Alkarov Eldor Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda xavfsiz turizm sohasini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari”, 09.00.04- Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal74
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo’raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qobilov Rustam Rajabboevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda barqaror xavfsiz turizmni rivojlantirishning falsafiy asoslarini ochib berish va ushbu sohasidagi ijtimoiy muammolarni oldini olish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda xavfsiz turizmni rivojlantirishda mavjud infratuzilma, transport, xizmat ko‘rsatish sohasidagi salbiy muammolarni oldini olish bilan birgalikda jamiyatda ksenofobiyalarni yo‘qotish,  bag‘rikenglikni yuksaltirish, fuqarolar axloqiy xatti-harakati (yurish-turishi, fe’l-atvori, atrof-muhitga munosabati, muomala odobi)ni ijobiy tomonga o‘zgartirishning potensial imkoniyatlari ilmiy asoslangan;  
mamlakatimizda xavfsiz turizmni rivojlantirishda xalqimizga xos tolerantlik, mehmondo‘stlik, insonparvarlik, sublimatsiyaning milliy identlikka mos an’anaviylik va zamonaviylik dialektikasi raqamli madaniyatga integrallashuvi ochib berilgan;
O‘zbekistonda turizm sohasidagi xavflarni kamaytirishga qaratilgan islohotlar vandalizm, milliy-diniy bag‘rikeng aholi, turli shovqinlardan himoyalangan obekt, muomala madaniyati, yuqori kasb xodimlari faoliyatini koevolusiyasi samaradorligiga erishish bilan bog‘liqligi bevosita kuzatishlar natijasida asoslangan;  
globallashuv sharoitida mamlakat imidjini yuksaltirishning xavfsiz turizmni taminlashdagi effektlari fuqarolararo attraksiyani, shaxs emotsional-kognitiv motivlarini takomillashtirishga bog‘liq ekanligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xavfsiz turizmni rivojlantirishda mavjud infratuzilma, transport, xizmat ko‘rsatish sohasidagi salbiy muammolarni oldini olish bilan birgalikda jamiyatda ksenofobiyalarni yo‘qotish,  bag‘rikenglikni yuksaltirish, fuqarolar axloqiy xatti-harakati (yurish-turishi, fe’l-atvori, atrof-muhitga munosabati, muomala odobi)ni ijobiy tomonga o‘zgartirishning potensial imkoniyatlari ilmiy asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasi tomonidan bajarilgan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” mavzusidagi loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasining 2023-yil 22-noyabrdagi 04/9-10-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘mita tomonidan yurtimizda xavfsiz turizmni rivojlantirishga doir ishlab chiqildigan qonun loyihasini tayyorlash uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
mamlakatimizda xavfsiz turizmni rivojlantirishda xalqimizga xos tolerantlik, mehmondo‘stlik, insonparvarlik, sublimatsiyaning milliy identlikka mos an’anaviylik va zamonaviylik dialektikasi raqamli madaniyatga integrallashuvi ochib berilganligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hururidagi turizm qo‘mitasining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror turizmning rivojlanishida xavfsizlikni ta’minlash vazifalarini amalga oshirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hururidagi turizm qo‘mitasining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-12-17-1959-son ma’lumotnomasi). Natijada, xavfsiz turizmni rivojlantirish orqali fuqarolarning ongini qonunlarga mos holda yuksaltirish va turistik obektlarni borib ko‘rishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda turizm sohasidagi xavflarni kamaytirishga qaratilgan islohotlar vandalizm, milliy-diniy bag‘rikeng aholi, turli shovqinlardan himoyalangan obekt, muomala madaniyati, yuqori kasb xodimlari faoliyatini koevolusiyasi samaradorligiga erishish bilan bog‘liqligi bevosita kuzatishlar natijasida asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Samarqand viloyatining 2023-yilda amalga oshirilishi belgilangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturining “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respubilkasi Ichki Ishlar Vazirligining 2023-yil 27-noyabrdagi 34/1-6425-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning xavfsiz turizmga bo‘lgan ishonchi oshishiga, respublika bo‘ylab barcha turizm turlari bo‘yicha sayohatlarni tashkil etishga, aholining qonunlarga mos holda turizm obektlarini tomosha qilishga, yo‘llarda xavfsiz bo‘lgan ziyoratlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida mamlakat imidjini yuksaltirishning xavfsiz turizmni taminlashdagi effektlari fuqarolararo attraksiyani, shaxs emotsional-kognitiv motivlarini takomillashtirishga bog‘liq ekanligi mantiqiy isbotlanganligiga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati radiosining “Ziyokor”, “Kun mavzusi” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-noyabrdagi 01-07/371-son ma’lumotnomasi). Natijada, radio suhandonlarining xavfsiz turizm sohasiga bilimlarini oshirishga, rodio eshittirishlarining ma’naviy saviyasini falsafiy tushunshalar bilan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish