Siddiqova Shaxnoza Axmedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xalqaro baholash dasturlariga muvofiq bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarida tabiiy-ilmiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped2119.
Ilmiy rahbar: Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshmuratov Roxat Artikbaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro  baholash  dasturlariga muvofiq bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarida tabiiy-ilmiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PISA (tabiiy fanlar, ijodiy faoliyat) xalqaro baholash dasturlari natijalarini tahlil qilish asosida uzlyuksiz ta’lim tizimida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan va mavjud xalqaro baholash tadqiqotlarida savodxonlikni shakllantirishning uslubiy mazmuni takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining o‘quv va kognitiv faoliyatida tabiiy-ilmiy savodxonligi ko‘nikmalarini funksional rivojlantirish uchun tizimli baholash dasturlari metodologiyasini takomillashtirish vositalari (darslik, darslik va kontekstli vazifalar tizimi) ishlab chiqilgan;
maktab o‘quvchilari tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirishning didaktik mazmunini takomillashtirish mexanizmi integral yondashuv asosida ishlab chiqilgan hamda bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining ilmiy va amaliy kompetensiyasi mezonlariga ustivorlik berish asosda tabiiy-ilmiy kompetensiyasini shakllantirish modeli ishlab chiqilgan;
“Biologiya o‘qitish metodikasi” fanidan bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan PISA topshiriqlarining kontekstlari kiritilgan hamda tabiiy-ilmiy kompetensiyasini shakllantirishga asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro baholash dasturlariga muvofiq bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarida tabiiy-ilmiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
PISA (tabiiy fanlar, ijodiy faoliyat) xalqaro baholash dasturlari natijalarini tahlil qilish asosida uzlyuksiz ta’lim tizimida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti ishlab chiqildi va mavjud xalqaro baholash tadqiqotlarida savodxonlikni shakllantirishning uslubiy mazmuni “Biologiyani o‘qitishda PISA tizimining ilmiy va uslubiy asoslari (biologiya metodologiyasini  o‘qitish misolida)” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 27-martdagi 11-05-1374/04-son dalolatnomasi). Natijada,  bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti mazmunan takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining o‘quv va kognitiv faoliyatida tabiiy-ilmiy savodxonligi ko‘nikmalarini funksional rivojlantirish uchun tizimli baholash dasturlari metodologiyasini takomillashtirish vositalari (darslik, darslik va kontekstli vazifalar tizimi) “Biologiyani o‘qitish metodikasi bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 27-martdagi  11-05-1374/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining o‘quv va kognitiv faoliyati jarayonida tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyati ta’minlangan;
maktab o‘quvchilari tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirishning didaktik mazmunini takomillashtirish mexanizmi integral yondashuvga muvofiq PISA kontekstlari va elektron o‘quv qo‘llanmalari to‘plami va 5-9-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha topshiriqlar “Biologiyani o‘qitishda PISA tizimining ilmiy va uslubiy asoslari (biologiya metodologiyasini  o‘qitish misolida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 27-martdagi 11-05-1374/04-son dalolatnomasi). Natijada, maktab o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini aniqlashning uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining ilmiy va amaliy kompetensiyasi mezonlariga  ustivorlik berish asosda tabiiy-ilmiy kompetensiyasini shakllantirish modeli, “Biologiya o‘qitish metodikasi” fanidan bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan PISA topshiriqlarining kontekstlari hamda tabiiy-ilmiy kompetensiyasini shakllantirishga asoslangan takliflar va tavsiyalar “Biologiyani o‘qitish metodikasi bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 27-martdagi 11-05-1374/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining tabiiy-ilmiy kompetensiyasini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish