Uzaqov Jamshid Norboevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Mintaqada ziyorat turizm salohiyatini oshirish mexanizmini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.12-“Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4217  
 Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori., professor Qo‘chqorov G‘aybulla Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi., professor.
Yetakchi tashkilot: Termez davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada ziyorat turizmi salohiyatini oshirishning mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “ziyorat turizmi salohiyati” tushunchasiga oid ilmiy qarashlar hamda konseptual qoidalar yoritib berilgan bo‘lib, bu o‘zaro bogʻliq va o‘zaro taʼsir qiluvchi turli xil elementlardan tashkil topgan, uning murakkab, uyushgan va tizimli tabiati haqidagi ilmiy nuqtai nazarni, aynan ziyorat turizmi salohiyati sohasi uchun muhim ahamiyatga egaligini, keyingi rivojlanish ob’ekti turiga va undan foydalaniladigan vazifalarga muvofiq aniq tarkibning to‘liqligiga bogʻliq ekanligi asoslangan;
mintaqa ziyorat turizmi salohiyatini baholashning uslubiy yondashuvi hududning ziyoratbop  geografik  joylashuvi va  tashkil qilish xususiyatlariga ko‘ra takomillashtirilib, unga muvofiq ziyorat turizmi salohiyati reyting bali aniqlandi va “yuqori” (tzzo – turizm ziyoratbop ziyorat ob’ekti ≥86,1), “o‘rta” (jtzh – jozibador turistik ziyoratgoh hudud ≤79,0), “past” (dstzj – diqqatga sazovor turizm ziyorat joyi ≤67,0) va “juda past” (mzm – muqaddas ziyorat maskani ≤40,1) darajalari asoslangan;
mintaqa ziyorat turizmi salohiyatini klasterlash orqali “e-ziyoratturizm” elektron platformasini tashkil etishda turizm ziyoratbop ziyorat hududlarining “aqlli ziyorat turistik hudud modeli”ni shakllantirish va davlat-xususiy sheriklik negizida ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan xarajatlarni qoplab berish tartibini joriy etish orqali ziyorat turizmi salohiyatini rivojlantirish taklif etilgan;
Qashqadaryo mintaqasida ziyorat turizmi salohiyatini rivojlantirishda ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanish orqali 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi globallashuv sharoitda ziyorat turizmi rivojlanishining barqaror dinamikasiga erishishga xizmat qiluvchi ziyorat turizmi salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy-uslubiy qoidalari va yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “ziyorat turizmi salohiyati” tushunchasiga oid ilmiy qarashlar hamda konseptual qoidalar yoritib berilgan bo‘lib, bu o‘zaro bogʻliq va o‘zaro taʼsir qiluvchi turli xil elementlardan tashkil topgan, uning murakkab, uyushgan va tizimli tabiati haqidagi ilmiy nuqtai nazarning aynan ziyorat turizmi salohiyati sohasi uchun muhim ahamiyatga egaligini, keyingi rivojlanish ob’ekti turiga va undan foydalaniladigan vazifalarga muvofiq aniq tarkibning to‘liqligiga bogʻliq ekanligini asoslovchi qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi 112-son “Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda va “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo’l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Qashqadaryo viloyati hududiy turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasining 2024-yil 21-avgustdagi 02-10/628-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo mintaqasida mavjud bo‘lgan turizm ziyoratbop ziyorat ob’ektlari, diqqatga sazovor turizm ziyorat joylari, muqaddas ziyorat maskanlari va jozibador turistik ziyoratgoh hududlarning real ziyorat turizmi salohiyati darajasini ekspert usulida aniqlash va ziyorat turizmi klasterini tuzishga munosib ziyoratgohlarni tanlab olish yo’li bilan hududlarda ziyoratgohlarni rivojlantirish imkoniyatini bergan;
mintaqa ziyorat turizmi salohiyatini baholashning uslubiy yondashuvi hududning ziyoratbop geografik joylashuvi va tashkil qilish xususiyatlariga ko‘ra takomillashtirilib, unga muvofiq ziyorat turizmi salohiyati reyting bali aniqlandi va  “yuqori” (tzzo – turizm ziyoratbop ziyorat ob’ekti ≥86,1), “o‘rta” (jtzh – jozibador turistik ziyoratgoh hudud ≤79,0), “past” (dstzj – diqqatga sazovor turizm ziyorat joyi ≤67,0) va “juda past” (mzm – muqaddas ziyorat maskani ≤40,1) darajalarini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi qaroriga 4a-ilova – “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda e’tiborga olingan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son “2022–2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan hamda Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasining 2024-yil 21-avgustdagi 02-10/628-son ma’lumotnomasi). Ilmiy takliflardan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 27-avgustdagi 03-12-17-5572-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida ziyorat turizmi salohiyatini baholash ziyorat turizmining ijtimoiy ahamiyatini yanada oshirish, xususan aholining reproduktiv salomatligida ijobiy o‘zgarishlarga erishish, iqtisodiy nuqtai nazardan ziyoratchilarning ziyorat turizmi salohiyati reytingi ziyoratchilarning yangi segmentini shakllantirish, yaʼni ziyorat turizmi maskanlarini to‘g‘ri tanlash orqali ziyoratchilar sonini ko‘paytirish imkoni yaratilgan;
mintaqa ziyorat turizmi salohiyatini klasterlash orqali “e-ziyoratturizm” elektron platformasini tashkil etishda turizm ziyoratbop ziyorat hududlarining “aqlli ziyorat turistik hudud modeli”ni shakllantirish va davlat-xususiy sheriklik negizida ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan xarajatlarni qoplab berish tartibini joriy etish orqali ziyorat turizmi salohiyatini rivojlantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi qaroriga 4a-ilova – “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda e’tiborga olingan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son “2022–2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan hamda Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasining 2024-yil 21-avgustdagi 02-10/628-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ziyorat turizmi salohiyatini klasterlash orqali Qashqadaryo mintaqasining turli ziyoratbop maskanlarida “e-ziyoratturizm” elektron platformasini tashkil etish va “aqlli ziyorat turistik hudud modeli”ni shakllantirish hamda davlat-xususiy sheriklik negizida ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan xarajatlarni qoplab berish tartibini joriy etish orqali ziyorat turizmi salohiyatini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo mintaqasida ziyorat turizmi salohiyatini rivojlantirishda ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanish orqali 2029-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Qashqadaryo viloyati hududiy turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasining 2024-yil 2024-yil 21-avgustdagi 02-10/628-son ma’lumotnomasi), Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 27-avgustdagi 03-12-17-5572-son maʼlumotnomasi). Natijada  Qashqadaryo viloyatida ziyorat turizmining YHMdagi umumiy hissasi keyingi besh yillikda o‘rtacha 11,7 foizga o‘sib boradi va 2029-yilga borib, 2010-yil narxlar indeksi bo‘yicha hisoblangan real qiymatida 1520,99 mln. so‘mga yetishi ta’minlanadi. Qashqadaryo viloyatida ziyorat turizmining salohiyati 2029-yilda 2023-yilga nisbatan 1,93 barobarga ortadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish