Xodjaeva Madina Faxritdinovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Senil asteniya sindromining klinik-nevrologik xususiyatlari va diagnostik yondashuvlari, davolash taktikasini optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2783.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurushina Ol`ga Viktorovna , tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Cenil asteniya sindromi rivojlangan bemorlarda nevrologik etishmovchilik xususiyatlarini aniqlash, markaziy asab tizimi  shikastlanishini erta aniqlash markerlarini ishlab chiqish va ularning matematik tahlillari asosida diagnostika va terapevtik yondashuvlarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
senil asteniya va preasteniya rivojlangan bemorlarda kognitiv disfunksiya bilan birga patologik jarayonni chuqur darajada rivojlanganligi, klinik simptomlarning dinamik kechishini ko‘rsatuvchi funksional aktivlik va oziqlanish statusining og‘ir darajada buzilishi isbotlangan;
senil asteniya sindromini tashxislashda DHEA-s gormoni va VEGF signal oqsili miqdorining kamayishi kognitiv disfunksiya sababli qarish jarayonining kechishini baxolash uchun marker sifatida qo‘llanilishi asoslangan;
keksa insonlarning nogironligi va atrofdagilarga qaramliligini kamaytirish va kasalikning erta bosqichlarida davolash - profilaktika chora tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida senil asteniya sindromini erta tashsxislashga differensial yondashuv  mezonlari ishlab chiqilgan;
senil asteniya sindromi rivojlangan bemorlarda reabilitatsiya jarayonining sifatini yaxshilash maqsadida, keksa insonlarning ijtimoiy moslashuvi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradigan maxsus kompleks davolash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.                    Senil asteniya sindromining klinik- nevrologik xususiyatlari va diagnostik yondashuvlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: senil asteniya va preasteniya rivojlangan bemorlarda kognitiv disfunksiya bilan birga patologik jarayonni turli darajada rivojlanganligi, klinik simptomlarning og‘irligi va yaqqolligini ko‘rsatuvchi funksional aktivlik va oziqlanish statusining yaqqol buzilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 6 iyulda 07-23/67-son bilan tasdiqlangan «Senil asteniya va preasteniya bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif Yakkasaroy tumanidagi 57-oilaviy poliklinika bo‘yicha 06.10.2023 yildagi 187-207-DOP/2023-son hamda Qashqadaryo viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.09.2023 yildagi 79- I/CH-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/73-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usul kasallikni erta bosqichda aniqlash, davolash samaradorligini oshirish, kasallikning kuchayishini oldini olish, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 230000 so‘m byudjet mablag‘lari kasallikni erta tashxislash va asoratlarni erta prognoz qilish hisobiga bemorlarning nogironlik muddati qisqartirildi, nisbatan qimmat bo‘lgan statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyoj kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: senil asteniya sindromini tashxislashda DHEA-S gormoni va VEGF signal oqsili miqdorining kamayishi  qarish jarayonining kechishini baxolash uchun marker sifatida qo‘llanilishi ilmiy jixatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 6 iyulda 07-23/67-son bilan tasdiqlangan «Senil asteniya va preasteniya bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur taklif Yakkasaroy tumanidagi 57-oilaviy poliklinika bo‘yicha 06.10.2023 yildagi 187-207-DOP/2023-son hamda Qashqadaryo viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.09.2023 yildagi 79- I/CH-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/73-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usul kasallikni erta bosqichda aniqlash, davolash samaradorligini oshirish, kasallikning kuchayishini oldini olish, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 230000 so‘m byudjet mablag‘lari kasallikni erta tashxislash va asoratlarni erta prognoz qilish hisobiga bemorlarning nogironlik muddati qisqartirildi, nisbatan qimmat bo‘lgan statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyoj kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: keksa insonlarning nogironligi va atrofdagilarga qaramliligini kamaytirish va kasalikning erta bosqichlarida davolash - profilaktika chora tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida senil asteniya sindromini erta tashsxislash mezonlari ishlab chiqilganligi haqidagi takliflar  Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 6 iyulda 07-23/67-son bilan tasdiqlangan «Senil asteniya va preasteniya bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Kasallikning  erta bosqichida davolash-profilaktika tadbirlarining samaradorligi yuqori,   nogironlik rivojlanishining oldini olish, kognitiv funksiyalarni yaxshilash, hamda xavotir va depressiya simptomlarini kamaytirish imkoni ko‘proq bo‘ladi, tegishlicha, keksa insonlarning atrofdagilarga qaramligi darajasi pasayadi. Mazkur taklif Yakkasaroy tumanidagi 57-oilaviy poliklinika bo‘yicha 06.10.2023 yildagi 187-207-DOP/2023-son hamda Qashqadaryo viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.09.2023 yildagi 79- I/CH-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/73-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usul kasallikni erta bosqichda aniqlash, davolash samaradorligini oshirish, kasallikning kuchayishini oldini olish, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 230000 so‘m byudjet mablag‘lari kasallikni erta tashxislash va asoratlarni erta prognoz qilish hisobiga bemorlarning nogironlik muddati qisqartirildi, nisbatan qimmat bo‘lgan statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyoj kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: senil asteniya sindromi rivojlangan bemorlarda reabilitatsiya jarayonining sifatini yaxshilash maqsadida, keksa insonlarning ijtimoiy moslashuvi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradigan kompleks davolash chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 6 iyulda 07-23/67-son bilan tasdiqlangan «Senil asteniya va preasteniya bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur taklif Yakkasaroy tumanidagi 57-oilaviy poliklinika  bo‘yicha 06.10.2023 yildagi 187-207-DOP/2023-son hamda Qashqadaryo viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.09.2023 yildagi 79- I/CH-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/73-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usul kasallikni erta bosqichda aniqlash, davolash samaradorligini oshirish, kasallikning kuchayishini oldini olish, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: statsionar sharoitda mazkur kasallikni davolashga sarflanadigan 230000 so‘m byudjet mablag‘lari kasallikni erta tashxislash va asoratlarni erta prognoz qilish hisobiga bemorlarning nogironlik muddati qisqartirildi, nisbatan qimmat bo‘lgan statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyoj kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish