Il Hyoung Won
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari (O‘zbekiston Respublikasi misolida)», 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3395
Ilmiy rahbar: Tagaev Behzod Ergashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Nurislom To‘xlievich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Asatullaev Xurshid Sunnatullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«ijtimoiy farovonlik va daromadlar mutanosibligi konsepsiyasi»ga ko‘ra, respublikada ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga «Ijtimoiy himoya yagona reestri»da ro‘yxatda turgan fuqarolarni bir yil davomida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subektlariga xodimlar sonidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy etish orqali erishish taklifi asoslangan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra, ijtimoiy soha tadbirkorlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini mazkur sohada faoliyat yuritish istagida bo‘lgan aholining muhtoj qatlami uchun ular tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalarning 50 foizini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplab berish orqali takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
fritrederlik yondashuvidan kelib chiqqan holda ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlarining mahallalarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni aloqalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarini kengaytirishga ular tomonidan import qilinadigan asosiy kapitalga davlat bojlari va davlatga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlarini sotib olganlik uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish asosida qo‘llab-quvvatlash orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
davlatning ijtimoiy funksiyasini oshirish yondashuviga ko‘ra, tadbirkorlik subektlarining mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga ta’sirini oshirish mexanizmi ishsiz fuqarolarni kasbga o‘rgatish va o‘z ishchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlarini qurish va jihozlash xarajatlarini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga to‘liq qoplab berish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikada ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati rivojlantirishga «Ijtimoiy himoya yagona reestri»da ro‘yxatda turgan fuqarolarni bir yil davomida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subektlariga xodimlar sonidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi PQ-93-son “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasining 2a-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 4 oktyabrdagi 01/00-02/26-9548-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Ijtimoiy himoya yagona reestri»da qayd etilgan fuqarolarning faol mehnat faoliyatini, ish bilan bandligini oshirish va kambag‘allik darajasini qisqartirishga  erishiladi;
ijtimoiy soha tadbirkorlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini mazkur sohada faoliyat yuritish istagida bo‘lgan aholining muhtoj qatlami uchun ular tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalarning 50 foizini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplab berish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PF-175-son “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni 2-bobining 11g-maqsadini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 4 oktyabrdagi 01/00-02/26-9548-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini faol mehnatga jalb qilish, ularning qobiliyatlarini to‘la namoyon etish va doimiy daromadlarini yaratish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi;
ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlarining mahallalarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni aloqalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarini kengaytirishga ular tomonidan import qilinadigan asosiy kapitalga davlat bojlari va davlatga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlarini sotib olganlik uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish asosida qo‘llab-quvvatlash orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi PQ-93-son “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni 7b-bandinining ikkinchi va uchinchi xatboshilarini  shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 4 oktyabrdagi 01/00-02/26-9548-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish tadbirkorlik subektlarining mahallalarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohasi, hunarmandchilik hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga va natijada ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyat hayotiga faol jalb etish, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda kambag‘allikni qisqartirish imkonini beradi;
respublikada ijtimoiy tadbirkorlikning mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga ta’sirini oshirish mexanizmi ishsiz fuqarolarni kasbga o‘rgatish va o‘z ishchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlarini qurish va jihozlash xarajatlarini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga to‘liq qoplab berish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi PQ-93-son “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasining 3a-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 4 oktyabrdagi 01/00-02/26-9548-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishga muhtoj bo‘lgan ishsiz fuqarolarning yangi kasb o‘rganishlari orqali ishga joylashishlari hamda korxonalarning barqaror faoliyat yuritishlari va raqobatdoshligini oshirishga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish