Abdumajidova Hamidaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Jamiyat rivojlanishida mamlakatlar modernizatsiyalashuvining ijtimoiy-siyosiy munosabatlar faollashuviga ta’siri (Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida ijtimoiy-falsafiy tahlil), 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal415
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Isroilov Bektosh Erkinovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari modernizatsiyalashuvi, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar faollashuvining ijtimoiy-falsafiy masalalarini asoslash va ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo mamlakatlari turmush tarzini ijtimoiy-madaniy faollashuviga ta’sir ko‘rsatuvchi tolerantlik, o‘zaro hamkorlik, yaxshi qo‘shnichilik kabi siyosiy munosabatlar ustuvorligini oshirishning iqtisodiy, tashkiliy, psixologik va pedagogik omillari ilmiy  asoslangan;
Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasining madaniyat, an’ana va qadriyatlar bilan bog‘liq paradigmal xususiyati global jarayonlar ta’sirida koevolyusion kontekst asosidagi faollashuvi mantiqiy isbotlangan;
mamlakatlar modernizatsiyasi, integratsiyasi, ijtimoiy-siyosiy faolligining determinatsion va additiv  xususiyati regional va lokal, umuminsoniy va milliy manfaatlar rakursida asoslangan;
jamiyatda mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy faolligining institutsional tizimlarga ta’sir ko‘rsatishi hamda uning ontologik, aksiologik, funksional, substansional asoslari o‘zaro manfaatli hamkorlikka  tayanilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Markaziy Osiyo mamlakatlari modernizatsiyalashuvining ijtimoiy-siyosiy munosabatlar faollashuviga ta’siri mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Markaziy Osiyo mamlakatlari turmush tarzini ijtimoiy-madaniy faollashuviga ta’sir ko‘rsatuvchi tolerantlik, o‘zaro hamkorlik, yaxshi qo‘shnichilik kabi siyosiy munosabatlar ustuvorligini oshirishning iqtisodiy, tashkiliy, psixologik va pedagogik omillari ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy- amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun mo‘ljallangan, chora-tadbirlar dasturining “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” nomli V yo‘nalishida belgilangan. “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rish” mavzusidagi 24-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 7-iyuldagi 02-22/654-son ma’lumotnomasi). Bu esa ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarni amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda asosiy manba bo‘lib  xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasining madaniyat, an’ana va qadriyatlar bilan bog‘liq paradigmal xususiyati global jarayonlar ta’sirida koevolyusion kontekst asosidagi faollashuviga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 68-11/78 raqamli “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” nomli grant loyihasida belgilangan “Ta’lim sohasida o‘quvchi va talabalar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan innovatsion chora-tadbirlar bo‘yicha tahliliy tadqiqot o‘tkazish va tegishli takliflar berish” deb nomlangan 2-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023-yil 23-maydagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy modernizatsiyalashuvining jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot, xalq farovonligi borasidagi chora-tadbirlarida, ta’lim tizimida talabalarning madaniy integratsiya, yuksalish va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi amaliy ishlarda taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
mamlakatlar modernizatsiyasi, integratsiyasi, ijtimoiy-siyosiy faolligining determinatsion va additiv (qo‘shiluvchi) xususiyati regional va lokal, umuminsoniy va milliy manfaatlar rakursida asoslanganligiga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar, sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirish va natijalardan kelib chiqadigan vazifalarni tizimli amalga oshirish”ni yanada rivojlantirish maqsadiga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining 2023-yil 24-iyuldagi 02-09/34-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy fikr va mulohazalar yoshlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va yoshlarda urf-odatlar, an’analar, udumlar, marosimlar, bayramlar, milliy qadriyatlar, madaniyat, ma’naviyatni targ‘ib-tashviq qilishga e’tiborni qaratish vazifalarini aniqlashtirib olishga xizmat qilgan;
jamiyatda mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy faolligining institutsional tizimlarga ta’sir ko‘rsatishi hamda uning ontologik, aksiologik, funksional, substansional asoslari o‘zaro manfaatli hamkorlikka  tayanilishi ochib berilganligiga oid ilmiy - amaliy taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yilda efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvi hamda “Samarqand sadosi” eshittirishlarining navbatdagi soni dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 21-iyundagi 01-07/223-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari modernizatsiyasi va integratsiyasining rivojlanish dinamikasi va mexanizmlari to‘g‘risida bilimlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish