Otajonov Olmosbek Asqarali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnogen chiqindilar asosida resurs tejamkor devorbop kulbeton buyumlarning optimal tarkibi, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq qilish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2959.
Ilmiy rahbar: Sattorov Zafar Muradovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Farg‘ona politexnika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Bahodirov Azizbek Abdulazizovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Sulton Ilyasovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlik elektr stansiyasi kuli asosida tayyorlanadigan gazkulbetonning optimal tarkibini ishlab chiqish, kimyoviy qo‘shimchalar bilan modifikatsiyalash, xossalarini o‘rganish va ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sement 50%, mayinlik darajasi 0,15 mm gacha bo‘lgan kul 50% va sement massasiga nisbatan 1,2% polikarboksilat efirlari asosidagi “SDj-1” superplastifikatori qo‘shib mustahkamligi yuqori, issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan gazkulbeton tarkibi ishlab chiqilgan;
sement, kul va superplastifikator massasi bog‘liqligiga ko‘ra gazkulbetonning mustahkamlik ko‘rsatgichlari o‘zgarishini aniqlashda tarkibni optimallashtirish matematik modeli takomillashtirilgan;
“SDj-1” superplastifikatori bilan modifikatsiya qilingan gazkulbeton qorishmasining suv talabchanligi kamaytirilgan, ko‘pchish va qotish jarayonlarida mustahkam struktura shakllanishida polikarboksilat efirlarining sementning C3S, C2S, C3A va C4AF minerallariga ijobiy ta’sir qilish mexanizmi aniqlangan;
gazkulbeton ishlab chiqarishda mayinlik darajasi 0,15 mm gacha bo‘lgan faol kuldan foydalanib, qotish jarayonini polikarboksilat efirlari asosidagi “SDj-1” superplastifikatori bilan tezlashtirilgan, ishlab chiqarish samaradorligi oshirilgan energiya tajamkor sharli tegirmonsiz texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqlik elektr stansiyasi kuli asosidagi “SDj-1” superplastifikator qo‘shib modifikatsiyalangan gazkulbeton tarkiblarini loyihalash va xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“SDj-1” superplastifikatori bilan modifikatsiya qilingan tarkibli gazkulbeton ishlab chiqarish samaradorligi oshirilgan va energiya tajamkor texnologiyasi asosida tashqi to‘siq konstruksiyalar uchun gazkulbeton buyumlari ishlab chiqarish “New building-bricks” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 22-apreldagi 02/15-867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada D500, D600 va D800 markadagi gazkulbeton qorishmasining suvga talabchanligi 15-20 % kamaytirishga erishilgan.
polikarboksilat efirlarining ta’sir qilish mexanizmi asosida modifikatsiya qilingan yangi tarkibli gazkulbeton ishlab chiqarish texnologiyasi asosida ichki to‘siq konstruksiyalari uchun gazkulbeton buyumlari ishlab chiqarish “Zilha temir beton mahsulotlari” sho‘ba korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 22-apreldagi 02/15-867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada D500, D600 va D800 markadagi gazkulbeton qorishmasida mustahkamlikni saqlagan holda sement sarfi 10-15% kamaytirishga erishilgan.
yangi tarkibli, modifikatsiyalangan gazkulbeton olishda energiya tajamkor usul sifatida sharli tegirmonsiz texnologiya ishlab chiqilgan, ushbu texnologiya asosida gazkulbeton ishlab chiqarish “Zilha temir beton mahsulotlari” sho‘ba korxonasi va “New building-bricks” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 22-apreldagi 02/15-867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mayinlik darajasi 0,15 mm gacha bo‘lgan faol kuldan foydalanib D500, D600 va D800 markadagi gazkulbetonlarni kam sement sarflab olish imkonini bergan.