Shayxova Umida Raufovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « IT texnologiyalari sharoitida sog‘liqni saqlashning birlamchi darajasida yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishga yondashuvni takomillashtirish», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib942.
Ilmiy rahbar: Rasulova Zulfiya Dadaevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy-tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Xatam Xasanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Trigulova Raisa Xusainovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: IT texnologiyalari sharoitida sog‘liqni saqlashning birlamchi darajasida yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishga yondashuvni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasining prognostik omillari sifatida tana tarkibi  bioimpedans tahlili, qon zardobidagi lipid spektri, glyukoza, kreatinin, siydik kislotasi, yuqori sezgir C-reaktiv oqsil, gomotsistein, CKD-EPIga ko‘ra aniqlangan koptokcha fil`tratsiyasi tezligi, ruhiy holat, mehnatga layoqatlilik darajasi, optimal shaxsiylashtirilgan profilaktik maslahat va klinik-ruhiy xususiyatlarning o‘rni asoslangan;
yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli tahliliga ko‘ra xavfli prognostik kombinatsiyalarning va yuqori kardiovaskulyar xavfi prediktorlarining o‘rni aniqlangan holda bioimpedans tahlili natijalari asosida tana tarkibidagi yog‘ miqdori, visseral yog‘, aktiv hujayraviy massasining ulushi va hujayralararo suyuqlikning ko‘rsatkichlari, visseral semizlikning indeksi (VSI), BMI, bel-son aylanasi nisbatlari visseral yog‘ to‘qimasi disfunksiyasining va yuqori kardiovaskulyar xavfning metabolik mezonlari sifatida ahamiyati isbotlangan;
IT texnologiyalari sharoitida ishlab chiqilgan individuallashtirilgan salomatlik kartasi yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini optimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan asosiy modda almashinuvi darajasidan kelib chiqib tuzilgan sog‘lom ovqatlanish dasturlari hamda besh darajadagi jismoniy faollikka moslashtirilgan bosqichma-bosqich jismoniy mashqlar kompleksini o‘z ichiga olgan va bemorlarni "YuQTK profilaktikasi maktabi" doirasida o‘qitishni nazarda tutgan holda amalga oshirish asoslangan;
yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va erta tashxislashning iqtisodiy samaradorligi xavf omillarining keng tarqalganligini hisobga olgan holda, zamonaviy dasturiy mahsulotlarni birlamchi tibbiy yordam muassasalari faoliyatiga integratsiya qilish orqali, surunkali yuqumsiz kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlar orasida kasallanish va o‘lim darajasini kamaytirish asosida iqtisodiy jihatdan samaradorligi asoslangan;
ilk bor yurak-qon tomir kasalliklari va ularning asoratlarini oldini olishni optimallashtirish maqsadida SCORE-2 shkalasi asosida shaxsiy yurak-qon tomir xavflarini aniqlash, sog‘lomlashtirish dasturini tuzish va profilaktik maslahatlarni samarali qilish uchun mobil ilova ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlashning birlamchi darajasida yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishga yondashuvlarni optimallashtirishdan bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasining prognostik omillari sifatida tana tarkibi  bioimpedans tahlili, qon zardobidagi lipid spektri, glyukoza, kreatinin, siydik kislotasi, yuqori sezgir C-reaktiv oqsil, gomotsistein, CKD-EPIga ko‘ra aniqlangan koptokcha fil`tratsiyasi tezligi, ruhiy holat, mehnatga layoqatlilik darajasi, optimal shaxsiylashtirilgan profilaktik maslahat va klinik-ruhiy xususiyatlarning o‘rni asoslanligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIT va TRIATM) bo‘yicha 12.03.2024 yildagi 01/V-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi  huzuridagi  TBB 1-markaziy klinik shifoxonasi (O‘zR PA huzuridagi TBB  1-MKSh) bo‘yicha 14.03.2024 yildagi 15-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi TBB 1-Markaziy klinik-diagnostika poliklinikasi (O‘zR PM huzuridagi TBB 1-MKDP) bo‘yicha 06.03.2024 yildagi 37-P-son, O‘zR PA huzuridagi TBB 2- MKDP bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 7-R-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: XO ni aniqlash uchun umumiy hamda informatsion usullardan foydalanish birlamchi sog‘liqni saqlash muassasalari bazasida tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha yuklamasdan iloji boricha tezroq foydalanish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan so‘rovnoma yuqori va juda yuqori YuQTX aniqlash uchun  Toshkent shahridagi O‘zR PA huzuridagi TBB  1-MKSh,  O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKDP, O‘zR PA huzuridagi TBB 2-MKDP  ambulator-statsionar tibbiy yordam  amaliyotiga tadbiq etilib, bu nafaqat XO erta aniqlash, balki, qisqa vaqt ichida shu xavflarni bartaraf etish, sog‘lomlashtirish dasturlarini buyurish va statsionar davolanishni yiliga 1 kurs – kunlik 650000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli tahliliga ko‘ra xavfli prognostik kombinatsiyalarning va yuqori kardiovaskulyar xavfi prediktorlarining o‘rni aniqlangan holda bioimpedans tahlili natijalari asosida tana tarkibidagi yog‘ miqdori, visseral yog‘, aktiv hujayraviy massasining ulushi va hujayralararo suyuqlikning ko‘rsatkichlari, visseral semizlikning indeksi (VSI), BMI, bel-son aylanasi nisbatlari visseral yog‘ to‘qimasi disfunksiyasining va yuqori kardiovaskulyar xavfning metabolik mezonlari sifatida ahamiyati isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIT va TRIATM) bo‘yicha 12.03.2024 yildagi 01/V-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi  huzuridagi  TBB 1-markaziy klinik shifoxonasi (O‘zR PA huzuridagi TBB  1-MKSh) bo‘yicha 14.03.2024 yildagi 15-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi TBB 1-Markaziy klinik-diagnostika poliklinikasi (O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKDP) bo‘yicha 06.03.2024 yildagi 37-P-son, O‘zR PA huzuridagi TBB 2- MKDP bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 7-R-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot davomida ishlab chiqilgan ko‘p omilli tahlil noqulay prognostik belgilar majmuasini aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan ko‘p omilli tahlil  Toshkent shahridagi O‘zR PA huzuridagi TBB  1-MKSh, O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKDP,  O‘zR PA huzuridagi TBB 2-MKDP ambulator-statsionar tibbiy yordam  amaliyotiga tadbiq etilib, bu nafaqat XO erta aniqlash, balki, qisqa vaqt ichida shu xavflarni bartaraf etish, sog‘lomlashtirish dasturlarini buyurish va statsionar davolanishni yiliga 1 kurs – kunlik 650000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: IT texnologiyalari sharoitida ishlab chiqilgan individuallashtirilgan salomatlik kartasi yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini optimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan asosiy modda almashinuvi darajasidan kelib chiqib tuzilgan sog‘lom ovqatlanish dasturlari hamda besh darajadagi jismoniy faollikka moslashtirilgan bosqichma-bosqich jismoniy mashqlar kompleksini o‘z ichiga olgan va bemorlarni "YuQTK profilaktikasi maktabi" doirasida o‘qitishni nazarda tutgan holda amalga oshirish asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIT va TRIATM) bo‘yicha 12.03.2024 yildagi 01/V-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi TBB 1-markaziy klinik shifoxonasi (O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKSh) bo‘yicha 14.03.2024 yildagi 15-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi TBB 1-Markaziy klinik-diagnostika poliklinikasi (O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKDP) bo‘yicha 06.03.2024 yildagi 37-P-son, O‘zR PAhuzuridagi TBB 2- MKDP bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 7-R-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot davomida ishlab chiqilgan YuQTK profilaktika maktabi YuQTK XO ni erta aniqlash va bemorlarning sog‘lom turmush tarziga rioya etishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan sog‘lomlashtirish dasturi Toshkent shahridagi O‘zR PA huzuridagi TBB  1-MKSh),  O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKDP,  O‘zR PA huzuridagi TBB 2-MKDP ambulator-statsionar tibbiy yordam  amaliyotiga tadbiq etilib, YuQTX sog‘lomlashtirish dasturi orqali bartaraf etish va statsionar davolanishni yiliga 1 kurs – kunlik 650000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va erta tashxislashning iqtisodiy samaradorligi xavf omillarining keng tarqalganligini hisobga olgan holda, zamonaviy dasturiy mahsulotlarni birlamchi tibbiy yordam muassasalari faoliyatiga integratsiya qilish orqali, surunkali yuqumsiz kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlar orasida kasallanish va o‘lim darajasini kamaytirish asosida iqtisodiy jihatdan samaradorligi asoslanganligi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurak qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan bemorlarda kasallanish darajasini kamaytirish hamda asoratlarni oldini olishga yordam beradigan metodik  qo‘llanmalar va EXM programmalari Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIT va  TRIATM) bo‘yicha 12.03.2024 yildagi 01/V-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi  huzuridagi  TBB 1-markaziy klinik shifoxonasi (O‘zR PA huzuridagi TBB  1-MKSh) bo‘yicha 14.03.2024 yildagi 15-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi TBB 1-Markaziy klinik-diagnostika poliklinikasi (O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKDP) bo‘yicha 06.03.2024 yildagi 37-P-son, O‘zR PAhuzuridagi TBB 2- MKDP bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 7-R-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot davomida ishlab chiqilgan YuQTK profilaktikasi bo‘yicha kompleks dasturlardan foydalanish va ularni amaliyotga tatbiq etish katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan sog‘lomlashtirish dasturi  Toshkent shahridagi O‘zR PA huzuridagi TBB  1-MKSh),  O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKDP,  O‘zR PA huzuridagi TBB 2-MKDP ambulator-statsionar tibbiy yordam amaliyotiga tadbiq etilib, bemorlarni sog‘lomlashtirish dasturlariga rioya qilishini oshirish orqali statsionar davolanishni yiliga 1 kurs – kunlik 650000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan.  
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak-qon tomir kasalliklari va ularning asoratlarini oldini olishni optimallashtirish maqsadida SCORE-2 shkalasi asosida shaxsiy yurak-qon tomir xavflarini aniqlash, sog‘lomlashtirish dasturini tuzish va profilaktik maslahatlarni samarali qilish uchun mobil ilova ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIT va TRIATM) bo‘yicha 12.03.2024 yildagi 01/V-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi  huzuridagi  TBB 1-markaziy klinik shifoxonasi (O‘zR PA huzuridagi TBB  1-MKSh) bo‘yicha 14.03.2024 yildagi 15-son, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi  TBB 1-Markaziy klinik-diagnostika poliklinikasi (O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKDP) bo‘yicha 06.03.2024 yildagi 37-P-son, O‘zR PAhuzuridagi TBB 2- MKDP bo‘yicha 20.03.2024 yildagi 7-R-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot davomida ishlab chiqilgan YuQTK profilaktikasi bo‘yicha kompleks dasturlardan foydalanish va ularni amaliyotga tatbiq etish katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan sog‘lomlashtirish dasturi  Toshkent shahridagi O‘zR PA huzuridagi TBB  1-MKSh),  O‘zR PA huzuridagi TBB 1-MKDP,  O‘zR PA huzuridagi TBB 2-MKDP ambulator-statsionar tibbiy yordam  amaliyotiga tadbiq etilib,  bemorlarni sog‘lomlashtirish dasturlariga rioya qilishini oshirish orqali statsionar davolanishni yiliga 1 kurs – kunlik 650000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish