Abirov Valisher Elmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 90-yillari – XXI asr boshlari tadqiqotlarida o‘zbek xalqining shakllanishi va tarixi masalalari”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.2.PhD/Tar.717.
Ilmiy rahbar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:
Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Shadmanova Sanobar Bazarboevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqning kelib chiqishiga oid nazariy konsepsiyalar, o‘zbek xalqi etnogenezi, etnik tarixi va etnonimiga doir ilmiy tadqiqot natijalarini tarixshunoslik tahlili asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mustaqillikning dastlabki choragi etnogenez va etnik tarix masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar sovet davri nazariyalariga tayangan holda xalqlarning qadimiyligiga doir mustahkam dalillar izlashga qaratildi. 2016-yildan so‘ng xalqlarning kelib chiqishi, ularning o‘zaro aloqalari va umumiylik haqidagi tasavvurlar o‘zgarib qardoshlik va etnik yaqinlik tushunchalari bilan bog‘liq yangi yondashuvlar paydo bo‘lib, mintaqaviy hamkorlik va etnik birlik masalalarini ilmiy nuqtai nazardan qayta tadqiq qilishga bag‘ishlangan tadqiqotlarga eʼtibor ortganligi dalillantirildi.
Etnogenez va etnik tarix qadimiyat bilan bog‘liq murakkab muammo bo‘lib, masalani xolis va chuqur tadqiq qilishda arxeologiya, etnologiya, antropologiya va genetika kabi fanlarning ilmiy yutuqlaridan unumli foydalanishni talab etishi, tadqiqotlarning hamkorlikda olib borilishi fanlararo yondashuvlarning rivojlanishiga va xalqlarning kelib chiqishi, etnik taraqqiyoti va madaniy aloqalar haqidagi nazariyalarni yangi darajada yuksaltirishga hamda ilmiy tadqiqotlarda mavhum masalalarni aniqlash va xolislik prinsiplariga asoslangan tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy asoslantirildi.
mustaqillik yillarida o‘zbek xalqi shakllanishiga oid tadqiqotlar uch bosqichda (1991 – 1998, 1998 – 2016, 2016 – h.v.) rivojlangani, birinchi bosqichda sovetcha mafkuradan xoli bo‘lgan ilk tadqiqotlarning yozilishi, ikkinchi bosqichda davlatning xalq tarixini o‘rganishga bo‘lgan primordial yondashuvi asosida ko‘plab asarlarning yaratilishi, uchinchi bosqichda esa yillar davomida amalga oshirilgan tadqiqotlar sarhisobi bo‘lib, muammo yuzasidan nazariy qarashlarning xilma-xilligi kuzatilayotgani mavjud tadqiqotlar dinamikasi asosida isbotlab berilgan;
o‘zbek xalqining shakllanish davri aks etgan etnografik (IX-XII asrlar,
K. Shoniyozov) va zamonaviy genetik tadqiqot natijalarini (X asr, T. Xegay) birinchi marotaba fanlararo qiyosiy tahlili asosida o‘zbek xalqi etnik identifikatsiyasining tarixiy rivojlanishini dastlabki bosqichlari va xalqning ilk shakllanish jarayonlari X asrda, ya’ni ming yil avval boshlanganligi ilmiy asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy O‘zbekiston tarixshunosligida o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbek xalqining kelib chiqishi, shakllanishi bo‘yicha O‘zbekiston mustaqilligi yillarida yaratilgan tarixiy, etnografik, arxeologik, antropologik adabiyotlar, dissertatsiyalar, gazeta va ilmiy jurnallarda e’lon qilingan maqolalarda aks etgan materiallar to‘planib, tarixshunoslik va etnologik nuqtai nazaridan tahlil qilingan ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tizimlarida turli ko‘rinishdagi targ‘ibot materiallar tayyorlashda, ilmiy konferensiyalar, festivallar hamda tanlov g‘oyasi ishlab chiqish va targ‘ib etishda foydalanildi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022-yil 27-iyuldagi 01-28/25.07.22-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar fondning xalq tarixiga oid ma’lumotlarini boyitishga xizmat qilgan;
“Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi” darsligining “O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi”ga oid mavzusini mustaqillik yillarida o‘zbek etnogenezi va etnik tarixi masalasida nashr etilgan asarlar, mualliflar yondashuvi, ularning ilmiy qarashlariga oid ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 01-04-01/1582-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ma’lumotlari TDShU istiqboldagi tadqiqot rejalarini tuzish, sohada etishmayotgan mutaxassislarni tayyorlashga oid rejalarini tuzishga xizmat qilgan;
O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi masalalari haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021-yil 26 va 28-oktyabr kunlari namoyish etilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda mustaqillik yillarida o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi tadqiqotlari uch bosqichda (1991-1998, 1998-2016, 2016-h.v.) rivojlangani, birinchi bosqichda sovetcha mafkuradan xoli bo‘lgan ilk tadqiqotlarning yozilishi, ikkinchi bosqichda davlatning xalq tarixini o‘rganishga bo‘lgan yagona yondashuvi asosida ko‘plab asarlarning yaratilishi, uchinchi bosqichda esa yillar davomida amalga oshirilgan tadqiqotlar sarhisobi va yangicha qarashlar bilan yo‘g‘rilgan, zamonaviy nazariy qarashlarning shakllanishi davri bo‘lganiga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 754-45-678-son ma’lumotnomasi). Bu o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi masalalari haqidagi teletomoshabinlarning bilimlari va qarashlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
Etnogenez va etnik tarix qadimiyat bilan bog‘liq murakkab muammo bo‘lib, masalani xolis va chuqur tadqiq qilishda arxeologiya, etnologiya, antropologiya va genetika kabi fanlarning ilmiy yutuqlaridan unumli foydalanishni talab etishi, fanlararo yondashuvlarning rivojlanishiga va xalqlarning kelib chiqishi, etnik taraqqiyoti va madaniy aloqalar haqidagi nazariyalarni yangi darajada yuksaltirishga hamda ilmiy tadqiqotlarda mavhum masalalarni aniqlash va xolislik prinsiplariga asoslangan tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilishi haqidagi xulosalaridan 2021-yil 13-dekabr kuni namoyish etilgan “Etno” ko‘rsatuvini ssenariylarini tayyorlashda mavzu yuzasidan olib borgan izlanishlari davomida erishgan ilmiy-nazariy xulosalari, jumladan, o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar, mavjud arxeologik, antropologik, etnografik, manbashunoslik, tarixiy, geografik adabiyotlar tahlili asosida hozirgi vaqtda O‘zbekiston etnologiya fani rivoji uchun ijtimoiy, madaniy va jismoniy antropologlar, nazariyotchi etnologlar, sotsiologlar, etnik konfliktologlar, etnolog manbashunoslar kabi zamonaviy mutaxassislar etishmayotgani haqidagi maʼlumotlar ilmiy-nazariy jihatdan ochib berilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 02-30-1150-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teledasturning o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi oid tahliliy ma’lumotlarga, ilmiy dalillarga boy va qiziqarli bo‘lishi ta’minlangan.