Shirinov Sabir Erkinoviching iqtisodiyot
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Davlat byudjetining soliqli daromadlarini prognoz qilish uslubiyatini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt456.
Ilmiy maslahatchi: Mavjud emas.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jo‘raev Adbug‘affor Safarovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Haydarov Nizomiddin Hamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Sharipov Farxod G‘oibovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Davlat byudjetining soliqli daromadlarini prognoz qilish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan tushumning ma’lum qismini respublika byudjetida qoldirish qoidasini joriy qilish orqali byudjet darajalari o‘rtasidagi byudjet transferini amalga oshirish hamda byudjet taqchilligini boshqarish uslubiyatini takomillashtirish taklif etilgan;
soliq xavfi 81 foizdan 100 foizgacha baholangan soliq to‘lovchilarning alohida elektron reestrini doimiy shakllatirish va yuritish tartibini joriy qilish orqali mamlakat soliq salohiyatini oshirish, shuningdek byudjetning soliqli daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarni bajarilishini ta’minlash uslubiyatini takomillashtirish taklif etilgan;
soliq xavfi 81 foizdan 100 foizgacha baholangan soliq to‘lovchilarga soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirishni cheklash tartibini joriy qilish yo‘li bilan soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va u orqali byudjetning soliqli daromadlari yuzasidan qabul qilingan prognoz parametrlarini bajarilishini ta’minlash uslubiyatini takomillashtirish taklif etilgan;
ustav kapitalidagi davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblangan barcha xo‘jalik yurituvchi su’bektlarning aktivlarini va ustav fondini o‘zgartirish bilan bog‘liq operatsiyalar ustidan elektron nazoratni yuritish tartibini joriy qilish yo‘li bilan ishlab chiqluvchi qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlari prognoz ko‘rsatkichlari ob’ektivlik darajasini ta’minlash uslubiyatini takomillashtirish taklif etilgan;
soliqdan qochish ehtimoli bo‘lgan soliq to‘lovchiglarga yangi bank hisobvaraqlarini ochishni cheklash tartibini joriy qilish yo‘li bilan soliq qarzdorligini asosiz oldini olish va u orqali prognoz hisob-kitobi ma’lumotlar bazasining statsionarlik holatini hamda prognoz ko‘rsatkichlarini ob’ektivlik darajasini ta’minlash uslubiyatini takomillashtirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat byudjetining soliqli daromadlarini prognoz qilish uslubiyatini takomillishtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan tushumning ma’lum qismini respublika byudjetida qoldirish qoidasini joriy qilish orqali byudjet darajalari o‘rtasidagi byudjet transferini amalga oshirish hamda byudjet taqchilligini boshqarish uslubiyatini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 apreldagi PQ-208-son “Byudjetlararo munosabatlarni va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 5 yanvardagi 15-00679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublika byudjetining barqarorligi ta’minlanib, 2022 yilda respublika byudjetiga 684,0 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliqli daromadlar tushishiga erishilgan;
soliq xavfi 81 foizdan 100 foizgacha baholangan soliq to‘lovchilarning alohida elektron reestrini doimiy shakllatirish va yuritish tartibini joriy qilish orqali mamlakat soliq salohiyatini oshirish, shuningdek byudjetning soliqli daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarni bajarilishini ta’minlash uslubiyatini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 471-son “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 5 yanvardagi 15-00679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, soliq tizimida soliq qarzdorligi darajasining asossiz oshib ketishini oldi olinib, 2022 yilda davlat byudjetiga 54 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliq tushumi ta’minlangan;
soliq xavfi 81 foizdan 100 foizgacha baholangan soliq to‘lovchilarga soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirishni cheklash tartibini joriy qilish yo‘li bilan soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va u orqali byudjetning soliqli daromadlari yuzasidan qabul qilingan prognoz parametrlarini bajarilishini ta’minlash uslubiyatini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 noyabrdagi PQ-5274-son “Mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan soliqlarni to‘lashni kechiktirish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 5 yanvardagi 15-00679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, soliq tizimida soliq qarzdorligi darajasining asossiz oshib ketishi oldi olinib, 2022 yilda davlat byudjetiga 22 mlrd.so‘m qo‘shimcha tushum ta’minlangan;
ustav kapitalidagi davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblangan barcha xo‘jalik yurituvchi su’bektlarning aktivlarini va ustav fondini o‘zgartirish bilan bog‘liq operatsiyalar ustidan elektron nazoratni yuritish tartibini joriy qilish yo‘li bilan ishlab chiqiluvchi qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlari prognoz ko‘rsatkichlarining ob’ektivlik darajasini ta’minlash uslubiyatini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 595-son “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 5 yanvardagi 15-00679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq qarzdorligi darajasining asossiz oshib ketishini oldi olinib, 2022 yilda davlat byudjetiga 150 mlrd.so‘m qo‘shimcha tushum tushishiga erishilgan;
soliqdan qochish ehtimoli bo‘lgan soliq to‘lovchiglarga yangi bank hisobvaraqlarini ochishni cheklash tartibini joriy qilish yo‘li bilan soliq qarzdorligini asosiz oldini olish va u orqali prognoz hisob-kitobi ma’lumotlar bazasining statsionarlik holatini hamda prognoz ko‘rsatkichlarini ob’ektivlik darajasini ta’minlash uslubiyatini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 noyabrdagi 736-son “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha coliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasi oshib, 2022 yilda 12 mlrd.so‘m soliq qarzdorligini qisqartirishga erishilgan.