Safarova Lola Aliaskarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “OIV bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2617.
Ilmiy raxbar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
RJ faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: B.N.El`sin nomidagi Qirg‘iziston-Rossiya Slavyan universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlik va perinatal asoratlarni bashorat qilish asosida OIV-musbat homilador ayollarni boshqarish taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga chalingan homilador ayollarning tibbiy-ijtimoiy holati baxolangan va ularning 68% uy bekasi, 61%da qonuniy nikohda bo‘lganligi, 60,5%da bu homiladorlik rejalashtirilganligi va 81,5%da takroriy xomiladorlik ekanligi aniqlangan;
OIV bilan kasallangan homilador ayollarda akusherlik (homila tushish xavfi, gipertenziv kasalliklar, muddatdan oldingi tug‘ruq, qog‘onoq pardalarini muddatdan oldin yorilishi) va neonatal (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning vazni va bo‘yi ko‘rsatkichlarining m’yordan kamligi, markaziy va periferik asab tizimining buzilishi va nafas olish etishmovchiligi sindromi) asoratlarning yuqori darajada uchrashi aniqlangan;
OIV bilan kasallangan homilador ayollarda platsentaning morfologik, morfometrik xamda gistokimyoviy tekshirishlarida fibrinoid tuzilmalarning shakllanishi, desidual hujayralarning gidropik degeneratsiyasi, multifokal nekroz o‘choqlari, distrofik kalsifikatsiyalar mavjudligi aniqlangan va yo‘ldosh to‘qimasi tuzilmalari hajmining nazorat guruhiga nisbatan 1,4 marotabaga oshganligi isbotlangan;
OIV bilan kasallangan homilador ayollarda xavf omillarini baholovchi va perinatal asoratlar xavfi darajasini bashorat qiluvchi dasturini (sezgirligi 86,7% va o‘ziga xosligi 90%) qo‘llash orqali xomiladorlikni olib borish va kasallikni davolash chora tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga chalingan homilador ayollarning tibbiy-ijtimoiy holati baxolangan va ularning 68% uy bekasi, 61%da qonuniy nikohda bo‘lganligi, 60,5%da bu homiladorlik rejalashtirilganligi va 81,5%da takroriy xomiladorlik ekanligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 84-r1395-son bilan tasdiqlangan “OIV bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug‘ruq taktikasini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi 1-son tug‘ruq kompleksi klinik amaliyotiga 05.06.2023 yil 90-son buyrug‘i bilan, hamda Toshkent shahridagi 8-son tug‘ruq kompleksi 01.06.2023 yil 200-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV bilan kasallangan ayollar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarining hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi, uzoq muddatli statsionar va ambulatoriya sharoitida davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlik davrida OIV bilan kasallangan bemorlarni boshqarishni yaxshilash perinatal asoratlarni kamaytirishga yordam beradi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda ambulator hamda statsionar sharoitida ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Har bir bolaga o‘rtacha 760 ming so‘mlik dori vositalari sarflanadi. Bemorlarning kasalxonada bo‘lish muddati 6 kundan 4 kunga qisqartirildi, kasalxonada yotadigan kunlar soni kamaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: OIV bilan kasallangan homilador ayollarda akusherlik (homila tushish xavfi, gipertenziv kasalliklar, muddatdan oldingi tug‘ruq, qog‘onoq pardalarini muddatdan oldin yorilishi) va neonatal (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning vazni va bo‘yi ko‘rsatkichlarining m’yordan kamligi, markaziy va periferik asab tizimining buzilishi va nafas olish etishmovchiligi sindromi) asoratlarning yuqori darajada uchrashi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 84-r1395-son bilan tasdiqlangan “OIV bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug‘ruq taktikasini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi 1-son tug‘ruq kompleksi klinik amaliyotiga 05.06.2023 yil 90-son buyrug‘i bilan hamda Toshkent shahridagi 8-son tug‘ruq kompleksi 01.06.2023 yil 200-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV bilan kasallangan ayollar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarining hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi, uzoq muddatli statsionar va ambulatoriya sharoitida davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlik davrida OIV bilan kasallangan bemorlarni boshqarishni yaxshilash perinatal asoratlarni kamaytirishga yordam beradi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda ambulator hamda statsionar sharoitida ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Har bir homilador ayolga o‘rtacha 83560 ming so‘mlik dori vositalari sarflanadi. Bemorlarning kasalxonada bo‘lish muddati 6 kundan 4 kunga qisqartirildi, kasalxonada yotadigan kunlar soni kamaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: OIV bilan kasallangan homilador ayollarda platsentaning morfologik, morfometrik xamda gistokimyoviy tekshirishlarida fibrinoid tuzilmalarning shakllanishi, desidual hujayralarning gidropik degeneratsiyasi, multifokal nekroz o‘choqlari, distrofik kalsifikatsiyalar mavjudligi aniqlangan va yo‘ldosh to‘qimasi tuzilmalari hajmining nazorat guruhiga nisbatan 1,4 marotabaga oshganligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 84-r1395-son bilan tasdiqlangan “OIV bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug‘ruq taktikasini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan Mazkur taklif Toshkent shahridagi 1-son tug‘ruq kompleksi klinik amaliyotiga 05.06.2023 yil 90-son buyrug‘i bilan hamda Toshkent shahridagi 8-son tug‘ruq kompleksi 01.06.2023 yil 200-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar OIV bilan kasallangan ayollarning platsenta to‘qimalarining morfologik, morfometrik va gistokimyoviy xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi, bu feto-platsental buzilishlarni davolash tamoyillariga yanada patogenetik yondoshadi, bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayot sifatini yaxshilaydi va nogironlik holatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ruq davridagi ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashga qaratilgan xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, ularning kasalxonada qolish muddatini qisqartirishga erishilgan. Homiladorlik davrida OIV bilan kasallangan bemorlarni boshqarishni yaxshilash perinatal asoratlarni kamaytirishga yordam beradi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda ambulator hamda statsionar sharoitida ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Har bir bolaga o‘rtacha 760 ming so‘mlik dori vositalari sarflanadi. Bemorlarning kasalxonada bo‘lish muddati 6 kundan 4 kunga qisqartirildi, kasalxonada yotadigan kunlar soni kamaydi. Shifoxonada davolanish davri 2 kunga qisqartirilib, 544700 so‘m iqtisod qilingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: OIV bilan kasallangan homilador ayollarda xavf omillarini baholovchi va perinatal asoratlar xavfi darajasini bashorat qiluvchi dasturini (sezgirligi 86,7% va o‘ziga xosligi 90%) qo‘llash orqali xomiladorlikni olib borish va kasallikni davolash chora tadbirlari takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 84-r1395-son bilan tasdiqlangan “OIV bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug‘ruq taktikasini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi 1-son tug‘ruq kompleksi klinik amaliyotiga 05.06.2023 yil 90-son buyrug‘i bilan hamda Toshkent shahridagi 8-son tug‘ruq kompleksi 01.06.2023 yil 200-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar OIV bilan kasallangan homilador ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni boshqarishni yanada optimallashtirish bilan perinatal asoratlar uchun xavf omillarini erta aniqlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlik davrida OIV bilan kasallangan bemorlarni boshqarishni yaxshilash perinatal asoratlarni kamaytirishga yordam beradi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda ambulator hamda statsionar sharoitida ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Har bir bolaga o‘rtacha 760 ming so‘mlik dori vositalari sarflanadi.