Nazarova Dilnoza Eralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent shahri muzeylari: shakllanishi, rivoji va muzeylashtirish tamoyillari», 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi, 17.00.06 - Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya mavzusi Oliy attestatsiya komissiyasida B2022.1.PhD/ Tar. 70.03 raqam bilan roʻyxatga olingan.
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Hamidovna tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.02/09.07.2020.Tar.70.03. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna tarix fanlar doktori (DSc), dotsent;  Xatamova Raʼno Zafarjon qizi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahridagi muzeylar tarixini (1876-2023 y) ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Toshkent shahri muzeylarining tashkiliy faoliyati tadriji: shakllanish bosqichida:1875-1917-y.y.da 2 ta muzey «Toshkent muzeyi» va «S.P. Zaverinning Turkiston maxsulotlari namunalarining savdo  muzeyi»; rivojlanish bosqichida: 1917-1990-y.y.da 19 ta muzey: ulardan 8 tasi davlat muzeylari,10 tasi uy muzeylari, 1 ta muassasa muzeylari; takomillashuv bosqichida: 1991-2024-y.y.da muzeyshunoslikni  ikki bosqichli dastur asosida 1991-2016-y.y.da muzeylarning moddiy-texnik bazasining takomillashuvi 6 ta muzey; 2016-2024-y.y.da eksponatlarni idenfikatsiya qilinishi, Davlat muzey katalogini  (goskatalog.uz) shakillantirish 16 ta muzey faoliyati asosida ochib berilgan;
Toshkent shahridagi 5 ta muzey (V.I. Lenin markaziy muzeyining Toshkent filiali, SSSR Xalqlar do‘stligi muzeyi, Yu. Fuchuk muzeyi, Komsomol muzeyi, Osori atiqalar muzeyi) ning faoliyatini alohida davom ettirishga ehtiyoj yo‘qligi sababli tugatilganligi, ularning fondlarini 1992-yilda o‘zbek xalqi tarixiga oid mavzulashtirilgan ekspozisiyalarni qayta tashkil etish maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi fondiga qo‘shilganligi dalillangan;
Toshkent shahrida 1980 yildan tashkil etila boshlagan 14  ta uy muzeylari ixtisoslik yo‘nalishi faoliyatlari (adabiyot, san’at-raqs, rassomchilik, musiqa) bo‘yicha o‘rganishda uy muzey fond topilmalari (shaxsiy xujjatlari, qo‘lyozmalari, xat yozishmalari, fotosuratlar, xususiy kolleksiyalar, asarlar va kiyim-kechaklar) bir shaxs faoliyatini mukammal o‘rganadigan, bir-birini takrorlamaydigan artefaktlar asosida shakllantirilganligi asoslab berilgan;
O‘zbekistonda  nodavlat va xususiy muzeylarining rivojlanishi so‘nggi besh yilda yuqori bosqichga ko‘tarilganligi, mavjud beshta xususiy muzeylarning barchasi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelishi, xususiy muzeylarni ko‘proq tashkil etish maxalliy va xorijiy sayyohlar salmog‘ining ortishiga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr ikkinchi yarmidan hozirgi kunga qadar Toshkent shahri muzeylari: shakllanishi, rivoji va muzeylashtirish tamoyillari mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Toshkent shahridagi V.I. Lenin markaziy muzeyining Toshkent filiali, SSSR Xalqlar do‘stligi muzeyi, Yu. Fuchuk muzeyi, Komsomol muzeyi, Osori atiqalar muzeyining faoliyatini alohida davom ettirishga ehtiyoj yo‘qligi sababli tugatilganligi, ularning fondlarini 1992-yilda o‘zbek xalqi tarixiga oid mavzulashtirilgan ekspozisiyalarni qayta tashkil etish maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi fondiga qo‘shilganligiga oid materiallardan  O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi faoliyatini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2023-yil 27-fevral №3/1255-388-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tarixiy-madaniy yodgorliklar tarixini oʻrganishga, yosh avlodni madaniy me’rosga hurmat ruhida tarbiyalashga yordam bermoqda;  
Toshkent shahri muzeylarining tashkiliy faoliyati tadriji: shakllanish bosqichida:1875-1917-y.y.da 2 ta muzey «Toshkent muzeyi» va «S.P. Zaverinning Turkiston maxsulotlari namunalarining savdo  muzeyi»; rivojlanish bosqichida: 1917-1990-y.y.da 19 ta muzey: ulardan 8 tasi davlat muzeylari,10 tasi uy muzeylari, 1 ta muassasa muzeylari; takomillashuv bosqichida: 1991-2024-y.y.da muzeyshunoslikni  ikki bosqichli dastur asosida 1991-2016-y.y.da muzeylarning moddiy-texnik bazasining takomillashuvi 6 ta muzey; 2016-2024-y.y.da eksponatlarni idenfikatsiya qilinishi, Davlat muzey katalogini (goskatalog.uz) shakillantirish 16 ta muzey faoliyatiga oid manbalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021-yil 17-martda efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 8-fevraldagi 06-28-217-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muzeylarning vujudga kelishi, rivojlanish va tarixiy bosqichlari, shaxsiy kolleksionerlar tomonidan tashkil qilingan nodavlat muzeylar ahamiyatiga oid ma’lumotlar teletomoshabinlar tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
Toshkent shahrida 1980 yildan tashkil etila boshlagan 14 ta uy muzeylari ixtisoslik yo‘nalishi faoliyatlari (adabiyot, san’at-raqs, rassomchilik, musiqa) bo‘yicha o‘rganishda uy muzey fond topilmalari (shaxsiy xujjatlari, qo‘lyozmalari, xat yozishmalari, fotosuratlar, xususiy kolleksiyalar, asarlar va kiyim-kechaklar) bir shaxs faoliyatini mukammal o‘rganadigan, bir-birini takrorlamaydigan artefaktlar asosida shakllantirilganligiga oid  materiallardan  O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi faoliyatini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2023-yil 27-fevral №3/1255-388-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi Toshkent shahridagi uy muzeylarini o‘rganishga, muzey tashrifchilarini tariximizga qiziqishini ortishiga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda nodavlat va xususiy muzeylarining rivojlanishi so‘nggi besh yilda yuqori bosqichga ko‘tarilganligi, mavjud beshta xususiy muzeylarning barchasi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelishi, xususiy muzeylarni ko‘proq tashkil etish maxalliy va xorijiy sayyohlar salmog‘ining ortishiga olib kelganligi to‘grisidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining 2023-yil 8-fevraldagi 27-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi, taqdim etilgan arxiv hujjatlari va foto nusxalar orqali muzey fondini boyitish imkoniga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish