Rustamov G‘Iyosiddin Sadriddinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Orolbo‘yi mintaqasida qum-chang bo‘ronlarini shakllanishi va tarqalishini modellashtirish, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.4.PhD/T486.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Samiev Luqmon Nayimovich, texnika fanlari doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Erkaboev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori, professor; Musaev Ma’rufdjon Nabievich texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot – Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi mintaqasida qum-chang bo‘ronlar yuz berishining shart sharoitlari va tarqalishini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolboʻyi mintaqasida xarorat va havoning nisbiy namliklarini hisobga olgan holda atmosferaning meteorologik salohiyati ko‘rsatkichi (AMSK) asosida qum-chang boʻronlarini hosil bo‘lish tendensiyalari Mo‘ynoqda 0.77 ga, Qo‘ng‘irotda 0.71 ga va Nukus shaxrida 0.64 ga tengligi aniqlangan;
meteorologiyaning oxirgi 50 yillik va atrof-muhit sharoitlari, zarrachalarning mexanik tarkibini inobatga olgan holda qum-chang bo‘ronlarining shakllanishi va tarqalishi hisoblab chiqilgan;
orolbo‘yi mintaqasining meteorologik parametrlar, tuproq tarkibi, geologik sharoitlarni inobatga olgan holda qum-chang zarrachalarni tarqalish traektoriyasi aniqlangan;
aerologik jarayonlar va shamol yunalishi va tezligini inobatga olgan holda Orolbo‘yi mintaqasida qum-chang bo‘ronlarini tarqalish konsentrasiyasini modeli ishlab chiqilgan;
HYSPLIT dasturi asosida orolbo‘yi mintaqasida bo‘ron paytida qum-chang zarrachalarini atmosferadagi konsentratsiyasi 150-170 g/m3 gacha bo‘lishi modellashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orolbo‘yi mintaqasida qum-chang bo‘ronlarini shakllanishi va tarqalishini modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Orolbo‘yi mintaqasining meteorologik parametrlar, tuproq tarkibi, geologik sharoitlarni inobatga olgan holda chang, qum zarrachalarni tarqalish traektoriyasi modellashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq, Nukus, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlariga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 31 iyuldagi 01/18–2573-son ma’lumotnomasi). Natijada Orol hududida qum-changlarni harakat traektoriyasini aniqlash imkonini bergan;
Qum-chang bo‘ronlarini HYSPLIT dasturi orqali hisoblashda Orolbo‘yi mintaqasida hosil bo‘lish potensiali aniqlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq, Nukus, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlariga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 31 iyuldagi 01/18–2573-son ma’lumotnomasi). Natijada Orolbo‘yi mintaqasi qum-chang bo‘ronlarini hududlarda hosil bo‘lishi bashorat qilinish orqali atrof-muhitga ta’sirlar baholash va kelajakda chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratilgan;
Orolbo‘yi mintaqasida chang, qum bo‘ronlarini tarqalishini aerologik jarayonlarni inobatga olib hududlarning maydon bo‘yicha tarqalish konsentratsiyasi modellashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq, Nukus, Chimboy va Qo‘ng‘irot tumanlariga joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 31 iyuldagi 01/18–2573-son ma’lumotnomasi). Natijada Orol mintaqasida qum-chang zarrachalarini tarqalishi ya’ni 10-170 mg/m3 gacha bo‘lganligi aniqlangan.