To‘raqulov Erkin To‘ychievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish (Hayot faoliyati xavfsizligi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7915.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xolmurodov Mamatkarim Pattaevich, Termiz davlat universiteti, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘qitish jarayonida rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim talabalarida ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirish bosqichlari psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish omillariga ustuvorlik berish asosida “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining mazmunini talabalar ijtimoiy salohiyatining identivligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning faoliyatli modeli pedagogik jarayonlarning qonuniyatlariga ustuvorlik berish asosida maqsadli, tashkiliy, mazmunli va natijali komponentlarning ichki integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan kognitiv (bilish), affektiv (hissiy-qadriyatli) va psixomotorik (harakatli) o‘quv maqsadlariga mos tayanch, kasbiy va maxsus kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish tendensiyalariga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarning ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarini rivojlangangini auditoriyadagi (nazariy, amaliy, ko‘rgazmali) va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda adekvat mezonlar (motivatsion, kognitiv, innovatsion faoliyatli) asosida ekologik kompetentlikning komponentlari bilan uyg‘unlashtirish orqali kompleks baholash yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarda ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimi “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘qitish jarayonida loyihalash metodi, raqamli texnologiyalarning innnovatsion metodlari, “edu-ecol” va “eco-lab” texnologiyalarini modifikatsiyalash asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim talabalarida ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirish bosqichlari psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish omillariga ustuvorlik berish asosida “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining mazmunini talabalar ijtimoiy salohiyatining identivligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan Termiz davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2020-2023-yillarda 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023 yil 26-dekabrdagi 02-01-01-186-son ma'lumotnomasi). Natijada, talabalar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan qayta to‘ldirilgan, yangilangan darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratishga erishilgan;
talabalarda ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning faoliyatli modeli pedagogik jarayonlarning qonuniyatlariga ustuvorlik berish asosida maqsadli, tashkiliy, mazmunli va natijali komponentlarning ichki integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan kognitiv (bilish), affektiv (hissiy-qadriyatli) va psixomotorik (harakatli) o‘quv maqsadlariga mos tayanch, kasbiy va maxsus kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish tendensiyalari orqali takomillashtirish asosida yozilgan “Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘rganishda talabalarda evakuatsiya (ko‘chirish) talabalariga oid bilimlarini rivojlantirish” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023 yil 26-dekabrdagi 02-01-01-186-son ma'lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif hamda tavsiyalar “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘rganishda talabalarda favqulotda evakuatsiyaga doir bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
talabalarda ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimi “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘qitish jarayonida loyihalash metodi, raqamli texnologiyalarning innnovatsion metodlari, “edu-ecol” va “eco-lab” texnologiyalarini modifikatsiyalash asosida optimallashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2020-2023-yillarda 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023 yil 26-dekabrdagi 02-01-01-186-son ma'lumotnomasi). Natijada, talabalarida ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimi raqamli texnologiyalarini modifikatsiyalash asosida optimallashtirishga erishilgan;
talabalarning ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarini rivojlangangini auditoriyadagi (nazariy, amaliy, ko‘rgazmali) va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda adekvat mezonlar (motivatsion, kognitiv, innovatsion faoliyatli) asosida ekologik kompetentlikning komponentlari bilan uyg‘unlashtirish orqali kompleks baholash yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ichlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023 yil 26-dekabrdagi 02-01-01-186-son ma'lumotnomasi). Natijada, ekologik tarbiyaga oid kompetensiyalarni “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘qitish jarayonida rivojlantirishga xizmat qilgan.