Cattarova Gulnora Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilk o‘spirinlar irodaviy sifatlarining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi34.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc27.06.2017.Psi.01.07.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar:Xadjieva Maksuda Cultanovna, falsafa fanlari doktori; Jalilova Saboxat Mirxalilovna,psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilk o‘spirinlarning irodaviy sifatlarini psixodiagnostika qilish, psixokorreksiyalash jarayonini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk o‘spirinlar irodaviy sifatlari darajasiga ko‘ra ularning yetakchi, boshqariluvchi va sust xulq-atvorli tiplari aniqlangan;
ilk o‘spirinlar motivatsiyasi, asab tizimi kuchi, shaxslilik xususiyatlari irodaviy sifatlarining (mas’uliyatlilik, sabr-toqatlililik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik) rivojlanishiga, “tobelik” va “o‘zini o‘zi nazoratlashning pasayganlik” sindromlari irodaviy sifatlarining susayishidagi ta’siri dalillangan;
mas’uliyatlilik ilk o‘spirinlarda yetakchi irodaviy sifat ekanligi hamda uning boshqa irodaviy sifatlar (tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, g‘ayratlilik) bilan o‘zaro munosabatlari ierarxiyasi aniqlangan;
ilk o‘spirinlar irodaviy sifatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan “Irodaviy sifatlarini psixokorreksiyalash” nomli psixotrening dasturi yaratilgan hamda irodaviy sifatlarni konstruktiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilk o‘spirinlarning irodaviy sifatlarini psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iroda ilk o‘spirinlarning xulq-atvorini tartibga soluvchi psixologik ichki imkoniyati ekanligi, ular xulq-atvorida irodaviy sifatlarni namoyon bo‘lish darajasining yetakchi, boshqariluvchi, sust tiplarini izohlovchi ilmiy natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida joriy qilingan (RBIMMning 2018 yil 11 iyuldagi 06/336-son, O‘zbekiston Respublikasi O‘MKHT markazining 2016 yil 30 dekabrdagi 3X-03/08-S-11/98-/A-son ma’lumotnomalar). Bu esa RBIMMdagi bolalarning faolsizligi, sustligi bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularning ruhiy emotsional-irodaviy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, kundalik turmush va ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish ishlarida samarali natijalarga erishish imkonini bergan. O‘MKHT muassalari amaliy psixologlarining o‘quvchilar xulqidagi irodaviy nomutanosiblikni psixokorreksiya qilish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
ilk o‘spirinlar motivatsiyasi, asab tizimi kuchi, shaxslilik xususiyatlari irodaviy sifatlarining (mas’uliyatlilik, sabr-toqatlililik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik) rivojlanishiga, “tobelik” va “o‘zini o‘zi nazoratlashning pasayganlik” sindromlari irodaviy sifatlarining susayishidagi ta’siri aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatiga joriy qilingan (RBIMMning 2018 yil 11 iyuldagi 06/336-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar amaliyotchi psixologlarning bolalarda ruhiy asab barqarorligi, muvozanatlashganlik ularning irodaviy sifatlarini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida bilishlarini kengaytirgan;
mas’uliyatlilik ilk o‘spirinlarda yetakchi irodaviy sifat ekanligi hamda uning boshqa irodaviy sifatlar (tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, g‘ayratlilik) bilan o‘zaro munosabatlari ierarxiyasi aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) faoliyatida tatbiq qilingan (RBIMMning 2018 yil 11 iyuldagi 06/336-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar bolalarning mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik sifatlarini rivojlantirishda samarali natijalarga erishilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
ilk o‘spirinlarning irodaviy sifatlarini psixokorreksiya qilish maqsadida ishlab chiqilgan trening dasturi hamda irodaviy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha taqdim etilgan tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) faoliyatida (RBIMM 2018 yil 11 iyuldagi 06/336-son ma’lumotnomasi) shuningdek, Qarshi davlat universiteti psixologiya yo‘nalishi talabalarini amaliyotga tayyorlash borasidagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 6 oktyabrdagi 89-03-2243-son ma’lumotnomasi). Bu esa RBIMM va oliy ta’lim muassasalari amaliyotchi psixologlari faoliyatining metodik bazasi ta’minotini yaxshilashga yordam bergan.