Bayjanova Gozzal Sarsengalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2561.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salaev Rasul Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida) bo‘uicha ilmiu taklif va amaliu tavsiualar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari kreditlash amaliyotida kichik biznes subektlarining kreditlash mexanizmini 3 ta toifaga: “yaxshi”, “o‘rta” va “yomon” shkalalarga ajratish orqali kreditlash amaliyotini takomillashtirish taklif etilgan;
tijorat banklari kreditlash amaliyotida kichik biznes subektlarining kredit ta’minotining sifatini 5 toifaga ajratish orqali kreditlarning qaytmaslik xavfini kamaytirish taklif etilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini smart raqamli bank fazasiga transformatsiyalash asosida kreditlash mexanizmini rivojlantirish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘uicha olingan ilmiu natijalar asosida:
tijorat banklari kreditlash amaliyotida kichik biznes subektlarining kreditlash mexanizmini 3 ta toifaga: “yaxshi”, “o‘rta” va “yomon” shkalalarga ajratish orqali kreditlash amaliyotini takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliyotida va «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining amaliyotiga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi №S1/05-05/1451 va «Mikrokreditbank» Aksiuadorlik tijorat bankining 2023 uil 22 dekabrdagi 04-16/23384-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasiga ko'ra, Qogaqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kichik biznes subektlarining moliyalashtirish hajmining oshirish imkonini berdi hamda «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2021 yilgi kredit siyosatida qo‘llanilgan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning 2022 yil 1 yanvar holatiga bank kredit portfeli oldingi yilga nisbatan 26,6 foizga oshib 10,81 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
tijorat banklari kreditlash amaliyotida kichik biznes subektlarining kredit ta’minotining sifatini 5 toifaga ajratish orqali kreditlarning qaytmaslik xavfini kamaytirish taklif etilgan taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliyotida va «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining amaliyotiga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi №S1/05-05/1451 va «Mikrokreditbank» Aksiuadorlik tijorat bankining 2023 uil 22 dekabrdagi 04-16/23384-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilishi, xavfli mijozlar segmentlarini faol ravishda kreditlanishiga qaramay, kredit portfelining sifati yuqori darajada saqlanib qolishga erishildi, negaki muddati o‘tgan kreditlar qoldig‘i 0,33 mlrd.so‘mni tashkil qilib, bu umumiy kredit portfelidagi ulushi 3,4 foizni tashkil qilish imkonini berdi.
raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini smart raqamli bank fazasiga transformatsiyalash asosida kreditlash mexanizmini rivojlantirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliyotida va «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining amaliyotiga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi S1/05-05/1451 va «Mikrokreditbank» Aksiuadorlik tijorat bankining 2023 uil 22 dekabrdagi 04-16/23384-son ma’lumotnomasi). Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliyotida hamda «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining amaliyotga joriy etilishi natijasida, kichik biznes subektlarini kreditlashda inson omili ishtirok etmaydigan yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. Bu bilan avvalgi 5 pog‘onali kreditlash tizimi 2 pog‘onaliga tushirishga erishib, masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar sonining sezilarli darajada oshirish imkoni yaratildi.
tijorat banklari tomonidan kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliyotida hamda Mikrokreditbankning amaliyotiga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi S1/05-05/1451 va «Mikrokreditbank» Aksiuadorlik tijorat bankining 2023 uil 22 dekabrdagi 04-16/23384-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining rivojlanish strategiyalariga kiritilishi belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish