Beknaev Ulug‘bek Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘in sigirlar sut mahsuldorligiga qashqarbedadan turli xil usulda tayyorlangan ozuqalar ta’sirini o‘rganish”, 06.02.03– Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1226
Ilmiy rahbar: Shukurov Xushvaqt Mamasalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari  doktori; Ruziev Raxmonqul Istamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘in sigirlar ratsionida qashqarbedani boshoqli ekinlar bilan aralashma holda tayyorlangan ozuqalarni qo‘shish orqali sigirlarning sut mahsuldorligiga ta’sirini o‘rganish hamda ularning sut berishida kechadigan moddalar almashinuvi buzilishlarining oldini olish, sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
ilk bor qashqarbedaning “Qibray” navini, suli “O‘zbekiston keng bargli” tritikale “Kumushsimon prag”, javdar “shalola” navlari bilan aralash holda etishtirib tayyorlangan ozuqalarni simmental zotli sigirlar sut mahsuldorligini 3 % ga oshirganligi aniqlangan;
qashqarbedani boshoqli ekinlar bilan aralash holda etishtirish va sog‘in sigirlar ratsionida qo‘llashning xususiyatlari, uning mahsuldorligi va sigirlar sutining sifat ko‘rsatgichlariga ta’siri boshqalarga qaraganda  yuqori ekanligi aniqlangan;
taklif etilayotgan texnologiyalarning sog‘in sigirlar sutining kimyoviy tarkibi va uning mahsuldorligi ta’siri, o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
qashqarbedadan tayyorlangan ozuqalarni sog‘in sigirlar ratsiyonida qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi 37.3 % bolganligi  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sog‘in sigirlar sut mahsuldorligiga qashqarbedadan turli xil usulda tayyorlangan ozuqalar ta’sirini o‘rganish, takomillashtirish va ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Sirdaryo viloyati Mizaobod tumani Sardoba Temiryo‘l agrosanoat majmuasi MChJ da, Samarqand viloyati Pasdorg‘om tumani “Nursulton ChNK” fermer xo‘jaligida, Qashqadaryo viloyati Koson tumani “ALFA PROGRESS ChORVAChILIK” fermer xo‘jaliklarida Sog‘in sigirlar sut mahsuldorligiga qashqarbedadan turli xil usulda tayyorlangan ozuqalarni sog‘in sigirlar ratsioniga qo‘shib berish orqali sigirlarning sut mahsuldorligini oshirishga erishilgan va amaliyotga keng joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024–yil 12–iyuldagi №02/23–403 son ma’lumotnomasi). Natijadat adqiqotlarni amalga oshirish davomida tajriba guruhidagi sog‘in sigirlarining ratsioniga Qashqarbedadan turli usulda tayyorlangan ozuqalar qo‘shib berish natijasida sigirlarning sut mahsuldorligi nazorat guruxidagi sigirlarga nisbatan ko‘proq sut sohib olingan;
olib borilgan tadqiqotlar natijasida sog‘in sigirlarining ratsioniga Qashqarbedadan turli usulda tayyorlangan ozuqalarni qo‘shib berish sigirlarning sut mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati sog‘in sigirlarining ratsioniga Qashqarbedadan turli usulda tayyorlangan ozuqalar qo‘shib berish orqali kunlik sut mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etishi bo‘yicha olingan ma’lumotlar bilan izohlanagan. O‘tkazilgan tajribalardan olingan natijalar asosida Ishning iqtisodiy samaradorligi har bir bosh sigirdan olingan sof foyda 244,3 ming so‘mga barobar bo‘lgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024–yil 12–iyuldagi №02/23–403 son Ma’lumotnomasi). Joriy qilingan ish natijalari asosida olingan solishtirma iqtisodiy samaradorlik 37.3% rentabillikga oshishiga imkoniyatiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish