Shermuxamedova Shirin Amonullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pensiya tizimini isloh qilishning jahon tajribasi va O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt992.
Ilmiy rahbar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rajabov Sherzod Umurzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimidagi mavjud muammolarni aniqlash hamda xorij tajribasi asosida isloh etishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka muvofiqlashtirish maqsadida davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan turli hujjatlarni talab qilishni bekor qilish va shu orqali ish samaradorligini oshirish taklif etilgan;
Pensiya jamg‘armasi moliyaviy barqarorligini oshirish va faoliyatining samaradorligini ta’minlashning rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadining 20 foizini jamg‘arma xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish asoslangan;
pensiya va nafaqalarni mahalla va fuqarolar yig'ini binosi yoki fuqaroning yashash manziliga etkazib berish shartlaridan kelib chiqib, bank hizmat haqini pensiya va nafaqalar to‘lanadigan (etkazib beriladigan) summaning 1 foizi miqdorida qoplab berilishi asoslangan;
pensiya tizimining istiqbol ko‘rsatkichlarini prognozlashtirishning BMT, Jahon banki hamda boshqa xalqaro tashkilotlar metodlariga asoslangan holda pensiya jamg‘armasi xarajatlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlili asosida pensiya jamg‘armasi xarajatlarining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pensiya tizimini isloh qilishning xorij tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan pensiya va nafaqalarni mahalla va fuqarolar yig‘ini binosi yoki fuqaroning yashash manziliga etkazib berish shartlaridan kelib chiqib, xizmat haqi pensiya va nafaqalar to‘lanadigan (etkazib beriladigan) summaning 1 foizi miqdorida bo‘lishini hisobga olib, pensiya va nafaqalarni etkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar pensiya jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan to‘lab berilishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102-son “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni etkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining 2022 yil 12 dekabrdagi №01/30-01-01-32/717-son ma’lumotnomasi). Natijada pensiya va nafaqa oluvchilarni ortiqcha xarajatlardan ozod qilish uchun 2022 yil respublika byudjeti va pensiya jamg‘armasidan 550 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan;
jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning bir qismini pensiya jamg‘armasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102-son “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni etkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining 2022 yil 12 dekabrdagi №01/30-01-01-32/717-son ma’lumotnomasi). Natijada vaqtincha bo‘sh mablag‘larni bir yildan kam muddatga bank depozitlariga yo‘naltirilishi orqali 2023 yilda 41,9 milliard so‘m mablag‘ shakllantirildi. Shundan, 8,38 milliard so‘mi (20 foiz) pensiya jamg‘armasini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilgan hamda mazkur tushumning 60 foizi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltirilgan;
davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan turli hujjatlarni talab qilishni bekor qilish orqali davlat pensiyalarini tayinlashda ish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102-son “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni etkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining 2022 yil 12 dekabrdagi №01/30-01-01-32/717-son ma’lumotnomasi). Natijada pensiyaga chiqadigan fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklariga chek qo‘yildi hamda pensiya hisoblash uchun sarflanadigan 1,2 milliard so‘m tejashga erishildi.
davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish orqali fuqarolarning ortiqcha xarajatlarini keskin qisqartirish asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102-son “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni etkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining 2022 yil 12 dekabrdagi №01/30-01-01-32/717-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan va pensiya jamg‘armasi xarajatlarida kutilmagan xarajatlarning oldini olish imkoniyati yaratilgan.