Nurmuratov Anvar Yaxshibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofaviy ta’limda ingliz tilini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3606.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Kushieva Nodira Xabibullaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Masharipova Feruza Jumanazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi masofaviy ta’limda ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda “Previewing”, “Predicting”, “Skimming and scanning”, “Guessing”, “Paraphrasing” strategiyalaridan foydalanib, o‘qishga yondashish texnikasini “Nearpod” va “Pear Deck” kabi maxsus dasturlarda video va audiomatn tarzda baholash imkoniyatining yaratilishi orqali asinxron o‘qish va sinxron mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayoni takomillashtirilgan;
til ko‘nikmalarini baholash test tizimlariga masofaviy-vizual tarzda tayyorlanishning zamon talablariga mos platformalaridan, UzEDL, til sinovi (CEFR va IELS imtihoniga tayyorlanishga ixtisoslashtirilgan)ga masofaviy tarzda kompleks tayyorlaydigan platformaning zarurligi va mavjud imkoniyatlari, bugungi kundagi mavjud masofaviy ta’lim (MT) platformalaridan kiberxavfsizlik shartlariga moslashgan hamda milliylikka integratsiya qilingan platforma ekanligi bilan farq qilishi dalillangan;
UzEDLda “yozish” ko‘nikmasini takomillashtirishda til o‘rganuvchilarning, imloviy, grammatik, stilistik va morfologik xatolarini o‘z vaqtida aniqlashlari va tuzatishlari uchun “Grammarly” dasturi, ko‘chirmakashlikni tekshirish uchun “Plagiarism checker” dasturi, inshodagi so‘zlarning sonini aniqlash uchun “Wordcounter” dasturi, hamda ravon o‘qilishini ta’minlovchi “Readability Test Tool” dasturining taqdim etilishi talabalarda “self-assessment (o‘z-o‘zini baholash)” va “self-correction (o‘z-o‘zini tuzatish)” ko‘nikmalarining rivojlanishiga xizmat qilishi lingvopsixologik jihatdan asoslangan;
ingliz tilini bilish darajasini baholovchi ikki bosqichli gorizontal (boshlang‘ich va refleksiv) komponentlari o‘quv didaktik ta’minoti til faoliyatini baholash mezonlariga integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilga ixtisoslashtirilgan OTM talabalarining xorijiy til kompetensiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
masofaviy ta’lim shaklini takomillashtirish jarayonida xorijiy til ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan platforma yaratilishi hamda muayyan til o‘qitish sharoitida masofaviy tarzda kompleks tayyorlaydigan, masofaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini ta’minlaydigan vositalardan biri sifatida mazkur platformaning imkoniyatlari va zaruriyati ochib berilishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2019–2023-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” mavzusidagi xalqaro loyihada samarali foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 16-iyundagi 1807/30.0201-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ishlab chiqilgan milliy platformani takomillashtirish va bu platformaning amaliy natijasi sifatida til ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
masofaviy ta’lim platformasining maxsus kurslarni o‘zida jamlagan masofaviy ta’lim platformalari (MKO‘JMTP), muayyan ta’lim muassasasi bazasidagi masofaviy ta’lim platformalari (MTMBMTP), yordamchi masofaviy ta’lim platformalari (YMTP) kabi turlari aniqlangani, MDH va rivojlangan mamlakatlarda ushbu platformalardan foydalanish yo‘riqnomasi bo‘yicha ma’lumotlar nazariy asoslanganiga oid xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381-raqamli “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 22-iyundagi 03/1835-son ma’lumotnomasi). Natijada UzEDL platformasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘rinli foydalangan holda ma’lumotlar kiritish hamda ta’lim jarayonida qo‘llashda undan nafaqat til o‘rganuvchilar, balki til o‘rgatuvchi kurslarning o‘qituvchilari uchun ham qulay foydalanish imkoniyati yaratilgan;
UzEDL platformasi doirasidagi virtual kutubxonaning shakllantirilganligi, bu kutubxona til sohasi va muayyan maqsad (undagi barcha vositalar – kitoblar, lug‘atlar, mashqlar jamlanmasi, audio va videomateriallar – CEFR tizimiga asoslangan imtihondan yuqori natijaga erishish uchun yo‘naltirilgan) uchun shu sohadagi mutaxassislar tomonidan intensiv tarzda (o‘qituvchilar o‘z pedagogik tajribalari doirasida muayyan samara bergan adabiyotlarni virtual kutubxonaga joylaydilar) shakllantirilganligi bilan o‘zining virtual va vizual muqobillaridan ajralib turishi isbotlanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022–2023-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturi 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP- ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 16-iyundagi 1809/30.0201-son ma’lumotnomasi). Natijada UzEDL platformasi doirasida virtual kutubxona shakllantirilib, o‘quv adabiyotlari bilan boyitilgan;
masofaviy ta’limning interaktivlik, o‘zlashtirish, muvofiqlik, multimedialik, monitoring va baholash, individual o‘rganish, qo‘llab-quvvatlash, zamon va makon erkinligi kabi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangani va tajriba-sinov ishlari asosida UzEDL platformasining masofaviy ta’limda qo‘llanilishi, faol tajriba almashinuv va halol raqobatni shakllantiradigan yangi milliy tajriba ekanligi, tilni masofaviy o‘qitishdagi samaradorlilik jihatlari dalillanganiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-iyunda efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-iyundagi 01-07/224-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning masofaviy ta’lim jarayoni, uni tashkil etish, UzEDL platformasidan foydalanish, shunigdek, ushbu platformaning tizimdagi o‘rni va ahamiyati borasidagi tasavvurlari kengaytirilgan.