Mirzaakbarov Azizbek Avaz o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiz ixtiro patent asosida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Tolalarni chiqindilar tarkibidan ajratib oluvchi qurilmaning samaradorligini oshirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2699
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik jarayonlardan chiqadigan tolali chiqindilar tarkibidan tolalarni ajratib oluvchi qurilmaning yangi texnologiyasini ishlab chiqish orqali korxonalarda tola chiqish miqdorini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta chiqindilari tarkibidan yigirishga yaroqli tolalarni ajratib olish imkonini beruvchi arrali baraban va kolosniklardan tashkil topgan qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan (IAP №7635);
chiqindilar tarkibidan yigirishga yaroqli tolalarni ajratib olishda oraliq masofasi va qiyaligi o‘zgartirilgan pichoqlardan iborat kolosnik konstruksiyasi ishlab chiqilgan (IAP №07003);
paxta chiqindilari tarkibidan tolalarni ajratib olish jarayonida ishchi organlar va tolalarni harakati qonuniyatlarini hisobga olgan holda qurilmani arrali baraban va kolosniklarni ishchi parametrlari aniqlangan;
rejali eksperimentlar natijalariga asoslanib, arrali baraban bilan kolosniklar orasidagi masofa hamda kolosniklarning qiyalik burchaklarini optimal parametrlari  regression matematik model asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta chiqindilari tarkibidagi tolalarni ajratuvchi qurilma konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Paxta chiqindilarini tozalash qurilmasining pichoqlarini joylashish qiyaliklarini modellashtirish dasturi yaratildi (“Paxta tolasini chiqindilar tarkibidan ajratib beradigan qurilma”. Patent IAP 7635 ixtiro uchun patent. 12.03.2024-yil). Natijada tolali chiqindilar tarkibida chiqitga chiqib ketuvchi uzun tolalarni ajratib olish hisobiga olinadigan tola miqdorini oshirish imkoniyati yaratilgan;
paxta chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalarni ajratuvchi qurilma “Namangan to‘qimachi cluster” MChJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” da ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining 2024-yil 23-avgustdagi № 03/25-2246 sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash korxonasida chiqqan ulyuk chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalar miqdori 70 % dan 20 % ga kamayishi orqali korxonaning tola olish miqdori 0,8-1,2 % gacha ortib umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 036 795 828,2176 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish