Jadigerova Mirzagul Sarsenbaevnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuchsiz sho‘rlangan maydonlarda oqbosh karam (Brassica capitata Lizg.) nav namunalarini tanlash va etishtirish texnologiyasini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston sharoitida)”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1199.
Ilmiy rahbar: Shokirov Alisher Jo‘raboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Adilov Maxsud Mirvasitovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bo‘stonov Zokirjon Tajibaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining kuchsiz sho‘rlangan maydonlarida etishtirish uchun oqbosh karam nav namunalarini tanlash, maqbul ekish muddatlari va sxemalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Qoraqalpog‘iston Respublikasi kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida oqbosh karam nav namunalari kompleks o‘rganilib, morfologik (karamboshining zichligi, yirikligi) va qimmatli xo‘jalik belgilari (ertapisharligi, hosildorligi, sho‘rlanishga chidamliligi) bo‘yicha ijobiy baholangan;
kuchsiz sho‘rlangan maydonlarda sinalgan oqbosh karam nav namunalari ichidan “Navruz”, “Tashkentskaya 10” navlari, “Fresko F1”, “Magnus F1” duragaylari istiqbolli sifatida ajratilgan;
oqbosh karamning ertapishar “Navruz” navi uchun 10 aprel (56,2 t/ga), “Magnus F1” duragayi – 30 mart (57,5 t/ga), o‘rtapishar “Tashkentskaya 10” navi – 20 aprel (56,7 t/ga) va “Fresko F1” duragayi uchun 20 aprel (65,7 t/ga) eng maqbul ekish muddati ekanligi aniqlangan;
kuchsiz sho‘rlangan maydonlarda oqbosh karamdan yuqori tovarbop hosil etishtirish uchun ertapishar “Navruz” navini 70x30 sm sxemada (51,9 t/ga), “Magnus F1” duragayi – 60 x30 sm (58,3 t/ga), o‘rtapishar “Tashkentskaya 10” navi – 70x40 sm (54,8 t/ga) va “Fresko F1” duragayini 70x40 sm sxemada (57,5 t/ga) ekish maqbulligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining kuchsiz sho‘rlangan maydonlarda oqbosh karam nav namunalarini tanlash va etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
“Kuchsiz sho‘rlangan maydonlarda oqbosh karam etishtirish bo‘yicha agrotexnologik karta” va “Ertagi muddatda oqbosh karam nav va duragaylarini etishtirish” nomli tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi 01/01-65-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dehqon, fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalariga oqbosh karam etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kuchsiz sho‘rlangan maydonlarda etishtirish uchun oqbosh karam nav namunalarni tanlash ishlanmasi Nukus tumani “Azatbek-Elbek” fermer xo‘jaligida 0,3 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi 01/01-65-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida “Navruz” navidan 53,0 t/ga, “Tashkentskaya 10” navidan 50,0 t/ga, “Magnus F1” navidan 62,0 t/ga, “Fresko F1” 64,0 t/ga hosil olingan, nav namunalaridan olingan sof daromad 70-102 mln.so‘m, rentabellik 127-176 % ni tashkil etgan;
kuchsiz sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida oqbosh karam nav va duragaylarini ma’qbul ekish muddatlarini o‘rganish ishlanmasi Nukus tumani “ASAL” fermer xo‘jaligida 0,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi 01/01-65-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oqbosh karam navlarini maqbul ekish muddatlarida ekib etishtirilganda “Navruz” navidan 63,2 t/ga, “Tashkentskaya 10” navidan 63,0 t/ga, “Magnus F1” navidan 61,8 t/ga, “Fresko F1” 81,7 t/ga hosil olingan. Nav namunalarining rentabellik ko‘rsatkichi nazorat variantga nisbatan 48-95 % ga yuqori bo‘lgan;
kuchsiz sho‘rlangan maydonlarda oqbosh karamning nav va duragaylarini ekish sxemasini hosildorlikka ta’siri ishlanmasi Nukus tumani “ALAKO‘Z” fermer xo‘jaligida 0,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 yanvardagi 01/01-65-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oqbosh karam navlarini qulay ekish sxemalarda ekilganda hosildorlik “Navruz” navidan 68,4 t/ga, “Tashkentskaya 10” navidan 67,0 t/ga, “Magnus F1” navidan 72,2 t/ga, “Fresko F1” 77,1 t/ga rentabellik darajasi 168-180 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish