Valieva Shoira Abdivositovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oddiy maymunjon (Rubus fruticosus L)ning introduksiya qilingan navlari ko‘chatini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1202.
Ilmiy rahbar: Sultonov Kamolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Qosimov Axmadjon Abduqodirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maymunjon ko‘chatlarini yarim yog‘ochlangan qalamchalaridan ko‘paytirishni ayrim elementlarini o‘rganish hamda maymunjonni in-vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish, in-vitro sharoitida etishtirilgan ko‘chatlarini fitotron (maxsus iqlimlashtirish xonasi)da va issiqxonada iqlimlashtirish, ochiq maydonda tutuvchanligiga ekish muddatlari ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor maymunjon ko‘chatlarini yarim yog‘ochlangan qalamchalardan ko‘paytirishda substratlardan torf, perlit 3:1 nisbatdagi aralashmasi qo‘llanilganda Natchez navida 90%, Chester navida 92% qalamchalarda ildiz otishi aniqlangan;
maymunjon ko‘chatlarini yarim yog‘ochlangan qalamchalardan ko‘paytirishda Radifarm o‘sishni boshqaruvchi moddasini qo‘llash Natchez navida 94%, Chester navida 93% ni tashkil etgan, Green Belt o‘sishni boshqaruvchi moddasida esa Natchez navida 96%, Chester navi 95% ildiz otishi aniqlangan;
maymunjon o‘simligini in-vitro sharoitida Gipoxlorit natriy (NaClO) 0,1% eritmasi bilan tashqi sterillash ishlari olib borilganda 20 daqiqa davomida 77,5%, Sulema (HgCl2) 0,1% da 10 daqiqa davomida 32,5%, Diatsid (C4H6O2) 0,1% da 15 daqiqa davomida 35% natija ko‘rsatganligi isbotlangan;
in-vitro sharoitda tayyorlangan maymunjon ko‘chatlarini fitotronda iqlimlashtirish jarayonida eng maqbul harorat 21-23 0S ni, havoning nisbiy namligi 60-65% bo‘lganda maymunjon navlarida ko‘chatning tutuvchanligi 86-87% bo‘lishi isbotlangan;
in-vitro sharoitida tayyorlangan maymunjon ko‘chatlarini issiqxonada iqlimlashtirish jarayonida eng maqbul harorat 24-260S, havoning nisbiy namligi 65-70% qilib ta’minlanganda ko‘chatlarining tutib qolishi Natchez navida 94-97%, Chester navida 96-97% yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganligi isbotlangan;
maymunjonni in-vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirishda oziqa muhitlari MMT 1,0 mg/l IBA 0,01 mg/l ta’sir ettirilganda bargdagi hujayra bo‘linishlari normal holatda rivojlanishi aniqlangan;
in-vitro sharoitida tayyorlangan maymunjon ko‘chatlarini ochiq maydonga aprel oyining III-dekadasida ekilgandan 30 kun o‘tgach yashovchanlik Natchez va Chester navlarida (90%) va nazorat (87%) ga variantiga nisbatan 3% yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maymunjon (Rubus fruticosus L.) ning introduksiya qilingan navlari ko‘chatini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashgan fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari uchun “Maymunjon (Rubus fruticosus L.) ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 19 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-156-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida Maymunjon (Rubus fruticosus L) o‘simligining sifatli ko‘chatlarini etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Maymunjon ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “FUTURE-FARMERS” MChJda 0,03 gektar, “MADANIYAT YUSUF BEGZOD” fermer xo‘jaligida 0,03 gektar er maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 19 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-156-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sun’iy tuman hosil qiluvchi inshootdan 32400 dona maymunjon o‘simligini sifatli ko‘chatlari etishtirilgan.
Maymunjon ko‘chatlarini ko‘paytirish texnologiyasi Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “WORLD EKZOTIK AGRO” MChJ korxonasida 0,1 gektar er maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 19 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-156-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sun’iy tuman hosil qiluvchi inshootdan 106250 dona sifatli ko‘chatlari etishtirishga erishilgan.