Tursunov Ergashali Yandashalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda koronar stentlashni to‘satdan aritmik o‘limning ba’zi xavf omillariga ta’siri», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1890.
Ilmiy rahbar: Zakirov Nodir Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nurgiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alyavi Baxromxon Anisxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokard infarkti o‘tkazgan, chap qorincha otish fraksiyasi biroz pasaygan va saqlangan bemorlarda to‘satdan aritmik o‘limning ba’zi noinvaziv xavf omillarining dinamikasiga koronar stentlash amaliyotining ta’sirini baholash orqali revaskulyarizatsiya algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kam chiqimli noinvaziv tashxislash usuli – sutkalik xolter monitoringi yordamida anamnezida MI o‘tkazgan, chap qorincha otish fraksiyasi (ChQOF) biroz pasaygan va saqlangan bemorlarda revaskulyarizatsiyadan oldin 6 ta noinvaziv xatar omillarining tarqalish darajasi baxolash orqali to‘satdan arimik o‘lim (TAO‘) yuzaga kelish xavfi yuqori guruhda bir vaqtda 3 va undan ortiq xatar omillar mavjudligi aniqlangan;
o‘tkir miokard infarktidan 40 kundan keyingi davrda bo‘lgan, ChQOF biroz pasaygan va saqlangan (ChQOF>40%) bemorlarda 12 oylik dinamikada stentlash orqari o‘tkaziluvchi to‘liq anatomik revaskulyarizatsiya noto‘liq revaskulyarizatsiya va optimal medikament davoga nisbatan to‘satdan arimik o‘limning o‘rganilgan 6 ta noinvaziv xatar omillarni (NIXO) kamaytirishda samarali ekanligi isbotlangan;
o‘tkir miokard infarktining 40 kundan keyingi, ChQOF >40% bemorlarda infarktdan keyingi nisbatan erta davrda stentlash orqali amalga oshirilgan to‘liq anatomik revaskulyarizatsiya amaliyoti kechki davrda amalga oshirilgan revaskulyarizatsiyaga nisbatan ishemik o‘zgarishlarni erta bartaraf etish orqali to‘satdan arimik o‘lim xatar omillarini kamaytirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan;
miokard infarktining o‘tkir davridan 40 kundan keyingi, ChQOF >40% bemorlarda to‘satdan aritmik o‘limning 6 ta noinvaziv xatar omillar uchrash soni va koronar tomir shikastlanishini baholovchi SYNTAX shkalasi turli xil darajada bo‘lgan bemorlar uchun stentlash amaliyoti orqali to‘liq/noto‘liq yoki optimal medikament davo tanlovini optimallashtiruvchi algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MIning o‘tkir davridan 40 kundan keyingi davrda bo‘lgan, ChQOF biroz pasaygan va saqlangan bemorlarda noinvaziv tekshiruv usullari orqali baholanuvchi NIXOlariga to‘liq/noto‘liq stentlash amaliyotining ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor kam chiqimli noinvaziv tashxislash usuli – sutkalik xolter monitoringi yordamida anamnezida MI o‘tkazgan, chap qorincha otish fraksiyasi (ChQOF) biroz pasaygan va saqlangan bemorlarda revaskulyarizatsiyadan oldin 6 ta noinvaziv xatar omillarining tarqalish darajasi baxolash orqali to‘satdan arimik o‘lim (TAO‘) yuzaga kelish xavfi yuqori guruhda bir vaqtda 3 va undan ortiq xatar omillar mavjudligi aniqlangan. Yuqoridagi toifa bemorlarda NIXO asosida bemorlarni xatar guruhi bo‘yicha tabaqalashtirish va TAO‘ yuzaga kelishini oldini olishga individual profilaktik yondashuv turini tanlashga imkon beruvchi ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidpn 2024 yil 5 fevraldagi 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda to‘satdan aritmik o‘lim xatar omillarini kamaytirishda revaskulyarizatsiya algoritmi» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Qarshi filialida 2023 yil 9 dekabrdagi; 51 t - sonli buyrug‘i, xamda RIKIATM Andijon filialida 2023 yil 7 dekabrda 05-01/162-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Birlamchi tizimdan tortib yuqori ixtisoslashtirilgan markazlarda ishlovchi shifokorlar uchun TAO‘ noinvaziv xatar omillari xaqida bilim ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi, MI o‘tkazgan bemorlarda TAO‘ yuzaga kelish extimolligini bashoratlash sifatini oshiradi, shuningdek TAO‘ rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemor guruhlarida profilaktika va davolash samaradorligini sezilarli yaxshilanishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorlik: MI o‘tkazgan, ChQOF 40%dan yuqori bemorlarda o‘rganilgan 6 ta NIXOlar bir vaqtda kompleks baholanishi TAO‘ yuzaga kelish extimolligini bashoratlashni qo‘shimcha mablag‘larsiz yanada mukammallashtiradi, tashxislashga bo‘lgan yondashuvni soddalashtiradi va sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini shifokorlari tomonidan minimal tayyorgarlik bilan yoki hech qanday tayyorgarliksiz foydalanish mumkin, tibbiy xodimni o‘qitish zarurati bo‘lmasligi hisobiga mutaxasis uchun 1 xaftalik o‘quv kursi uchun 594000 sum iqtisod qilishga erishiladiga erishiladi. Shu bilan bir qatorda ushbu toifa bemorlarda imkon darajada erta davrlarda kompleks ExoKS, XMEKG diagnostik KAG orqali umumiy o‘lim va TAO‘ xatar omillarini baxolash kelajakda kuzatilishi mumkin bo‘lgan katta nohush xodisalarni davolashga bo‘lgan sarfni kamaytirishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir miokard infarktidan 40 kundan keyingi davrda bo‘lgan, ChQOF biroz pasaygan va saqlangan (ChQOF>40%) bemorlarda 12 oylik dinamikada stentlash orqari o‘tkaziluvchi to‘liq anatomik revaskulyarizatsiya noto‘liq revaskulyarizatsiya va optimal medikament davoga nisbatan to‘satdan arimik o‘limning o‘rganilgan 6 ta noinvaziv xatar omillarni (NIXO) kamaytirishda samarali ekanligi asoslab chiqilgan takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidpn 2024 yil 5 fevraldagi 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda to‘satdan aritmik o‘lim xatar omillarini kamaytirishda revaskulyarizatsiya algoritmi» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialida 2023 yil 9 dekabrdagi; 51 t - sonli buyrug‘i, xamda RIKIATM Andijon filialida 2023 yil 7 dekabrda 05-01/162-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Yuqoridagi toifadagi bemorlarda o‘tkazilgan to‘liq anatomik revaskulyarizatsiya amaliyoti sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘in shifokorlari uchun shoshilinch yordamga bo‘lgan yuqlamani kamaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga yurak ishemik kasalligi asorati TAO‘ yuzaga kelishini kamaytirish orqali qatta yoshli aholi orasida kutilmagan o‘limni kamaytirish va ayniqsa mexnatga layoqatli aholi qatlamini saqlab qolishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Shoshilinch holatlarga bo‘lgan extiyojning kamayishi tez tibbiy yordam brigadalariga bo‘lgan yuklamani kamaytirishga bu esa 1 bemor uchun kunlik 254000 so‘m tejalishiga, katta yoshli axoli va mexnatga layoqatli aholi qatlamida o‘limni kamaytirishga xizmat qilib, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘ tejalishi va ijtimoiy saloxiyatli kadrlarni saqlab qolish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir miokard infarktining 40 kundan keyingi, ChQOF >40% bemorlarda infarktdan keyingi nisbatan erta davrda stentlash orqali amalga oshirilgan to‘liq anatomik revaskulyarizatsiya amaliyoti kechki davrda amalga oshirilgan revaskulyarizatsiyaga nisbatan ishemik o‘zgarishlarni erta bartaraf etish orqali to‘satdan arimik o‘lim xatar omillarini kamaytirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan va ushbu takliflar RIKIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidpn 2024 yil 5 fevraldagi 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda to‘satdan aritmik o‘lim xatar omillarini kamaytirishda revaskulyarizatsiya algoritmi» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialida 2023 yil 9 dekabrdagi; 51 t - sonli buyrug‘i, xamda RIKIATM Andijon filialida 2023 yil 7 dekabrda 05-01/162-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Yuqoridagi toifa bemorlarda amalga oshirilgan differensial yondashuv orqali MIdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan katta nohush xodisalar va barvaqt o‘limni kamaytirishga imkon berib, bu orqali nogironlik ko‘rsatkichining kamayishi, mexnatga layoqatli aholi qatlamini saqlab qolishga imkon beradi. TAO‘ NIXOlarini kamaytirish orqali kasallikning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasiga sifatli yondashuv orqali, kutilmagan o‘limni kamayishiga sabab bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: MIdan keyingi nisbatan erta davrlarda amalga oshirilgan to‘liq revaskulyarizatsiya amaliyotini amalga oshirish orqali nogironlikni kamaytirish va mexnatga layoqatli aholi qatlamini saqlab qolish bilan aholi daromad ko‘rsatkichini saqlab qolishiga erishish bilan bir qatorda, MI kechki davrda amalga oshiriladigan kam foyda keltiruvchi stentlash amaliyotini oldini olish tufayli “zarur bo‘lmagan stentlash” sonini kamaytirish, sog‘liqni saqlash tizimidagi yuqori texnologik amaliyotlarga bo‘lgan maqsadsiz sarf xarajatni kamaytiradi. Bu esa bemor tomonidan 1 oylik antiagregant dori vositalari uchun sarflanadigan 144000 sumni tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: miokard infarktining o‘tkir davridan 40 kundan keyingi, ChQOF >40% bemorlarda to‘satdan aritmik o‘limning 6 ta noinvaziv xatar omillar uchrash soni va koronar tomir shikastlanishini baholovchi SYNTAX shkalasi turli xil darajada bo‘lgan bemorlar uchun stentlash amaliyoti orqali to‘liq/noto‘liq yoki optimal medikament davo tanlovini optimallashtiruvchi algoritm ishlab chiqilgan va ushbu takliflar RIKIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidpn 2024 yil 5 fevraldagi 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda to‘satdan aritmik o‘lim xatar omillarini kamaytirishda revaskulyarizatsiya algoritmi» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialida 2023 yil 9 dekabrdagi; 51 t - sonli buyrug‘i, xamda RIKIATM Andijon filialida 2023 yil 7 dekabrda 05-01/162-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: MI o‘tkazgan ChQOF 40% dan yuqori bemorlarda optimal revaskulyarizatsiya metodini tanlashga imkon beruvchi taklif etilgan algoritm davolovchi shifokor va intervension kardiolog oldiga bemorlar toifasi bo‘yicha aniq sxema taklif etadi va shu orqali bemorlarning revaskulyarizatsiya turini tanlashda ishtirok etuvchi yurak jamoasi ishini takomillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu toifa bemorlarda taklif etilgan stentlash orqali revaskulyarizatsiya turini tanlovini amalga oshirishga imkon beruvchi algoritm zarur bo‘lmagan ortiqcha stentlash amaliyotini kamaytirishga imkon beradi bu orqali 1 bemor uchun 680000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon berdi.