Mirzaev Dilshod Artikovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini statistik tadqiqi (Sirdaryo viloyati misolida) 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2168
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Imomnazar Qalandarovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xo‘jaqulov Xayitmurod Djavlievich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqiarish jarayonlarini statistik tadqiq etish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy-tuzilmaviy o‘zgarishlarni baholashda, ularga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, agrar sektorning natijaviy ko‘rsatkichlari (yalpi hosil, hosildorlik, mahsuldorlik va boshqalar) statistik usullarda baholangan;
dehqon va fermer xo‘jaliklarida qishloq ho‘jaligi mahsulotlari etishtirish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, indeks usuli yordamida baholangan;
agrar sektorning rivojlanish jarayonlarini yaxlit bir tizimda baholash maqsadida Sirdaryo viloyati tumanlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar va shart-sharoitlar hisobga olinib, hududlardagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar (agregat, moliyaviy va yig‘ma)ni baholash bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
Sirdaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi tarmog‘i asosiy rivojlanish tendensiyalaridagi natijaviy ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli ekonometrik tahlili asosida 2023-2027 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Hududlarda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini iqtisodiy-statistik tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy-tuzilmaviy o‘zgarishlarni baholashda, ularga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, agrar sektorning natijaviy ko‘rsatkichlari (yalpi hosil, hosildorlik, mahsuldorlik va boshqalar)ni statistik usullarda baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023- yil 7- dekabrdagi 02/05/6282-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatkichlar tizimi tarmoqni rivojlanish ko‘rsatkichlarining istiqboldagi barqaror holatini ta’minlashda o‘tkaziladigan statistik tahlillarni samaradorlik darajasini yanada oshirishga zamin yaratadi. Natijada, tarmoqda faoliyat yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini tadqiq etish orqali olingan natijalardan foydalanish hisobiga ularning faoliyati samaradorligi ortishi asoslab berilgan;
dehqon va fermer xo‘jaliklarida qishloq ho‘jaligi mahsulotlari etishtirish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, indeks usuli yordamida baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023- yil 7- dekabrdagi 02/05/6282-sonli ma’lumotnomasi). Bunda, qishloq xo‘jaligi faoliyati samaradorligini statistik baholashda integral, xususiy va natural ko‘rsatkichlardan bir vaqtning o‘zida baravar foydalanish orqali optimal aniqlikdagi ko‘rsatkichlarni shakllantirish imkoniyati ortadi. Pirovardida, tarmoq faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan statistik tahlillarda foydalanilishi hisobiga olingan natijalarning ob’ektivlik darajasi yanada ortgan. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi”ni amalga oshirishga hamda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilish holati to‘g‘risidagi statistik axborotlarning ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash hamda statistik tahlillarning zamonaviy usullaridan foydalanish darajalarini kengaytirish imkonini bergan;
agrar sektorning rivojlanish jarayonlarini yaxlit bir tizimda baholash maqsadida Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar va shart-sharoitlar hisobga olinib, hududlardagi qishloq mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023- yil 7- dekabrdagi 02/05/6282-sonli ma’lumotnomasi). Bunda, ko‘rsatkichlar va indikatorlarni kengaytirish borasida zaruriy statistik axborotlarni shakllantirish va ulardan keng foydalanish, ushbu axborotlar yordamida turli statistik usullardan foydalangan holda o‘tkazilgan tahlillardan olingan natijalardan tarmoqning barqaror taraqqiy etishida asosiy dastak yaratilgan;
Sirdaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi tarmog‘i asosiy rivojlanish tendensiyalaridagi natijaviy ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli ekonometrik tahlili asosida 2023-2027 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi 2023 yil 10-noyabrdagi 01/03-2305-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlardan foydalanib, hududning iqtisodiy rivojlanishida va aholi farovonligini oshirishda tarmoqni barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillarni rivojlantirish ko‘rsatkichlari asoslab berilgan. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son Farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligi sub’ektlarining rivojlanish darajasi, ularning asosiy tendensiyalaridagi tarkibiy o‘zgarishlarni kompleks statistik baholash imkoniyatlarini oshirgan.