Fayziev Shaxobiddin Shavkatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuchsiz romboedrik FeBO3:Mg ferromagnetikdagi modulyasiyalangan magnitli tuzilmani tadqiq qilish», 01.04.09–Magnit hodisalari fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM76.

Ilmiy rahbar: Djuraev Davron Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand  davlat  universiteti, PhD.29.08.2017. FM.02.04.

Rasmiy opponentlar: Astanov Salix Xusenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Salaxitdinova Maysara Kamolidinovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: harorat va optik yoritilganlikning FeBO3:Mg kristalli modulyasiyalangan magnit tuzilmalari parametrlari, hosil bo‘lish shartlariga ta’sirini o‘rganish hamda modulyasiyalangan magnit holatini va kuzatiladigan fazaviy o‘tishning turini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor engil tekislikli kuchsiz ferromagnetik FeBO3:Mg larda  magnitlanish jarayonida sodir bo‘ladigan orientatsiyali fazaviy o‘tish va ushbu kristallning modulyasiyalangan magnit holati strukturasi aniqlangan;

ilk bor FeBO3:Mg kristallida modulyasiyalangan va bir jinsli magnitli holat chegarasining o‘rnatilishini ko‘rsatuvchi fazaviy diagrammasi eksperimental aniqlangan;

FeBO3:Mg da modulyasiyalangan magnit tuzilmaning mavjud bo‘lish shartiga va parametrlariga yorug‘likning ta’sir darajasi, yoritilish vaqtining davomiyligi va shu usulda yoritilish vaqtidagi antiferromagnetizm vektorining yo‘nalishiga sezilarli bog‘liqligi aniqlangan;

FeBO3:Mg da modulyasiyalangan magnitli holatga o‘tishdagi aniqlangan qonuniyatlar «Magnitli mavj» nazariyasi asosida tavsiflangan va ushbu kristalldagi magnitli holatning fazoviy modulyasiyasini keltirib chiqaradigan asosiy fizikaviy sabablar aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Romboedrik ferromagnetikning domen strukturasi spontan orientatsiyali fazaviy o‘tishdagi o‘zgarishi va ikki o‘qli kuchlanishlar ta’sirida vujudga keladigan orientatsiyali fazaviy o‘tish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

FeBO3:Mg larda fazaviy o‘tishning modulyasiyalangan magnit holatga o‘tishidagi magnitooptik xossalari va domen strukturasining o‘zgarishi asosida taklif etilgan model konstruksion elementlar kuchlanish holatlarini  o‘rganishda qo‘llanilgan (Rossiya mashinasozlik institutining 2018 yil 3 maydagi 20-01-752-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi konstruksion elementlar kuchlanish holatlarini kuchlanish yo‘nalishiga bog‘liqligini aniqlash imkonini bergan;

modulyasiyalangan magnitli holat mavjud bo‘lishi chegarasini o‘rnatuvchi  N-T magnitli fazaviy diagrammasi F-2-06 raqamli «Nodir er elementli ferrit-granatlarda magnitli orientatsion o‘tishlar» (2011-2016) loyihasida model ishlab chiqishda qo‘llanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 fevraldagi 89-03-872-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish modulyasiyalangan magnitli tuzilmalar parametrlarining harorat va magnit maydonga bog‘liqligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish