O‘rinova Maftuna No‘mon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek bolalar folklorining o‘rganilish bosqichlari va asosiy tamoyillari (Oxunjon Safarov ilmiy ijodi misolida)”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2670.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Mohichehra Yoqubovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Ochilov Nasim, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sayitqulov Ilhom, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O.Safarov ilmiy ijodi misolida o‘zbek bolalar folklorshunosligining shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti va asosiy tamoyillarini aniqlash hamda olim tomonidan yaratilgan meros mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek bolalar folklorini to‘plash XI asrda boshlanib, bolalar folklorshunosligining tarixiy taraqqiyoti eng qadimgi davrdan XIX asrgacha, XIX asrning oxiridan XX asrning 50-yillarigacha, XX asrning 50-yillaridan 90-yillarigacha, 1991-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrga ajratilishi aniqlangan;
G‘.Jahongirov, O.Safarov, M.Yoqubbekova, N.Qurbonova, Sh.Galiev, S.Avezov, N.Safarova, H.Ro‘zmetov, Sh.Turg‘unov, N.Adizova, J.Temirova, A.Esanov, I.Shoymardonov singari o‘zbek olimlarining bolalar folklori doirasida amalga oshirgan tadqiqotlari asosida ularda bolalar folklorshunosligining tarixiy, mifologik, antropologik, qiyosiy-tipologik, areal (regional), sotsiofolkloristik, etnofolkloristik, poetik kabi nazariy yo‘nalishlari mavjudligi isbotlangan;
Oxunjon Safarovning o‘zbek bolalar folklorining yigirmadan ortiq janrini ilmiy nomlashdagi mahorati, o‘zbek xalq bolalar o‘yinlari strukturasini uch guruhga, vazifasiga ko‘ra esa ikki guruhga ajratib tasniflashdagi yondashuvi, bolalar mavsumiy marosim folklorini bahor taronalari, yoz va kuz taronalari, qish taronalari, yalinchoqlar, hukmlagichlar, ramazon qo‘shiqlari kabi turlarga ajratish orqali soha takomiliga qo‘shgan hissasi dalillangan;
Oxunjon Safarovning areal folklorshunoslik yo‘nalishidagi to‘plovchilik faoliyati ikki guruhga ajratilib, Buxoro vohasi folklor namunalarini to‘plash va nashr etishdagi individual jihatlari ochib berilib, “Boychechak”, “Alla-yo alla”, “El suyarim, alla” kabi to‘plamlari tarkibi va badiiyati baholanib, ilmiy merosining o‘zbek folklorshunosligidagi nazariy ahamiyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bolalar folklorining o‘rganilish bosqichlari va asosiy tamoyillari (Oxunjon Safarov ilmiy ijodi misolida)” mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
bolalar folklorshunosligining taraqqiyot bosqichlari, o‘rganilish tarixi hamda o‘zbek bolalar og‘zaki poetik ijodining o‘nga yaqin nazariy yo‘nalishlari tahliliga oid ilmiy natijalaridan O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida bajarilgan OT-F1-76 “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 3-iyundagi 3/1255-1215-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha bolalar folklorining to‘rt davrga ajratilgan o‘rganilish bosqichlari, asosiy tamoyillari hamda “Boychechak”, “Alla-yo alla”, “O‘zbek xalq o‘yinlari” to‘plamlari tahlili asosida yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek bolalar folklorining O.Safarov tomonidan aniqlangan yigirma to‘rt janri hamda ularning badiiy-estetik, ijtimoiy-ma’naviy funksiyalarini yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini yoritishda A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 3-maydagi 181-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Oxunjon Safarovning o‘yin folkloriga oid etnopedagogik qarashlari, shuningdek, bolalar folkloridagi har bir janr tarkibida ifodalangan umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar va ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi o‘rni haqidagi xulosalar bilan boyitilgan;
bolalar folklorining eng qadimgi davrlardan XXI asrgacha bo‘lgan shakllanish va rivojlanish bosqichi, bolalarning o‘z ijodkorligi asosidagi chandish, guldur-gup, topishmoq, sanama kabi janrlar takomili, shuningdek, folklorshunos olim Oxunjon Safarovning o‘zbek bolalar folklori taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston tarixi telekanalining “Taqdimot” loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 11-iyundagi 06-31-728-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning bolalar folkloriga qiziqishini oshirishga, ularning bolalar folklori va folklorshunos olimlar faoliyati bilan, ayniqsa, Oxunjon Safarov ilmiy merosi bilan yaqindan tanishishiga erishilgan.