To‘raev Ulug‘bek Murtazoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishi davrida suv resurslarini integrallashgan holda boshqarishning adaptatsion-modernizatsiyalashgan mexanizmi (Qashqadaryo daryosi havzasi misolida)”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T1380.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti” huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Erkaboev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori, professor; Razzakov Ruslan Eshqulovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv resurslarini integrallashgan holda boshqarishning adaptatsion-modernizatsiyalashgan mexanizmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarida kafolatli suv ta’minoti va samaradorligini oshirish maqsadida suv resurslarini integrallashgan holda boshqarishning takomillashtirilgan shakliy loyihalari zarur bo‘lgan yangi suv tejamkor texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan;
ilk bor, qo‘shimcha resurs sifatida energiya tejamkor va ekologik jihatdan samarali gazli-gidrat texnologiyasi asosida mineralsizlashtirishning sanoat-tajriba qurilmasi yaratilgan (patent №IAP 7660);
ilk bor vertikal shakldagi uchta termostat sovitgich reaktordan iborat, azot bilan sovitish tizimi asosida ishlaydigan suvni mineralsizlashtirish qurilmasining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qurilmaning birinchi reaktorida gazli-gidrat hosil bo‘lishini tezlashtirish maqsadida gaz taqsimlovchi – barbatyor va aralashtirish moslamasi - rotor o‘rnatilib, texnologiya yaratilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Iqlim o‘zgarishi davrida suv resurslarini integrallashgan holda boshqarishning adaptatsion-modernizatsiyalashgan mexanizmi (Qashqadaryo daryosi havzasi misolida)” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
Suvni integrallashgan holda boshqarishning takomillashgan hisobiy-shakliy loyihalari tasdiqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-martdagi 03/17-907-son ma’lumotnomasi). Natijada uzoq kelajak uchun suvdan foydalanish prognoz qilingan va ta’minlanishi bo‘yicha takliflar berilgan;
Suvni mineralsizlashtirish qurilmasi “Qashqadaryo maxsus-temir beton buyumlari” MChJ da joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-martdagi 03/17-907-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 m3 suvni mineralsizlashtirishda 1600 so‘m miqdorida mablag‘ tejashga erishilgan;
Mineralsizlashtirish qurilmasini ishlab chiqarish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlaari “Qashqadaryo maxsus-temir beton buyumlari” MChJ ga topshirilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-martdagi 03/17-907-son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan mineralsizlashtirish qurilmalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish