Kamaletdinov Shoxrux Shuxratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l transporti tezkor boshqarish tizimlarining axborot-tahliliy jarayonlarini raqamlashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T682.
Ilmiy maslahatchi: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurmuxamedov Tolaniddin Ramziddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmangulov Aleksandr Nel’evich, texnika fanlari doktori, dotsent; Muxametjanova Ayjan Vesmovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportida tashishlarni tezkor boshqarishning axborot-tahliliy jarayonlarini raqamlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qiyosiy tahlil usullari orqali tashishlarni tezkor boshqarish tizimlarini takomillashtirish uchun uzoq masofalarda ishlovchi simsiz tarmoqlarni qo‘llash doirasi asoslangan;
harakatlanuvchi tarkib va konteynerlarni avtomatik monitoring qilish tizimi asosida simsiz tarmoq texnologiyasidan foydalangan holda tashishlarni tezkor boshqarishni axborot bilan ta’minlashning ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayta ishlash imkonini beruvchi raqamlashtirilgan yondashuvi ishlab chiqilgan;
vagon modeli va yuklash arizalari ma’lumotlari bilan avtomatik ta’minlashni hisobga olgan holda smenali-sutkalik va joriy rejalashtirish jarayonlarini raqamlashtirish asosida mahalliy ishlarni boshqarish texnologiyasi bo‘sh va yuklangan vagonlar balansini bevosita monitoring qilish orqali takomillashtirilgan;
optimal tavsiflarga ega bo‘lgan tashish resursini tanlashning parallel jarayonlarini hisobga olib Petri tarmog‘i va Floyd-Uorshel algoritmi asosida yuklashni avtomatlashtirilgan tarzda rejalashtirishning imitatsion modeli HPSim simulyatori va Java daturlash tilidan foydalangan holda ishlab chiqilgan;
axborot-tahliliy jarayonlarda simsiz texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini asoslash uchun Baes tarmog‘i usulidan foydalanish orqali ma’lumotlar sifatini baholashning imitatsion modeli GeNius simulyatorida harakatlanuvchi tarkiblar haqidagi ma’lumotlarni uzatish texnologik jarayonlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishini ta’minlagan holda ishlab chiqilgan;
vagon modeli va yuk jo‘natish arizalarini o‘zaro muvofiqlashtirishning axborot-tahliliy jarayonlarni raqamlashtirish talablarini inobatga olib maksimal ishonchlilik algoritmi asosida mahalliy ishlarni rejalashtirish faktor-grafi o‘zgaruvchilari konfiguratsiyasini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transporti tezkor boshqarish tizimlarining axborot-tahliliy jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
harakatlanuvchi tarkib va konteynerlarni avtomatik nazorat qilish tizimini qo‘llash orqali tashishlarni tezkor boshqarishni axborot bilan ta’minlashning ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayta ishlash imkonini beruvchi raqamlashtirilgan yondashuvi asosidagi texnologiya “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raqamlashtirish boshqarmasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil                   1-noyabrdagi 07/3573-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada transport jarayonida harakatlanuvchi tarkib va konteynerlardan maqbul foydalanish va tashishlarni yanada samaraliroq boshqarish imkoniyati paydo bo‘lgan. Olingan natijalarni joriy etishdan kutilayotgan iqtisodiy samara yiliga 698,578 mln. so‘mni tashkil etgan;
vagonlarni yuklash va tushirishni smenali-sutkalik va joriy rejalashtirishning avtomatlashtirilgan texnologiyasini o‘z ichiga olgan vagon modeli va yuk ortish buyurtmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ta’minlashni hisobga oluvchi mahalliy ishlarni boshqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ marketing va logistika boshqarmasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 1-noyabrdagi 07/3573-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy ish rejasining sifatini yaxshilash orqali yuk tashish uchun vagonlarni yanada samarali taqsimlash, tushirish uchun vagonlarni etkazib berish va manyovr lokomotivlari ishini tashkil etish imkoniyati yaratildi. Olingan natijalarni joriy etishdan kutilayotgan iqtisodiy samara yiliga 750,193 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish