Gafurova Ugiljon Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘l sharoitida Geranium sanguineum L.ning introduksiyasi», 06.03.03 - Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B949.
Ilmiy rahbar: Mahkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Egamyor Toshboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent; Begmatov Abdusamat, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘lning turlicha sho‘rlangan tuproqlarida Geranium sanguineum L. ni introduksiya qilish va bioekologik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarida introduksiya qilingan Geranium sanguineum L. ildizpoyasidan ekilganda o‘sish ko‘rsatkichlari 70 % ni, Yangier shahrining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarida 80 % ni, Xovos tumanining kuchli sho‘rlangan tuproqlarda umuman unib chiqmaganligi aniqlangan;
Geranium sanguineum L. Mirzacho‘lning kuchsiz sho‘rlangan (Boyovut tumani) tuprog‘ida introduksiya qilinganda o‘simlikning vegetatsiya davomiyligi 3 yillik mavsum bo‘yicha o‘rtacha 264 kunni, o‘rtacha sho‘rlangan (Yangier shahar) tuprog‘ida introduksiya qilinganda 272 kunni tashkil etishi aniqlanib, o‘simlikning vegetatsiya davri 9 oyni tashkil qilishi isbotlangan;
Geranium sanguineum L. Mirzacho‘lning kuchsiz sho‘rlangan (Boyovut tumani) va o‘rtacha sho‘rlangan (Yangier shahar) tuproqlarida introduksion baholanganda mos ravishda 80 va 75 ball bilan baholangan;
Mirzacho‘l sharoitida Geranium sanguineum L. ning anatomik tuzulishi va fitokimyoviy tarkibi hamda bargning paradermal epidermasida trixomalar sonining (17,8 dona) ko‘pligi, ya’ni kseromorflik belgilarining rivojlanganligi aniqlangan;
fitokimyoviy tarkibiga ko‘ra Boyovut tumanida etishrilgan o‘simlik namunalarining fitokimyoviy ko‘rsatkichi (0,068 mg Gall kislota, 0,004 mg rutin) yuqori ekanligi aniqlangan;
Mirzacho‘lning Yangier hududida etshtirilgan Geranium sanguineum L. ga ammoniy nitrat (NH4NO3) ning 1 % li eritmasi bilan ishlov berilganda eng yuqori mahsuldorlikka (374 kg/ga) erishilgan. Geranium sanguineum L. uchun eng maqbul ekish sxemasi 60x20x10 sm ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geranium sanguineum L. ning introduksiya sharoitida bioekologik xususiyatlari bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G. sanguineum ning ildizpoyalarini ekish muddati va ekish sxemasi bo‘yicha ishlanmasi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Nurfayz” hamda “Dilshod-Sarbon” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 14 fevraldagi 06/22-05/910-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mirzacho‘l sharoitida G. sanguineum ning plantatsiyalarini yaratish hamda muhofaza qilish chora-tadbirlari ishlab chiqish imkonini bergan;
G. sanguineum ning ekish sxemasi (qator orasi 60 sm, tup orasi 20 sm, ekish chuqurligi 10 sm) bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Nurfayz” hamda “Dilshod-Sarbon” fermer xo‘jaliklarida 0,01 gektar er maydoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 14 fevraldagi 06/22-05/910-son ma’lumotnomasi). Natijada, G. sanguineum namunalarining o‘sish ko‘rsatkichi nazoratga nisbatan 30% yuqori ko‘rsatkichni tashkil etib, 93% o‘sish ko‘rsatkichiga erishilgan va er ustki qismi hosildorligini 63%ga oshirish imkonini bergan;
G. sanguineum ning vegetatsiya davrida o‘sish ko‘rsatkichini oshirish uchun NH4NO3, KCl va Ca(H2PO4)2 *H2O* H2SO4 ning 1% li eritmasi bilan ishlov berish texnologiyasi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Nurfayz” hamda “Dilshod-Sarbon” fermer xo‘jaliklarida 0,01 gektar er maydoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 14 fevraldagi 06/22-05/910-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlikning er ustki qismi mahsuldorligini 11% ga oshirish imkonini bergan.