Sheralieva Risolat Islomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiz ixtiro patent asosida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi “Jakkard funksional trikotaji asosida maxsus kiyim ishlab chiqarish usulini yaratish”, 05.06.04-“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4492
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
II. Tadqiqotning maqsadi: elektr ta’minoti ishchilarining mehnat sharoitlari talablariga asosan elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan jakkard funksional trikotaji to‘qima matosidan maxsus kiyimlarni tadqiq etish va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr enegriya bilan ishlovchi ishchilar uchun mo‘jallangan to‘qimachilik mahsulotlariga yuqori elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatini beruvchi polimer kompozisiyasini olish usuli yaratilgan;
ilk bor jakkard funksional trikotaj polotnosidan ergonomik loyihalash tamoyillari asosida energetika ishchilari uchun elektr o‘tkazuvchanlik va elektr maydonidan himoyalovchi xususiyatli maxsus kiyim konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
jakkard funksional trikotaj matoning uzilish kuchi, uzayishdagi uzilishi, deformatsiyalanishi va xavo utkazuvchanlik kabi fizik-mexanik hamda gigienik xossalarini ifodalovchi bogʻlanishlar ishlab chiqilgan va maxsus kiyimni tayyorlash uchun yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan eng maqbul varianti regression matematik model asosida aniqlangan;
maxsus kiyimni elektr o‘tkazuvchanlik xossasi va mazkur kiyimning asosiy konstruktiv qismlari bo‘lgan erkinlik qo‘shimchalari kabi parametrlarining ratsional ko‘rsatgichlari asoslangan va oldindan bashorat qilish imkonini beradigan “inson - kiyim – atrof muhit” tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Elektr ta’minoti ishchilari uchun elektr o‘tkazuvchanlik va elektr maydonidan himoyalovchi xususiyatli maxsus kiyimni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
taklif etilayotgan elektr ta’minoti ishchilari uchun elektr o‘tkazuvchanlik va elektr maydonidan himoyalovchi xususiyatli maxsus kiyimni yangi komplektlari va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlari paketi “O‘zto‘qimachiliksanoat” Assotsiatsiyasi tasarrufidagi tikuvchilik korxonasida, “IDEAL TEKSTIL ORZU” MChJ, (Namangan viloyati) tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 22 apreldagi 03/25-839-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr ta’minoti ishchilari uchun elektr o‘tkazuvchanlik va elektr maydonidan himoyalovchi xususiyatli maxsus kiyimni ishlab chiqish asosida mehnat unumdorligi 17% dan ortiq va hududiy elektr ta’minoti ishchilarini qulay va arzon maxsus kiyim bilan ta’minlashga imkoniyat yaratilgan.