Baxriddinov Fayoziddin Baxriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida shvis zotli sigirlarning seleksiya va mahsuldorlik sifatlarini oshirishning ilmiy asoslari hamda amaliy usullari”, 06.02.03– Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Qx317
Ilmiy maslahatchi: Mavlanov Sabirjan Ibadullaevich, Veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Sole Raxmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari  doktori, professor; Shaptakov Erkin Suyunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shvis zotli qoramollarning seleksiya va mahsuldorlik sifatlarini oshirishning ilmiy asoslari hamda amaliy usullaridan foydalangan holda mahalliy va chetdan keltirilgan sigirlar avlodining sut mahsuldorligini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamiz sharoitida shvis zotli turli seleksiyaga mansub nasldor buqalardan etishtirilgan sigirlarning eksterer (gavdaning qiya uzunligi, ko‘krak aylanasi, eni va chuqurligi, yag‘rin va sag‘rin balandligi, pocha aylanasi, orqa do‘ng suyak eni) ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan hamda sut tipiga xosligi, oziqaning sut bilan qoplash xususiyatlari (bir kg oziqaga olingan sut miqdori) o‘zgaruvchan iqlimga va mahalliy sharoitga moslashuvchanligi aniqlangan;
 shvis zotli sigirlar elinining kosasimon va dumaloq shakliga nisbatan tossimon shakldagi elinning hajmi uzun va kengligi, sut bezlarining fiziologik jihatdan yaxshi rivojlanganligi sababli laktasiyadagi sut mahsuldorligi tengdoshlariga nisbatan o‘rtacha 474 kg ga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
turli seleksiyadagi shvis zotli sigirlarning mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirishda sigirlarning sut mahsuldorligi ishlab chiqarish tipiga bog‘liqligi ya’ni sut tipiga mansub sigirlarda sut miqdori 4227,4 kg ni tashkil etib, sut-go‘sht tipiga nisbatan 424,8 kg, go‘sht-sut tipiga nisbatan 926,2 kg ga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
shvist zotli ytakchi oilalar sigirlari yaxshi darajada xo‘jaliklarning foydalanish davomiyligiga ega bo‘ldilar. Masalan, VI laktasiyada 6324 kg sut mahsuldorligiga ega bo‘ldilar va ayrim sigirlar 8 laktasiya davomida har yili bir boshdan buzoq berib borish xususiyatini saqlab qoldilar. Bu esa ular yaxshi pushtdorlik xususiyatlariga ega bo‘lganligi isbotlangan va eng yuqori sut mahsuldorligi bilan oilalar avlodlari ajralib turadi. Shvis zotli yuqori mahsuldorlika ega sigirlarning o‘rtacha sut miqdori oila asoschisinikidan 1591 kg (34,8%), sut tarkibidagi yog‘ 0,17%, tirik vazni 62 kg (12,6%), sigirlarda sut miqdori oila asoschisinikidan 680 kg (13,2%), yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
shvis zotli sigirlarning sut mahsuldorligi bo‘yicha yuqori sifat ko‘rsatkichlariga va irsiy salohiyatga ega sermahsul sigirlar 3,95-3,98% yog‘lilikda 5260,9-6801,9 kg sut mahsuldorligiga ega seleksiya guruhi yaratildi va joriy etildi. Bu guruhdagi sigirlarning sut miqdori shvis zotining andoza talablaridan 2760,9-3601,8 kg (86,3%-2,12 barobar), sut yog‘i chiqimi 117,0-152,3 kg (98,8%-2,29 barobar) yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shvis zotli qoramollarning mahsuldorlik xususiyatlarini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar asosida:
Asaka tumanidagi “Turg‘unboy Shokirov" naslchilik fermer ho‘jaligida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 02/23-2087-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotlarda turli kelib chiqishdagi shvis zotli sigirlar yuqori sut mahsuldorligini yuzaga chiqargan. Yevrora va Amerika seleksiyasidagi shvis zotli nasldor buqalar qizlari sut mahsuldorlik darajasi bo‘yicha yuqori irsiy salohiyatga ega. Ayniqsa Amerika seleksiyasidagi nasldor buqalar qizlarining sut mahsuldorligi yuqori darajada va Peter, Roksi, laqabli naslli buqalar qizlarining sut miqdoridan tegishlicha 514,2, 506,9 va lZ,2 kg, sut yog‘i chiqimi Reter va Roksi qizlari, ko‘rsatkichlaridan 22,0 va 20,4 kg, 4% li sut 550,6 va 511,5 kg, sutdorlik koeffisienti 76,7 va 113,7 kg yuqori bo‘lgan. Avstriya seleksiyasidagi nasldor buqalaming qizlari ham yuqori sut mahsuldorligini yuzaga chiqargan, ulaming sut mahsuldorligi shvis zotini III va undan yuqori laktasiyadagi sigirlar andoza talablaridsh 997,7-1005,0 kg (31,2-31,4%), sut yog‘i chiqimi 5Z,7-55,Z kg yuqori bo‘lgan;  
Qo‘rg‘ontepa tumanidagi "Davronbek zamin yulduzi" naslchilik fermer ho‘jaligidagi fermasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 02/23-2087-sonli ma’lumotnomasi) shvis zotli sigirlar laktasiya davridan qat’iy nazar sut mahsuldorligi bo‘yicha irsiy imkoniyatlarini yaxshi yuzaga chiqargan va laktasiyalar oralig‘ida sut mahsuldorlik darajasini o‘sish sur'atiga ega bo‘lgan. Jumladan, III va undan uuqori laktasiyalardagi etuk yoshli sigirlarda sut miqdori I laktasiyaga nisbatan 1039,5 kg (35,4%), sut yog‘i chiqimi 74,5 kg, tirik vazni 174,8 kg oshgan;
Jalaquduq tumanidagi "Oq bo‘ra" hususiy naslchilik fermer xo‘jaligida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 02/23-2087-sonli ma’lumotnomasi) mahalliy seleksiyaga mansub shvis zotli sigirlarda, eng yuqori sut mahsuldorligi qish faslida tuqqan sigirlarda kuzatildi va ularning sut miqdori bahor faslida tuqqan tengqurlarinikidan 195,9 kg (R>0,95), yoz faslida tuqqan sigirlarnikidan 375,8 kg (R>0,999) va kuzda tuqqan sigirlarnikidan 29Z kg (R>0,99) yuqori bo‘lganligi aniqlandi hamda qish faslida tuqqan sigirlarning sut yog‘i chiqimi tegishli ravishda 6,2; 73,3 va 9,6 kg (R>0,99), 4%-|i sut miqdori 181,4; ZZ1,8 va 240,0 kg (R>0,99), sutdorlik koeffisienti 47,5; 3|,7 va 5Z,7 kg (R>0,99) yuqori bo‘lgan;
Asaka tumanidagi "GOLDEN-MILK-GROUP" fermer ho‘jaligida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 02/23-2087-sonli ma’lumotnomasi) tug‘ilganida tirik vazni bir-biriga yaqin bo‘lgan buqachalar o‘rganilgan. 3 oylik yoshiga kelib III-guruh buqachalarni o‘rtacha tirik vazni 101,0+1,41 kg-ni tashkil qilib, tengqurlari II-guruh buqachalarni o‘rtacha tirik vazniga nisbatan 6,6 kg yoki 6,54%, I-guruh buqachalarning o‘rtacha tirik vazniga nisbatan 9,4 kg yoki 9,54% (R>0,99) yuqori bo‘lgan;
Tajribadagi buqachalarni 6 oylik yoshida o‘rganilganda III-guruh buqachalarni o‘rtacha tirik vazni 77Z,Z+2,1 kg bo‘lib, tengqurlari II-guruh buqachalarnu o‘rtacha tirik vazniga nisbatan 9,3 kg yoki 5,370lo, I-guruh buqachalar o‘rtacha tirik vazniga nisbatan 16,0 kg yoki 9,41% (RZ0,999), 9 oylik yoshiga kelib III-guruh buqachalar o‘rtacha tirik vazni 249,Z+2,40 kg bo‘lib, tengqurlari II-guruh buqachalarni o‘rtasha tirik vazniga nisbatan l4,7 kg yoki 5,90%, I-guruh buqachalarni o‘rtacha tirik vazniga nisbatan 34,0 kg yoki l3,24% (P>0,999) ortiqcha bo‘ldi. Buqachalar parvarishlashni 12 oylik yoshiga kelib III-guruh buqachalarni o‘rtacha tirik vazni 324,9+2,18 kg bo‘lib, tengqurlari Il-guruh buqachalar tirik vazniga nisbatan 18,2 kg yoki 5,60%, I-guruh buqachalarni o‘rtacha tirik vazniga nisbatan 46,0 kg yoki 14,16 % (P>0,999) yuqori bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish