Jo‘lbekov Ibrohim Salimqul o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzumning kishmishbop navlarini o‘sishi va hosildorligiga o‘sishni boshqaruvchi moddalarning ta’siri”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1394.
Ilmiy rahbar: Sultonov Kamolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Xolmirzaev Dilmurod Kamilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Malikov Azim Nematovich, qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik M. Mirzaev nomli Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Uzumning kishmishbop navlarini hosildorligi va sifatini oshirishni ta’minlashga imkon beruvchi o‘sishni boshqaruvchi moddalarning qo‘llash muddatlari hamda me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor uzumning kishmishbop navlariga xosilen ekstra hamda sitogumat preparatlarni qo‘llash fenologik fazalari o‘tish muddatlariga ta’siri 32 kun hamda 29 kun farq oralig‘ida bo‘lishi aniqlangan;
uzumning kishmishbop navlariga o‘sishni boshqaruvchi xosilen ekstra preparati gullashdan oldin qo‘llanilganda changlanish miqdori 1,3 % dan 4,2 % ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
uzumning kishmishbop navlarida o‘sishni boshqaruvchi xosilen ekstra preparati 25 mg/l me’yorida va sitogumat preparati 225 mg/l me’yorida qo‘llanilganda uzum g‘ujumining mexanik tarkibi (og‘irligi) nazorat variantga nisbatan 5,6 g dan 45,6 g gacha og‘ir bo‘lishi hamda kimyoviy tarkibi, qandliligi Kishmish Sogdiana navida eng yuqori 25,2 %, kislotaliligi esa eng past 4,3 g/l bo‘lishi aniqlangan;
Kishmish cherniy, Kishmish beliy ovalniy, Kishmish Sogdiana, Kishmish rozoviy navlarida gullashdan oldin va gullashdan 10 kun keyin o‘sishni boshqaruvchi xosilen ekstra preparatini 25 mg/l me’yorida qo‘llash hamda uzum g‘ujumi o‘sish davrida sitogumat preparatini 225 mg/l me’yorida qo‘llash uzum hosildorligini 8,0 s/ga dan 24,6 s/ga gacha oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzumning kishmishbop navlarini o‘sishi hamda rivojlanishiga o‘sishni boshqaruvchi moddalarning qo‘llash usuli bilan muddatlarining uzum hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tajriba natijalari asosida:
uzumning kishmishbop navlari Kishmish cherniy, Kishmish beliy ovalniy, Kishmish Sogdiana hamda Kishmish rozoviy navining hosildorligi va sifatiga o‘sishni boshqaruvchi moddalarning ta’siri ishlanmasi Samarqand viloyati Payariq tumani “Xolboev Fayzullo uzumlari” fermer xo‘jaligida 7,2 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23-apreldagi № 05/03-04-164 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘sishni boshqaruvchi moddalarni qo‘llanganda uzumning Kishmish cherniy navidan gektariga 9,9 tonna qo‘shimcha hosil etishtirishga erishilgan, rentabellik 130,4% ni tashkil etgan;
uzumning kishmish navlari hosildorligi va sifatiga o‘sishni boshqaruvchi moddalarning ta’siri bo‘yicha ishlanmasi Samarqand viloyati Payariq tumani “Damariq nurli dalasi” fermer xo‘jaligida 4,0 ga maydonda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23-apreldagi № 05/03-04-164 son ma’lumotnomasi). Uzumning Kishmish cherniy va Kishmish beliy oval`niy navdlariga o‘sishni boshqaruvchi moddalarni qo‘llash natijasida gektaridan 2,5 tonnadan 3,7 tonnagacha qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
uzumning kishmishbop navlari hosildorligi va sifatiga o‘sishni boshqaruvchi moddalarni qo‘llashning ta’siri ishlanmasi Samarqand viloyati Payariq tumani "Norqulov Jasur Zarpullaevich tokzorlari" fermer xo‘jaligida 16,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23-apreldagi № 05/03-04-164 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida uzumning Kishmish Sogdiana, Kishmish cherniy va Kishmish Beliy navlariga o‘sishni boshqaruvchi moddalarni gullashdan keyin qo‘llanganda, an’anaviy etishtirishdan farqli 2,5 tonnadan 3,7 tonnagacha qo‘shimcha hosilni tashkil etgan.