Altibaeva Muxayyo Begimqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sirdaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanishining geografik jihatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Gr166.
Ilmiy rahbar: Safarova Nasiba Irankulovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Muhammedov Odil Lapasovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanishidagi hududiy tafovut va muammolarini aniqlash hamda hududlardagi xizmat ko‘rsatish sohalarini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish tarmoqlari hududiy rivojlanish darajasiga an’anaviy ta’sir qiluvchi omillar bilan bir qatorda siyosiy qo‘shnichilik holatining ham ahamiyati ortib borayotganligi o‘rganilib omil sifatida baholangan;
Sirdaryo viloyatning  shahar va tumanlari bo‘yicha ta’lim, kommunal, moliyaviy, savdo, transport hamda aloqa va axborotlashtirish  xizmatlari (8 ta ko‘rsatkich)ning reyting o‘rinlari o‘rtacha qiymati guruhlash asosida baholangan;
viloyatning Sirdaryo, Oqoltin hamda Sardoba tumanlari hududidan o‘tuvchi katta O‘zbek trakti avtomagistral yo‘lida xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlantirishning hududiy xususiyatlari takomillashtirilgan;
relefi tekisliklardan iborat bo‘lgan Sirdaryo viloyatning Sirdaryo, Guliston va Sayxunobod tumanlarida daryo bo‘yi ekoturizmni keng tashkil qilish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo viloyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishning geografik jihatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish tarmoqlari hududiy rivojlanish darajasiga an’anaviy ta’sir qiluvchi omillarni baholashlardan Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 20 iyundagi 08/52-1-12847-son ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari hududiy rivojlantirishdagi  ustuvor yo‘nalishlarini yanada aniqlashtirish imkonini bergan;
Sirdaryo viloyatning  shahar va tumanlari bo‘yicha ta’lim, kommunal, moliyaviy, savdo, transport hamda aloqa va axborotlashtirish  xizmatlari (8 ta ko‘rsatkich)ning reyting o‘rinlari o‘rtacha qiymatlaridan Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 20 iyundagi 08/52-1-12847-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish hamda hududiy rivojlanish holatini tartibga solish imkoniyati yaxshilangan;
viloyatning Sirdaryo, Oqoltin hamda Sardoba tumanlari hududidan o‘tuvchi katta O‘zbek trakti avtomagistral yo‘lida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining takomillashtirilgan hududiy xususiyatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliy faoliyatida foydalanishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining  2024 yil 20 iyundagi 08/52-1-12847 son ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarni takomillashtirish imkonini bergan;
relefi tekisliklardan iborat bo‘lgan Sirdaryo viloyatning Sirdaryo, Guliston va Sayxunobod tumanlarida daryo bo‘yi ekoturizmni keng tashkil qilishning aniqlangan muhim jihatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliy faoliyatida foydalanishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 20 iyundagi 08/52-1-12847-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda  ekoturizmni keng tashkil etish  bilan birgalikda turizm salohiyatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish