Haqqulov Fazliddin Faxriddinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Mintaqada oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasini rivojlantirish (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.12-“Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3881  
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar: Toshqulov Abduqodir Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yadgarov Akram Akbarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasida kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va muvofiqlashtirish vazifasini amalga oshiruvchi iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tuzilmalarning institutsional mazmuniga asosan mintaqaning o‘ziga xos unsurlar, shakllar va vositalar majmui sifatidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlashni rivojlantirishning mexanizmi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasi samaradorligini aniqlashning ∑_(k=1)^5▒〖x_ji×K_m 〗 multiplikativ model komponentlari vositasida muayyan oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining ta’lim sifatini oshirish orqali mehnat bozori integratsiyasi bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatkichlarini kompleks baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasi bo‘yicha “Dual ta’lim”da ta’lim sifatini baholash «talaba – guruh – ta’lim yo‘nalishi – mehnat bozori – iste’molchi» uzviy zanjiridagi sifat ko‘rsatkichlari umumiy darajasini akademik vaqt oraliqlari bo‘yicha aniqlash usulini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;   
Qashqadaryo mintaqasida oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasini rivojlantirishning 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasida kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va muvofiqlashtirish vazifasini amalga oshiruvchi iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tuzilmalarning institutsional mazmuniga asosan mintaqaning o‘ziga xos unsurlar, shakllar va vositalar majmui sifatidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlashni rivojlantirishning takomillashtirilgan mexanizmidan “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 26-iyuldagi 4/17-01/01-11-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi Qashqadaryo viloyatida oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasi asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mintaqa oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi 2-3 foizga oshishi natijasida sohaga oid yangi ta’lim yo‘nalishlarining tashkil etilishi mintaqa oliy ta’lim yo‘nalishlari kvotasiga bo‘lgan talabning 10 foizga oshishiga olib kelgan.
oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasi samaradorligini aniqlashning ∑_(k=1)^5▒〖x_ji×K_m 〗 multiplikativ model komponentlari vositasida muayyan oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining ta’lim sifatini oshirish orqali mehnat bozori integratsiyasi bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son “2022 - 2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 26-iyuldagi 4/17-01/01-11-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga qo‘llanishi mintaqa oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasi bo‘yicha “Dual ta’lim”da ta’lim sifatini baholash «talaba – guruh – ta’lim yo‘nalishi – mehnat bozori – iste’molchi» uzviy zanjiridagi sifat ko‘rsatkichlari umumiy darajasini akademik vaqt oraliqlari bo‘yicha aniqlash usulini qo‘llash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son “2022–2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 26-iyuldagi 4/17-01/01-11-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosidagi ishlar oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasi sifat ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelgan.
Qashqadaryo mintaqasida oliy ta’lim va mehnat bozori integratsiyasini rivojlantirishning 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son “2022–2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 26-iyuldagi 4/17-01/01-11-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo mintaqasida oliy ta’lim tizimi va mehnat bozorining integratsiyalashuv darajasi 2029-yilga borib 2023-yilga nisbatan 1,2 barobarga oshishi asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish