Muminova Zarifa Odilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Tafakkurning dissipativ struktura sifatidagi sinergetik tahlili, 09.00.01 - Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal464.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ortiqov To‘lanboy Ortiqovich, falsafa fanlari doktori, professor.
G‘afforova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Salimov Baxriddin Lutfulloevich falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson tafakkurini murakkab fenomen va dissipativ struktura sifatida sinergetik mohiyatini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ongli va ongsiz faoliyatning sintezi sifatida ijodkorlikning tafakkurda beqarorlik, o‘z-o‘zini tashkillashtirish va nochiziqli kreativ faoliyat uyg‘unligi korrelyasiyasi ekanligi asoslab berilgan;
tafakkur va miyaning o‘zaro munosabati, harakat impulsi va strukturasi bilan bog‘liq uechimlar sinergetikaning fluktuatsiya va attraktor tamoyillari asosida isbotlangan;
tafakkurning moddiy asosi miyaning perietal va sensorik funksiyalarining psixofiziologik hodisa sifatida bilish jarayonini yuzaga keltirishdagi evristik ahamiyati ochib berilgan;
tafakkur ijtimoiy relevantlikning asosi va kishilarning jamiyatdagi ijtimoiy ma’naviy mo‘ljallarini to‘g‘ri shakllantirishining, kishilardagi deviativ jarayonlarni koordinatsiyalash, delikventlikdan himoyalanish vazifasini bajarishi mantiqiy dalillangan;
tafakkur jarayonidagi erkinlikning kreativ tafakkurga zamin yaratish bilan bir qatorda, jamiyat mafkuraviy tizimiga konstruktiv va destruktiv ta’sir etishi sinergetikaning bifurkatsiya va fluktuatsiya tamoyillari asosida ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tafakkurga dissipativ struktura sifatida sinergetik yondashuv asosida ishlab chiqilgan takliflaridan:
ongli va ongsiz faoliyatning sintezi sifatida ijodkorlikning tafakkurda beqarorlik, o‘z-o‘zini tashkillashtirish va nochiziqli kreativ faoliyat uyg‘unligi korrelyasiyasi ekanligi asoslab berilganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2020-2022-yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 13-iyundagi 04/11-3652-son dalolatnomasi). Natijada, inson tafakkuriga sinergetik yondashuv uning mohiyatini anglash jarayoniga tizimli va nochiziqli yondashuv asosida mamlakatimizda kreativ, ijodkor, yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yosh avlodni shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
tafakkur va miyaning o‘zaro munosabati, harakat impulsi va strukturasi bilan bog‘liq muammolar sinergetikaning fluktuatsiya va attraktor tamoillari asosida isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar va amaliy tahlillardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda hamda Markaz tomonidan buuurtma asosida tauuorlangan “O'rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli ensiklopedik kitobining mazmuniga singdirilgan loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2024-yil 10-yanvardagi №02/13-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ensiklopedik kitobning ilmiy-metodologik manbaalar bazasini boyitish hamda O‘rta asr Sharq faylasuflarining sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirishga oid qarashlarini tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari orqali yoritib berishga xizmat qilgan;
tafakkurning moddiy asosi miyaning parietal va sensorik funksiyalarining psixofiziologik hodisa sifatida bilish jarayonini yuzaga keltirishdagi ahamiyati ochib berilgan ilmiy yangiligidan va ushbu doirada ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda amalga oshirilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm fan ma’rifat targ‘iboti” 15 bandi “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat kengashining 2023-yil 30-oktyabrdagi 02-22/1184-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar inson tafakkurini murakkab fenomen va dissipativ struktura sifatida sinergetik mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
tafakkur ijtimoiy relevantlikning asosi va kishilarning jamiatdagi ijtimoiy ma’naviy mo‘ljallarini to‘g‘ri shakllantirishning, kishilardagi deviativ jarayonlarni koordinatsiyalash, delikventlikdan himoyalanish vazifasini bajarishi dalillangan ilmiy yangiligidan va shu doirada ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy, harbiy vatanparvarlik tadbirlarini amalga oshirishda keng foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 8-noyabr 2023-yildagi 4-13-21-3233-sonli dalolatnomasi) Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “2019-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi yoshlarida millatlararo madaniyat, bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish” konsepsiyasi loyihasini hamda “Yoshlarda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi” loyihasini tegishli bandlari ijrosini ta’minlash va amalga oshirishda keng foydalanilgan. Natijada, mamlakatimizda kreativ, ijodkor, yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yosh avlodni qollab quvvatlash bilan bog‘liq vazifalarning bajarilishini ta’minlash borasida amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish ishlarining samaradorligi oshgan;
tafakkur jarayonidagi erkinlikning kreativ tafakkurga zamin yaratish bilan bir qatorda, jamiyat mafkuraviy tizimiga konstruktiv va destruktiv taʼsir etishi sinergetikaning bifurkatsiya va fluktuatsiya tamoyillari asosida ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, hamda amaliy takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvining 2023-yil 14-avgust kuni soat 07:00da efirga uzatilgan sonining ssenariysini hamda “Dolzarb mavzu” radioeshittirishining 2023-yil 16-avgust kuni soat 16:25da efirga uzatilgan navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 24-avgustdagi 01-07/285-son dalolatnomasi) Natijada, mamlakatimizda zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar va texnologiyalarni yaratuvchi yosh, innovativ va kreativ fikrlovchi, yangicha tafakkur tarziga ega yosh mutaxassislarni tarbiyalashga xizmat qilgan.