Nishonov Eldorjon Muzafar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bezorilik jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1192.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Abduvali Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Samandarov Qudrat Bazarbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bezorilik jinoyatini tergov qilishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bezorilik jinoyatini sodir etishda foydalanilgan qurolni sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyo deb topish, zarur hollarda ushbu masala bo‘yicha yuridik qaror qabul qilish uchun sud-kriminalistik ekspertizasi tayinlanishi mumkinligi asoslantirilgan;
bezorilik jinoyatini sodir etishda shaxsning sog‘lig‘iga amalda shikast yetkazishi  mumkin bo‘lgan boshqa narsalar turkumiga jinoyat sodir etish davomida aybdor tomonidan o‘sha maqsadlarda foydalanilgan har qanday narsalar kirishi mumkinligi asoslantirilgan;
bezorilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda hamda aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha himoyachi ishtirok etishi shartligi gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilinish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi asoslangan;
bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxsga uning jinoyat-protsessual qonunda belgilangan protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar jinoyat sodir etganligi haqida undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish mumkin emasligi asoslantirilgan;
bezorilik jinoyatini sodir etganligi uchun ushlangan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilishni taqiqlash zarurati asoslantirilgan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
bezorilik jinoyatini sodir etishda foydalanilgan qurolni sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyo deb topishda O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunida bayon etilgan tushunchalarga amal qilishlari lozimligi, zarur hollarda ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilish uchun sud-kriminalistik ekspertizasi tayinlanishi mumkinligiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 21-dekabrdagi 03-23-1058-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi bezorilik jinoyatini sodir etishda foydalanilgan sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni aniqlash, zarur hollarda sud-kriminalistik ekspertizasi tayinlash hamda dalillarni to‘plash va mustahkamlashga xizmat qilgan;   
bezorilik jinoyatini sodir etishda shaxsning sog‘lig‘iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar turkumiga aybdor tomonidan o‘sha maqsadlarda foydalanilgan har qanday narsalar kirishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-son qarorining 4-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 21-dekabrdagi 03-23-1058-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi huquqni qo‘llash amaliyotida dalillarni protsessual rasmiylashtirilish, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarga oydinlik kiritishga xizmat qilgan;
bezorilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda himoyachi ishtirok etishi shartligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil 18-fevraldagi qonuni 2-moddasining 5-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 15-dekabrdagi 04/2-10/5019-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi bezorilik jinoyati doirasida shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirishda himoyachining ishtirok etishiga, bu esa, o‘z navbatida, ishni sudga qadar yuritish bosqichida gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
bezorilik jinoyati doirasida aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha himoyachi ishtirok etishi shartligiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil 18-fevraldagi qonuni 2-moddasining 5-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 15-dekabrdagi 04/2-10/5019-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi ishni sudga qadar yuritish bosqichida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud huquqiy bo‘shliqlar va turli qarama-qarshiliklarning bartaraf etilishiga, shuningdek bezorilik jinoyati doirasida gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning ta’minlanishiga xizmat qilgan;
bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxsga uning jinoyat-protsessual qonunda belgilangan protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish mumkin emasligiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil 18-fevraldagi qonuni  2-moddasining 12-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 11-iyuldagi 3/08-118-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ishni sudga qadar yuritish bosqichida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud huquqiy bo‘shliqlar va turli qarama-qarshiliklarning bartaraf etilishiga, shuningdek bezorilik jinoyati doirasida shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
bezorilik jinoyatini sodir etganligi uchun ushlangan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilishni taqiqlanishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil 18-fevraldagi qonuni 2-moddasining 12-bandida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 11-iyuldagi 3/08-118-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi bezorilik jinoyati bo‘yicha ishni sudga qadar yuritish bosqichida protsess ishtirokchilarining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish