Pakirdinov Alisher Sayfitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroduodenal yaralarni uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida klinik-epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasiga innovatsion yondashuvlar”, 14.00.43 –Profilaktik tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2194.
Ilmiy rahbar: Madazimov Madaminjon Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, 04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Musashayxov Xusan Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupova Shaxnoza Kodirjanovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida gastroduodenal yaralarning klinik-epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish va profilaktikasining takomillashtirilgan innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq umr ko‘ruvchi aholida gastroduodenal yaralarning tarqalishining real chastotalari Farg‘ona vodiysi sharoitida endemik gerontologik klinik gastroduodenal yaralarning xususiyatlari, asoratlarining epidemiologik rivojlanishida gepatoz, duodenit va yurakning tomir kasalliklari omillarning hissasi aniqlangan;
gastroduodenal yaralarning hududiy jihatlari “kashf qilingan” va ularning patogenetik ul`serogen ta’sirlarini to‘liq bartaraf etib, yumshatib turuvchi tizim hamda klinik kechishini o‘ziga xos komorbidlikning roli aniqlangan;
ilk bor uzoq umr ko‘ruvchi aholida gastroduodenal yaralarning komorbid kechish klinik xususiyatlarini va xavf omillarining gastroduodenal yaralarga bog‘liqlik darajalarining hududiy jihatlari isbotlangan;
gastroduodenal yaralarning uzoq umr ko‘ruvchi populyasiyada ul`seropreventiv profilaktik innovatsion texnologiyalar tizimi tubdan bosqichma bosqich xronobiologiyasi, bashoratlash va profilaktikasining matematik modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gastroduodenal yaralarni uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida klinik – epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasiga innovatsion yondashuvlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: uzoq umr ko‘ruvchi aholida gastroduodenal yaralarni tarqalishining real chastotalari Farg‘ona vodiysi sharoitida endemik gerontologik xususiyatlari, asoratlarining epidemiologik mexanizmlarini aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan 2024 yil 29 fevraldagi №6I-24/u-sonli xati bilan rasmiylashtirilgan «Gastroduodenal yaralarni uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida klinik – epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasiga innovatsion yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha 07.03.2024 yildagi 50- sonli buyrug‘i, RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha 14.03.2024 yildagi 61 s/t sonli buyrug‘i va RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha 26.03.2024 yildagi 41 sonli buyrug‘i bo‘yicha tegishli bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 02/12 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida gastroduodenal yaralarning klinik-epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasi to‘g‘risidagi fikrlar, xulosalar, nazariy hamda amaliy tasavvurlarni kengaytirgan. Gastroduodenal yaralarning uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida zamonaviy-skriningli klinik xususiyatlarini aniqlash va profilaktikasini innovatsion usullarini yaratib berishning optimal usuli bo‘lib epidemiologik tadqiqotlarda tasdiqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha uzoq umr ko‘ruvchi aholi orasida GDYa kasalligining komponentlarini profilaktika qilish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tibbiy-ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilganda 6500000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik gastroduodenal yaralarning hududiy jihatlari “kashf qilingan” va ularning patogenetik ul`serogen ta’sirlarini to‘liq bartaraf etib, yumshatib turuvchi tizim hamda klinik kechishini o‘ziga xos komorbidlikning roli aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan 2024 yil 29 fevraldagi №6I-24/u-sonli xati bilan rasmiylashtirilgan «Gastroduodenal yaralarni uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida klinik – epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasiga innovatsion yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha 07.03.2024 yildagi 50- sonli buyrug‘i, RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha 14.03.2024 yildagi 61 s/t sonli buyrug‘i va RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha 26.03.2024 yildagi 41 sonli buyrug‘i bo‘yicha tegishli bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 02/12 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gastroduodenal yaralar va ularning asoratlarini monitoring qilib borish, o‘rganish va baholashni uzoq umr ko‘ruvchilarda epidemiologik tizimi bevosita faoliyatga tavsiya etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha uzoq umr ko‘ruvchi aholi orasida GDYa kasalligining komponentlarini profilaktika qilish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tibbiy-ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilganda 6500000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor uzoq umr ko‘ruvchi aholida gastroduodenal yaralarning komorbid kechish klinik xususiyatlarini va xavf omillarining gastroduodenal yaralarga bog‘liqlik darajalarining hududiy jihatlari isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan 2024 yil 29 fevraldagi №6I-24/u-sonli xati bilan rasmiylashtirilgan «Gastroduodenal yaralarni uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida klinik – epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasiga innovatsion yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha 07.03.2024 yildagi 50- sonli buyrug‘i, RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha 14.03.2024 yildagi 61 s/t sonli buyrug‘i va RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha 26.03.2024 yildagi 41 sonli buyrug‘i bo‘yicha tegishli bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 02/12 son xulosasi). Ijtimoiy amaradorligi: uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida gastroduodenal yaralarning xavf omillarini erta aniqlash va bartaraf etib borishning skrining usuli ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha uzoq umr ko‘ruvchi aholi orasida GDYa kasalligining komponentlarini profilaktika qilish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tibbiy-ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilganda 6500000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gastroduodenal yaralarning uzoq umr ko‘ruvchi populyasiyada ul`seropreventiv profilaktik innovatsion texnologiyalar tizimi tubdan bosqichma bosqich xronobiologiyasi, bashoratlash va profilaktikasining matematik modeli takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan 2024 yil 29 fevraldagi №6I-24/u-sonli xati bilan rasmiylashtirilgan «Gastroduodenal yaralarni uzoq umr ko‘ruvchilar populyasiyasida klinik – epidemiologik xususiyatlari va profilaktikasiga innovatsion yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha 07.03.2024 yildagi 50- sonli buyrug‘i, RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha 14.03.2024 yildagi 61 s/t sonli buyrug‘i va RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha 26.03.2024 yildagi 41 sonli buyrug‘i bo‘yicha tegishli bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 02/12 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ko‘plab xavf omillari orasidan gastroduodenal yaralar va ularning asoratlanishlarida yetakchilik qiluvchilarining hissalari bo‘yicha ajratib berilgan bo‘lib, ularni hisobga olish profilaktik tadbirlarni keskin engillashtirishi, qulaylik yaratishi, bemorlar reabilitatsiya vaqti qisqarishi va mehnat faoliyatini yaxshilashga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usulubiy tavsiyanoma bo‘yicha uzoq umr ko‘ruvchi aholi orasida GDYa kasalligining komponentlarini profilaktika qilish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tibbiy-ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilganda 6500000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.