik, integrativlik) orqali takomillashtirilgan  metodik tavsiyalar “Akademik liseylarda kvant fizikasini o‘qitish metodikasini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyul sanasidagi 314-son buyrug‘i, 314-687 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada akademik lisey o‘quvchilarida kvant fizikasi bo‘limi mavzulariga oid virtual laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘qitishni sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi multimediali o‘quv kurs hamda LabVIEW dasturiy vositasi yordamida ishlab chiqilgan virtual laboratoriya mashg‘ulotlaridan (darsda va darsdan tashqari) foydalanish bo‘yicha olib borilgan pedagogik tajriba-sinov natijalarining tahlili asosida ilmiy-metodik taklif va tavsiyalardan ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanilgan tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutining “OT-Atex-2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslar veb ilovasining dasturiy ta’minotini yaratish” (2019-2020 y.y.) mavzusidagi grant loyihasini “Ta’lim jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanish metodikasi” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 10-apreldagi, 935/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kvant fizikasi bo‘limi mavzularini raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish