Maxmudov Rahimjon Hamid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Tijorat banklarida muammoli kreditlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1858.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tojiev Rahmatilla Rahmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: ATB Poytaxtbank.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank kredit portfelida chakana kreditlar hajmini 60 foizgacha etkazish hamda bank kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar bo‘yicha diversifikatsiyalashuvini oshirish orqali muammoli kreditlar hajmini kamaytirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida kredit qarzdorliklarni undirishning muddati o‘tgan qarzdorliklarning paydo bo‘lishining oldini olish (Pre-collection, kredit muddatidan 3 kun oldin), undirishning boshlang‘ich davri (Soft-collection, muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan kundan boshlab 90 kungacha), kredit qarzdorliklarini sudgacha majburiy undirish (Hard-collection, Soft-collection bosqichida undirilmagan va muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan kundan boshlab 90 kungacha) va kredit qarzdorliklarini sud orqali undirish (Legal-collection, muddati o‘tgan qarzdorlik 90 kundan oshgan)dan iborat 4 bosqichli mexanizmini joriy etish orqali muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirish taklif etilgan;
chakana kreditlar bo‘yicha kredit risklarini minimallashtirish uchun mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini baholashda keng qamrovli kredit skoring modellaridan foydalangan holda sun’iy intellekt texnologiyalar asosida shakllantirilgan «yaxshi» mijozlarga ish haqiga asoslangan garovsiz «onlayn 24» xizmatini joriy etish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish va muammoli kreditlarni samarali boshqarishning integrallangan o‘zgaruvchan o‘rtacha qiymatlar avtokorrelyasiya modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida muammoli kreditlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy taklif va tavsiyalarni asosida:
bank kredit portfelida chakana kreditlar hajmini 60 foizgacha etkazish hamda bank kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar bo‘yicha diversifikatsiyalashuvini oshirish orqali muammoli kreditlar hajmini kamaytirish taklifidan «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida foydalanilgan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 10 yanvardagi 23/03-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Turonbank» ATB kredit portfeli tarkibida chakana kreditlar ulushi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 25%dan 30%ga oshib, bankning muammoli kreditlari hajmi esa bank kredit portfelida 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 12%dan 9% ulushga kamaygan;
tijorat banklarida kredit qarzdorliklarni undirishning muddati o‘tgan qarzdorliklarning paydo bo‘lishining oldini olish (Pre-collection, kredit muddatidan 3 kun oldin), undirishning boshlang‘ich davri (Soft-collection, muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan kundan boshlab 90 kungacha), kredit qarzdorliklarini sudgacha majburiy undirish (Hard-collection, Soft-collection bosqichida undirilmagan va muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan kundan boshlab 90 kungacha) va kredit qarzdorliklarini sud orqali undirish (Legal-collectiLegal-collection, muddati o‘tgan qarzdorlik 90 kundan oshgan)dan iborat 4 bosqichli mexanizmini joriy etish orqali muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirish taklifidan «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida foydalanilgan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 10 yanvardagi 23/03-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida muddati o‘tgan qarzdorliklarni samarali undirish mexanizmi yaratilib, kredit qarzdorlik hajmi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 3,2 foizga kamaygan;
chakana kreditlar bo‘yicha kredit risklarini minimallashtirish uchun mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini baholashda keng qamrovli kredit skoring modellaridan foydalangan holda sun’iy intellekt texnologiyalar asosida shakllantirilgan «yaxshi» mijozlarga ish haqiga asoslangan garovsiz «onlayn 24» xizmatini joriy etish taklifidan «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida foydalanilgan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 10 yanvardagi 23/03-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Turonbank» ATB Boshqaruvining 2022 yil 10 yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “«Turonbank» ATBda muammoli kreditlar bilan ishlash to‘g‘risida”gi nizomining 5 va 14-bandlarini ishlab chiqishda inobatga olingan;
O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish va muammoli kreditlarni samarali boshqarishning integrallangan o‘zgaruvchan o‘rtacha qiymatlar avtokorrelyasiya modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan «Turonbank» ATB muammoli kreditlar bilan ishlash amaliyotida foydalanilgan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 10 yanvardagi 23/03-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif «Turonbank» ATBning 2023-2025 yillarda rivojlantirish strategiyasiga kiritilib, uning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-2026 yillarda tijorat banklarida muammoli kreditlarning kelgusi to‘rt yil uchun ishlab chiqilgan prognozlar asosida tijorat banklarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlash va samarali qarorlar qabul qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish